Nikolay andreyevich rimskiy- korsakov ijodi


I.2 XIX ASRDA RUS KOMPOZITORLAR TOMONIDAN SAHNAVIY JANRLAR YARATILISHI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14 йигиталиев жавлон римс корс ижоди

I.2 XIX ASRDA RUS KOMPOZITORLAR TOMONIDAN SAHNAVIY JANRLAR YARATILISHI.
XIX asrning 60—70-yillarida o'lmas musiqiy asarlar yaratildi: M.P.Musorgskiyning «Boris Godunov» va «Xovanshina», A.P.Borodinning «Knyaz Igor», N.A.Rimskiy-Korsakovning «Pskov ayoli», P.I.Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operalari, A.P.Borodin va P.I.Chaykovskiyning simfoniyalari.
1876-yilda P.I.Chaykovskiyning «Oqqush ko'li» baletining yaratilishi rus baleti klassik davri boshlanishga asos bo'ldi. 1870-yillarda konsert janrida ham klassik davri boshlanadi. Yana P.I.Chaykovskiy 1874-yilda fortepiano va orkestr uchun Birinchi konsert, 1878-yilda skripka va orkestr uchun konsertlarni yaratdi. Vokal va fortepiano turkumlari ham ilk bor ahamiyatli o'rinni egalladi. Cholg'u kvartetining klassik rivojlanishi davrining boshlanishi ham 70-yillarga tegishli P.I.Chaykovskiyning birinchi kvaiteti 1871-yilda, A.P.Borodinning birinchi kvarteti esa, 1879-yilda yozilgan.
I860—70-yillarida ko'p janrli rus musiqasida opera, dasturiy simfonik janri va romans janrlari ajralib turadi. Bu davrga xos bo'lgan musiqiy-estetik muammolar aynan shu janrlarda mujassamlashgan edi. M.Glinka va A.S.Dargomijskiylar ijodida yuzaga kelgan tarixiy, epik, lirik-maishiy operalarning deyarli barcha ko'rinishlari rivojlandi.
M.P.Musorgskiyning «Boris Godunov» va «Xovanshina» asarlari XIX asr tarixiy opera janri rivojining cho'qqisi hisoblanadi. Rimskiy-Korsakovning «Pskov ayoli» opera-dramasini ham tarixiy yo'nalishga oid, deb aytish mumkin, chunki asarda Olga va shoh Ivan Grozniylarning shaxsiy dramasi erkin Pskov taqdiri bilan bog'lanib ketadi. A.P.Borodin yaratgan «Knyaz Igor» tarixiy epic operasi ham M.Glinkaning asarlarida ko'zga tashlanadigan ijodiy an'analar yo'lidan boradi, Lirik opera janri ham o'zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. A.G.Rubinshteynning «Iblis» operasi mazmunan maishiy janr va dramatik-psixologik yo'nalishlarni o'zida mujassam qilgan. A.N.Ostrovskiy sujetiga yozilgan AN.Serovning «Dushman qudrati» operasi opera-qo'shiq janriga xosdir. N.ARimskiy-Korsakovning «May oyidagi tun» operasida lirik va fantastik mavzular namoyon bo'ladi . M.P.Musorgskiy «Sorochinskdagi yarmarka», ChaykovSkiyning «Temirchi Vakula» operasi lirik-komediya janrida,IM.Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin» operasi lirik-psixologik drama janrida mahorat cho'qqisini egalladi. A.S.Dargomijskiyning A.S.Pushkin dramatik asariga yozilgan «Tosh mehmon» novatorlik operasiga xos bo'lgan kuyli rechitativ, keyinchalik, izdosh kompozitorlar asarlarining musiqiy tilida o'z rivojini topdi. Ushbu yillar kompozitorlarning ijodida romans-qo'shiqlar, romans-monologlar, romans-elegiyalar, balladalar va qo'shiqlar keng o'rin egallaydi. Shuningdek, hajviy, ijtimoiy-ayblov xarakteriga ega bo'lgan romanslar ham katta ahamiyatga molik.
