Nikolay andreyevich rimskiy- korsakov ijodi


Simfonik ijodi. «Shahrizoda»



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə8/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14 йигиталиев жавлон римс корс ижоди

Simfonik ijodi. «Shahrizoda». N.A.Rimskiy-Korsakovning simfonik asarlari uning ijodida muhim yo‘nalishni tashkil etadi. Simfonik asarlarining qariyb barchasi 90-yillarning boshiga qadar ijod etilgan edi. Kompozitor turli xildagi dasturli va nodasturiy asarlar yaratdi. Bular qatoriga uchta simfoniya, simfoniyetta, syuitalar, bir qismli pyesalar, turli xil cholg‘ular va orkestr uchun konsert asarlari hamda uchta kantata kiradi. Kompozhoming simfonik ijodi uning operalaridagi orkestr fragmentlari hisobiga ham boyib borgan.
N.A.Rimskiy-Korsakovning simfonik uslubi M.I.Glinka va M.A.Balakirevning musiqiy, shuningdek, romantizm namoyandalari bo‘lgan G.Berlioz va F.Listning ta’siri ostida shakllandi.
N.A.Rimskiy-Korsakovning orkestr uslubi faktura unsurlarining vazminligi, orkestr to‘qimasining shaffof va yengilligi, ohanglaming to‘laqonli va yorqinligi bilan alohida ajralib turadi. Uning so‘nmas ijodiy xayolida musiqaning tembriararo eshitilishi orkestrdagi o‘ziga xoslikning siridir. N.A.Rimskiy-Korsakov simfonizm janri chizig‘ini uchta rus qo‘shig‘i mavzusiga yozgan uverturasida, birinchi simfoniyasida, fortepiano uchun konsertida, skripka va orkestr uchun yaratgan fantaziyasida, «Serb fantaziyasi» hamda «Ispan kaprichchiosi»da taqdim etdi. U Glinka an’analarini davom ettirib, «Kaprichchio»da Ispaniya hayotining yorqin chizgilarini berdi, milliy fe’l-atvor belgilarini, ispan musiqasining alohida xususiyatlarini ko‘rsatdi. Yorqinlik, ohanglar yangrashidagi turfa rangdorlik, ritmlar jilosi — bularning barchasi bu asar uchun xos. «Kaprichchio»ni orkestr uchun o‘ziga xos konsert, deb atash ham mumkin. Uning tarkibiy besh qismi beto‘xtov ijro etilib, IV qismi alohida ajralib turadi. Uning kadensiyalarida orkestrning turli cholg‘ulari uchun yozilgan sololarberilgan. N.A.Rimskiy-Korsakov orkestr «xat»ining ustasi sifatida cholg‘ulari tembri va virtuoz imkoniyatlarini keng ochib beradi. Uning dasturli asarlari rus simfonizmining go‘zal namunalari sifatida namoyon bo‘lib, ular asosan manzarali epik xarakterga ega. Bunda ma’lum dastur sifatida ertak, afsona, tabiat hamda turmush manzaralari namoyon bo‘ladi. Kompozitor: «xalq qo‘shiqlari asosida ham dastur yotadi», deb hisoblar edi.
N.A.Rimskiy-Korsakov simfonik ertak janrini yaratdi. «Sadko» va «Antar» nomli musiqiy ko‘rinishlari simfonik usulning tashkil topishida muhim o‘ringa ega.
«Sadko» musiqiy ko‘rinishida qo‘shiqchi hamda yangi yerlar kashfiyotchisi haqidagi qadimiy rus afsonasining bir lavhasi haqida so‘z boradi. Shu sahna orqali san’atning qudratli sehri namoyish etilgan.
Bu musiqiy asar birinchi bor 1867-yilning dekabrida Rus musiqa jamiyatining konsertida M.A.Balakirev rahbarligida ijro etlidi va katta muvaffaqiyat qozondi. «Sadko»dan boshlab N.A.Rimskiy- Korsakov ijodida dengiz mavzusi muhim o‘rin tuta boshlaydi. Kompozitor va tanqidchi V.Serov bu haqda shunday yozgan edi: «Bu musiqa bizni haqiqatdan ham to'lqinlar qa’riga ohb ketadi, biror narsani unga monand so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi... Bu asar musiqa vositasida ulkan san’at bilan tasvirlay oladigan iste’dod sohibiga tegishlidir». N.A.Rimskiy-Korsakov o‘ttiz yil o‘tgach, 1897-yilda ushbu simfonik ko‘rinishning ko‘pgina fragmentlaridan foydalanib, «Sadko» nomli operasini yozdi.