M.P.Musorgskiyning ovoz va fortepiano uchun yozilgan «Rayok» asari, «Unutilgan» («Zabitiy») nomli fojeaviy balladasi, «Ajal qo'shiq va raqslari» («Pesni i plyaski smerti») turkumi o'sha davrlardagi rus musiqiy hayotiga nisbatan o'tkir hajviya sifatida yangradi. Uning ijodida turkumning yana boshqa ko'rinishlari ham paydo bo'ladi. Masalan, «Bolaliknoma» turkumida — bolalarga xos histuyg'ular va taassurotlar olami haqida, «Quyoshsiz» («Bez solntsa») turkumda esa yolg'izlik, tanholik haqidagi mavzular yoritilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida rus musiqasida simfoniyaning ahamiyati tobora o'sadi. Ko'pincha operalarda simfoniya unsurlarini uchratamiz, bu xususiyat, ayniqsa, N.A.Rimskiy-Korsakov va P.I.Chaykovskiy operalariga tegishlidir. Simfonik janrlar orasida yetakchi o'rinni simfoniya janri egallaydi. P.I.Chaykovskiy va A.P.Borodin ikki tipdagi — liriko-dramatik va epik rus milliy simfoniyasining asoschilaridir. P.I.Chaykovskiy simfoniyalarining rivoji qarama-qarshi kuchlarning o'zaro keskin to'qnashuvi asosiga quriladi. Bu sifat ayniqsa, uning 4,5 va 6-simfoniyalarida yorqin ifodalanadi. A.P.Borodinning simfoniyalarida rang-barang qarama-qarshiliklar kuzatiladi. Yevropa romantik dasturiy musiqasining salmoqli qismini rus kompozitorlarining dasturiy simfonik musiqa janridagi asarlaritashkil etadi. Fantaziyalar ham bular qatoriga kiradi.Shu yillarda simfonik poemaning ikki xil turi rivojlanadi: shulardan biri, yorqin ma'noga ega manzarali hikoya sifatida; ikkinchisi esa, psixologik drama sifatida namoyon bo'ladi. Birinchi turga N.A.Rimskiy-Korsakovning «Sadko» nomli simfonik asari, ikkinchi turiga esa P.I.Chaykovskiyning «Taqdir», «Romeo va Julyetta», «Во'гоп», «Francheska da Rimini» simfonik asarlarini kiritish mumkin. Epik xarakterdagi romanslarning yaratilishi ham shu davrlarga tegishli bo'lib, A.P.Borodinning «Qora o'rmon qo'shig'i» («Pesnya tyomnogo lesa») romans-afsonasi, «Uyqudagi knyaz qizi» («Spyashaya knyajna») ertak-romansi shular jumlasidandir. Lirik poema xarakteriga ega bo'lgan romansni biz P.I.Chay kovskiy ijodiga oid ko'plab asarlar talqinida uchratamiz. A.G.Rubinshteynning «Fors qo'shiqlari» («Persidskie pesni») lirik turkumida sharqona qiyofalarni, sharqona musiqiy uslubiyotga xos bo'lgan usullarini ko'ramiz; S.Kyui esa o'zining ijodiy faoliyatida romansni tinglovchilarga lirik miniatyuralar sifatida taqdim qiladi. Asarlarning musiqiy till bu — dehqon va shahar qo'shiqlari, maishiy romanslar, maishiy raqs janrlari, F.Shubert va F.Shumanning romantik qo'shiqlari va nutq turlari ohanglarining qayta ifodalanishidir. Bu davrlarda kamer-cholg'u janri sohasida ham ahamiyatga molik bo'lgan ko'pgina yangi asarlar yaratiladi. Bularga fortepiano uchun dasturli miniatyuralar, noktyurn, romanslari va fortepiano sikllari kiradi.
M.P.Musorgskiyning rassom V.A.Gartman qalamiga mansub suratlardan olgan taassuroti ostida yozilgan «Ko'rgazmadan manzaralar» turkumi va P.I.Chaykovskiyning rus tabiati mavzusidagi shoirona «Yil fasllari» turkumi ham ushbu janrga tegishli bo'lgan noyob musiqiy meros hisoblanadi. A.P.Borodin va P.I.Chaykovskiylarning ijodidagi torli kvartet janri — rus kompozitorlarining musiqiy mavzuni rivojlantirishda crishgan muvaffaqiyatlarini aks ettiradi. Ushbu davrga oid janrlarning rivojlanishida musiqiy fikrning simfoniyalashtirilishi, shuningdek, janrlarning yaqinlashuvi va o'zaro singib ketishi xosdir. Bu xoslik, ayniqsa, kantata va oratoriya janrlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Bu janrlar aslida bu davrga xos bo'lmasa-da, oratoriyaning xususiyatlari, ifoda printsipi sifatida, i us operasiga hamda ommaviy xor sahnalariga chuqur kirib boradi va simfoniyalarning fmalida o'z aksini topadi. Opera va simfoniya janrlarining o'zaro yaqinlashuvi, P.I.Chaykovskiyning ijodida, ;iyniqsa, kamer-vokal va opera janrlarining bir-biriga ta'sirida, shuningdek, romans-qo'shiqlar teatrga xos bo'lgan ifodaviylikni, i hizgilarni o'ziga singdirib olishida kuzatiladi.
XIX asrning II yarmida yashab, ijod qilishgan rus kompozitorlari o'z asarlarida ilg'or intilishlarini ifoda qilganlari holda, rus musiqa madaniyatining mustahkamlanishi, rivojlanishi kabi umumiy maqsad sari turli yo'llardan bordilar. N.A.Rimskiy-Korsakov o'z ijodida barkamollikka erishdi. «Qorqiz» asarida kompozitorning opera uslubi to'liq shakllanib bo'ldi va mustahkamlandi. 1881-yilda A.P.Borodinning ikkita kvarteti dunyo yuzini ko'rdi, keyinchalik u uchinchi simfoniyasi ustida ish boshladi. U buyuk kompozitor M.P.Musorgskiy vafotidan ta'sirlanib, (Pushkin she'ri)ga o'zining «Olis Vatan qirg'oqlari uchun» romansini yaratadi. M.A.Balakirev «Tamara» nomli simfonik poemasini yakunladi. S.Kyui va V.N.Stasovlar musiqashunos-tanqidchi sifatida ijodiy faoliyatlarini davom ettirdilar.
1880-yillarda «Belyayev to'garagi»ning faoliyati keng rivojlandi. Mitrofan Petrovich Belyayev — taniqli o'rmon sanoatchisi va musiqa ixlosmandi bo'lib, ayniqsa rus musiqasining shinavandasi sifatida mashhur edi. O'sha zamonning qariyb barcha eng iste'dodli musiqachilarini birlashtirgan ushbu musiqiy hamjamiyatning g'oyaviy markazida NARimskiy-Korsakovturgan edi. U biian birga, A.K.Glazunov va A.K.Lyadov ham to'garakning o'zagini tashkil qilishardi. Stasov ham ularga birikdi. M.P.Belyayev tashkil qilgan nashriyot bir necha o'n yilliklar davomida rus kompozitorlarining ko'plab asarlarini nashr etdi. M.P.Belyayev kompozitorlar asarlari uchun ko'p haq to'lab, eng yaxshi kamer musiqiy asar uchun, rus musiqasining barcha janrlarida eng yaxshi asar uchun M.I.Glinka nomidagi tanlovlarni uyushtiradi. Shuningdek, «Rus simfonik kontsertlari» va «Rus kamer oqshomlari» kechalarini tashkil qiladi. Ularni o'tkazishdan maqsad — rus jamoatchiligini, tomoshabinlarni milliy musiqa bilan tanishtirish edi. Shu yillarda A.K.Glazunov, A.K.Lyadov, S.I.Taneyev, A.S.Arenskiy, V.S.Kalinnikov, M.M.Ippolitov-Ivanov kabi yosh kompozitorlar avlodi yetishib chiqdi. Ulardan ko'pchiligining ijodi keyingi o'n yilliklarda gullab-yashnadi. XX asrga yaqin bo'lgan 90-yillarda navqiron A.N.Skryabin va S.V.Raxmaninovlarning ijodiy faoliyati boshlanadi. Ushbu davr kompozitorlarining ijodida quyidagi mavzular va badiiy qiyofalar bosh o'rinni egallagan edi. Birinchidan, fojeaviy mavzular kuchaydi. Bu hoi ko'proq P.I.Chaykovskiyning ijodida sezilarlidir. Ikkinchidan, insonda mavjud go'zal xislatlarning ibtidosi bo'lmish estetikaning yengilmasligiga bo'lgan kuchli ishonch ustuvor edi. Bu N.A.Rimskiy-Korsakovning «Shahrizoda» simfonik syuitasida, «Ispan kaprichchiosi»da, «Arafadagi tun» operasida, P.I.Chaykovskiyning «Uyqudagi go'zal» baletida va «lolanta» operasida, A.K.Glazunovning to'rtinchi simfoniyasida, S.Taneyev va boshqa bir qator kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarda o'zining aksini topadi. Uchinchidan, chuqur ijtimoiy muammolardan chetga chiqish holati kuzatiladi. Alohida janrlarning funksiyalari va siyosiy salmog'I ham o'zgaradi.