«Antar» nomli musiqiy ko‘rinish ajoyib, shoirona sharq afsonasi asosida yozilgan. Uzoq cho‘llarda yosh arabiy Antar sarson- sargardon va darbadar kezmoqda. Odamlardan va hayotdan uning ko‘ngli sovigan. U ezguhk timsoli bo‘lgan sehrgar Gul-Nazarni qutqaradi, Gul-Nazar esa minnatdorchiligini izhor etib, unga hayotning uch asosiy lazzatini — qasos, hukmdorlik va muhabbatni tuhfa etadi. Syuitada turfa rangli ko‘rinishlar va obrazlar berilgan. Kompozitor ba’zi bir asl arab kuylaridan ham foydalangan.
N.A.Rimskiy-Korsakov keyinchalik ham bir qator asarini Sharq mavzusiga bag‘ishlaydi. Ular orasida «Ming bir kecha» sujetiga yozilgan «Shahrizoda» nomli musiqiy ertak simfonik syuita ham bor. Kompozitor bu asarni ikki oy davomida yozib tugatadi. Muallif o‘zining «Mening musiqiy hayotim solnomalari»da shunday deb yozgan edi: «Shahrizoda»ni yozayotganimda menga «Ming bir kecha»dan olingan alohida, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan va syuitaning to‘rt qismiga tarqatib tashlangan epizodlar va ko‘rinishlarda dastur asos bo‘lgan edi.
Syuita musiqiy mavzulari uzviy birlashgan to‘rt qismdan iborat. Kompozitor dastlab har bir qismni alohida o‘zining nomi bilan atagan edi. 1- qism — «Dengiz va Sindbod kemasi», 2- qism — «Qalandar-shahzoda hikoyasi», 3-qism — «Shahzoda va malika», 4-qism — «Bag‘dod bayrami va mis suvoriy turgan qoyaga urilib cho‘kayotgan kema» deb atalgan edi. Keyinchalik esa kompozitor barcha nomlarni olib tashlaydi.
Syuitada arab Sharqi manzaralari va obrazlari, sharqona san’at, Sharq tabiati va turmush tarzi shoirona ranglarda tasvirlangan bo‘lib, bularning barchasida sharqona ertak nafasi ufurib turadi.
Arab ertaklari asosida tuzilgan «Ming bir kecha»ning umumiy dasturi qo‘yidagilardan iborat: «Barcha ayollarning makkoraligiga hamda bevafoligiga ishonchi komil bo‘lgan Shahriyor o‘ziga xotinlarining har birini birinchi nikoh kechasidan so‘ng qatl etishga so‘z beradi; lekin 1001 kecha davomida aytib bergan ertaklari bilan uni qiziqtira olgan malika Shahrizoda o‘z hayotini saqlab qoladi, ertaklarga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni doim ertaga qoldirib boradi va oxir-oqibat, o‘z fikridan mutlaqo voz kechadi. Shahrizoda unga shoirlarning she’rlarini hamda qo‘shiqlarning so‘zlarini misol keltirib, ertakni ertakka, hikoyani hikoyaga ulab, juda ko‘p ajoyibotlar haqida so‘zlab beradi. Afsonada aytilganidek, shu tarzda ming va yana bir kecha o‘tib ketadi. Ertak so'nggida Shahriyor xotinini afv etadi.
«Shahrizoda» syuitasi turli xarakterdagi mustaqil lavhalarni o‘zaro taqqoslash asosiga qurilgan. Syuitaning barcha qismlarida Shahrizodaning musiqiy obrazi yangraydi va doimo ustuvor qoladi.
Barcha qismda kontrast xarakterga ega ikki asosiy mavzu — Shahriyor va Shahrizoda mavzulari birlashgan. Shahrizoda mavzusi barcha qismlarda yetakchilik qiladi. Syuita yakunida awalgi qismlar mavzusi takror paydo bo‘ladi.
Syuitaning har bir qismi alohida musiqiy ko‘rinishni tashkil qiladi. N.A.Rimskiy-Korsakovning ertak operalari kabi «Shahrizo- da»da ham musiqiy dramaturgiyaning epik tamoyillari (kontrast, taqqoslash) namoyon bo‘lgan. Mavzularining variatsion rivoji va jimjimadorligi asosiy usul bo‘lib hisoblanadi.


Широко, величественно

Sekin-asta ijro etiladigan kirish qismi butun asar uchun muqadimma bo‘lib xizmat qiladi. Unda asarning ertakka xos va sharqona ko‘lami toMiq belgilab berilgan. Kirish qismida o‘zaro qarama-qarshi ikki mavzu yangraydi. Bo‘rttirib berilgan Sulton Shahriyor mavzusi ifodali va ta’sirchan. Sulton mavzusi:
Torli va damli cholg‘ular bu mavzuni o‘rta va quyi registrda ijro etadi (mimmor). Shiddatli ritm asosiga ega kirish ohangi bilan qahrli, hukmdor sulton obrazi namoyon bo‘ladi.
Shahrizoda mavzusi skripkada ijro etiladi, unga arfa jo‘r bo‘ladi. Mavzu mi-doriyda yozilgan bo‘lib, uning kuylanuvchan surati sharqona naqshlami eslatadi.
Keyingi bayonda mavzular erkin tarzda qaytadan ma’no kasb etib boradi. Masalan, muqaddimaning ikkala mavzusi ham syuitanmg birinchi qismida dengiz mavzusiga ayianadi (Mi major). Syuitaning o‘ziga xos mavzuli yaxlitligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri simfonik rivojlanishi uni simfoniya janriga yaqinlashtiradi.
Shahrizoda va Shahriyor mavzulari syuitada leytmotiv vazifasini bajaradi. Mavzularning mohirona variatsion o‘zgarib borishi oqibatida turli xil obrazlar yaratiladi. «Shahrizoda»ning o‘ziga xosligi ham shunda bo‘lib, N. A. Rimskiy-Korsakovning o‘zi bu haqda shunday degan edi: «Mening syuitamdan doimo bir xil shoirona g‘oyalar va tasavvurlar bllan bog‘liq leytmotivlarni bekorga izlashadi. Barcha ko‘rinib turgan leytmotivlar, ko‘p hollarda, toza musiqiy material yoki simfonik rivojga berilgan ohanglardan boshqa narsa emas». Mavzular yaqqol bo'rttirib berilgani uchun mazkur asar yorqin tusga ega. Kompozitor asl Sharq musiqalaridan qariyb foydalanmasa-da, musiqada sharqona uslubdagi mavzu ohanglari yangraydi. Shu jihatlari bilan «Shahrizoda» o‘ziga xos betakror va yorqin asardir.
Diniy mavzudagi musiqa. N. A. Rimskiy-Korsakov saroy qoshidagi kapella boshqaruvchisining yordamchisi vazifasida 11 yil davomida faoliyat yuritdi. U kapellaning regentlik va cholg‘uchilik sinflarini tashkil etishda faol ishtirok etib, o‘quv dasturlarini ishlab chiqdi. Shuningdek, cherkovda kuylash sohasida amalga oshirilgan islohotlarda ham qatnashdi. Kapellaga yangi Obixodni tuzish va uni garmoniyalashtirish topshirilgan edi. N.A.Rimskiy-Korsakov va A. K. Lyadov yetakchiligida bir guruh kapella o‘qituvchilari «Tungi amallar vaqtida qadimgi qo‘shiqlami kuylash» nomli risolaning nashri ustida ish olib bordilar. Dastlab 1883-yilda «Tungi amallar vaqtida qadimiy qo‘shiqlarni kuylash»ni bir ovozli ko‘rinishda tayyorlab tugatishadi, 1888-yilda esa risolaning ko‘p ovozli ko‘rinishi tayyorlanadi. Bu ijodiy ishning ahamiyati haqida N.A.Rimskiy- Korsakov shunday degan edi: «Biz risolani nashr etib, Sinod Obixodi maqomlarini tabiiy va to‘g‘ri garmoniyalashtirish orqali barchaning ko‘zini ochdik». Bular diatonikaga tayanishdan, asosiy akkord vositasi sifatida uch tovushlikni, doimiy to‘rttovushlik akkord tuzilishini qo‘llashdan iborat.
N.A.Rimskiy-Korsakov 1883— 1885-yillar mobaynida qirqta qo‘shiq yaratgan bo‘hb, ulardan o‘n sakkiztasi o‘zi yaratgan musiqa namunalari sirasiga kiradi. Musiqashunos tanqidchilar ularda kuy va garmoniya go‘zalligini topmasalar ham, melodik va garmonik uslublarning tashqi effektlardan tozalash vazifasi mohirona bajarilganligini aniqlashgan edi. Kompozitor qadimiy monodiyalami ko‘p ovozli qayta ishlashning yangi yo‘llarini ochib berdi. Diniy aqidalarga chuqur e’tiqodiy oilada o‘sib ulg‘aygan. Kompozitor o‘z xotiralarida shunday yozgan edi: «otam har kuni Yevangelie hamda diniy va axloqiy mazmunga ega bo‘lgan turli xil kitoblami mutolaa qilib, ulardan doimo turli xil ko‘chirmalar olardi».
Onasi uchun esa «din — qalb ehtiyoji» edi. N.A.Rimskiy- Korsakovlaming uyi Tixvin daryosi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, uning ro‘parasida Tixvin erkaklar monastiri ham bor edi. Monastirdan olgan taassurotlari N.A.Rimskiy-Korsakovning asarlarida ma’lum aks etgan. Masalan, kompozitor rus mavzularida yozilgan «Monastirda» nomli torli kvarteti finalida cherkov mavzusidan foydalangan; M.P.Belyayev xotirasiga bag‘ishlab yozgan orkestr uchun «Qabr ustida» prelyudiyasi xotiralarida yozilganidek