P.I.Chaykovskiy mavzular ko'lamini muttasil kengaytirib, operalar yozishda davom etadi. Uning «Orlean qizi» (1879), «Mazepa» (1883), «Cherevichki» (1887), «Afsungar qiz» (1887), «Piki xonim» (1890) nomli operalari shular sirasiga kiradi. Oxirgi «lolanta» operasi 1891 -yilda yozilgan edi. N.A.Rimskiy-Korsakovning ijodida urg'u ko'proq simfonik janrlarga beriladi: «Shahrizoda» (1887), «Yorug' bayram» (1888) va «Ispan kaprichchiosi» (1887) kabi. 1990-yillarning boshida Rimskiy-Korsakov yana opera janrida ijod qilishga qaytadi va «Mlada» (1891), «Arafadagi tun» (1894), «Sadko» (1895-96), «Shoh qaylig'i» (1898) operalarini yarataai. A.K.Lyadov va A.K.Glazunov opera janrida ijod qilishmaydi.
S.I.Taneyev 90-yillarning o'rtasida qadimgi sujet asosida «Oresteya» opera-oratoriyasini yaratadi. P.I.Chaykovskiy qalamiga mansub «lolanta» va S.V.Raxmaninovning «Aleko» operalari kabi «kichik shakl»dagi operalar ham paydo bo'ladi. Kantata janriga nisbatan qiziqish qayta tiklanadi —P.I.Chaykovskiyning «Moskva», S.I.Taneyevning «loann Damasicin» kantatalari muhimligi bilan ajralib turadi.
Musiqa madaniyatining o'sishi 80—90-yillarda ham davom etdi. Turli shaharlarda Rus musiqa jamiyatining bo'linmalari ochiladi. Rus musiqasini ommaviylashtirishda M.P.Belyayev tomonidan ta'sis etilgan rus simfonik konsertlari muhim markazlar sifatida katta ahamiyatga egadir. Moskva va Peterburg shaharlarida pianinochi va dirijyor 1'A.Shostakovskiy tomonidan tuzilgan filarmonik jamiyatlar paydo bo'ladi. Filarmonik jamiyatlar qoshida musiqali drama o'quv yurtlari ochiladi. Taniqli metsenat, san'at ishqibozi va jonkuyari Sawa Ivanovich Mamontov xususiy opera tashkil etadi. Mamontov o'zining asosiy e'tiborini davlat sahnalarida qo'yilmayotgan rus operalarini sahnalashtirishga qaratadi. Mamontov operasida mashhur qo'shiqchi N.I.Zabela-Vrubelva iqtidorli qo'shiqchi F.Shalyapinlarkuylashgan. Bu yerda S.V.Raxmaninov o'zining dirijyorlik faoliyatini boshlagan. Teatrda yirik rassomlar I.E.Repin, K.AKorovin, M.A.Vrubel, VASerov, V.A.Vasnetsovlar samarali ijod qildilar. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida rus operasining yuksak badiiy darajaga ko'tarilishida yarim asrdan ziyodroq Mariinka teatrida dirijyorlik qilgan, mashhur dirijyor va kompozitor E.F.Napravnikning faoliyati ham kata ahamiyatga ega bo'ldi.
1990-yillarda rus musiqasining tanqidchisi va tadqiqotchisi N.F.Findeyzen Peterburgda yangi «Rus musiqiy ro'znomasi» nomli jurnal nashrini uyushtiradi. XX asrning boshlariga xos bo'lgan musiqa turli avlodga mansub qator kompozitorlar faoiiyatida namoyon bo'ladi. N.A.Rimskiy-Korsakovning «O'lmas Koshchey» va «Oltin xo'rozcha» kabi so'nggi operalari birinchi o'n yillikda yaratilgan edi. Bu davrda
M.A.Balakirev 2-simfoniyasini, M.Glinka haykalining ochilishiga bag'ishlab yozgan kantatasini, romanslarini va fortepiano uchun turkum asarlarini yozadi. A.K.Glazunov, A.K.Lyadov va S.I.Taneyevning va I.F.Stravinskiylar tomonidan ham ko'pgina jahongashta asarlari shu davrda yaratilgan. Shu yillarda A.N.Skryabin va S.V.Raxmaninovning ijodi to'liq yetuklLkka erishdi. Bu davr — jamoatchilik harakatining o'sishi hamda ijtimoiy hayotda katta o'zgarishlar davri edi. Har bir kompozitor o'zining musiqiy asarlarida o'ziga xos uslubda ushbu davr ijtimoiy kayfiyatini aks ettiradi. Masalan, A.N.Skryabinning asarlarida yuksak g'oyalarga bo'lgan intilish shiddatli ehtiros bilan namoyon bo'lgan. Bu g'oya — birlashish hamda inson irodasiga, uning tuganmas ruhiy imkoniyatlariga bo'lgan ishonchdan iborat edi. AN.Skryabin va S.V.Raxmaninov o'z his-tuyg'ularini mahorat bilan ifoda etsalar-da, lekin ular yaratgan qiyofalar bir-biriga sira o'xshamaydi. AN.Skryabinning «Ilohiy poema»si («Bojestvennaya poema»), «Zavq poemasi», «Prometey» asarlari ko'tarinki romantik ruh bilan yo'g'rilgan bo'lib, buyuk iroda bilan dunyoni o'zgartira oladigan qahramon shaxsini ifodalaydi. S.N. Raxmaninov tashvishlidramatik, fojeali-hayajonli musiqiy qiyofalarni yaratadi. U yillarda pianinochi, kompozitor N.K.Metner tanila boshlaydi, I.F.Stravinskiyning yorqin iste'dodi ham tez avj oladi.Shuningdek, shu davrlarda baletni simfoniyalashtirish sohasidagi ijobiy o'zgarishlarda P.I.Chaykovskiyning ijodi muhimo'rin tutadi va katta ahamiyatga ega.
XIX asrning 80—90-yillari oralig'ida uning «Uyqudagi go'zal» (1889) va «Qarsildoq» (1891) baletlari, «Manfred», 5 va 6 simfoniyalari yaratiladi. Opera cho'qqisi sifatida P.I.Chaykovskiyning o'ziga xos uslubda inson va jamiyat o'rtasidagi qarama-qarshiliklar muammosini yoritib bergan «Pikixonim» psixologik opera-tragediyasi yaratiladi. Ushbu opera musiqasida namoyon bo'lgan kompozitorning simfonik tafakkuri, oltinchi simfoniyasining yaratilishiga olib keladi (1893). Ushbu davrning musiqa asarlarida polifoniyaning ahamiyati o'sib bordi, bu hoi ko'proq S.Taneyevning musiqasida namoyon bo'ldi. Shuningdek, garmoniyaning va orkestrovkaning rangdorligi kuchaydi. Bu rangdorlik, ayniqsa N.A.Rimskiy-Korsakovning asarlarida o'z aksini topdi. N.A.Rimskiy-Korsakovning oxirgi operalari rus opera klassikasining yorqin davrini yakunlaydi. Ushbu janr sohasida kompozitorlarning yosh avlodi bo'lmish S.I.Taneyev va S.V.Raxmaninovlar o'z faoliyatini olib bordilar. S.Taneyev 1894-yilda «Oresteya» operasini, Raxmaninov sa bir aktli operalarini («Xasis bahodir», «Francheska da Rimini») yaratdilar.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin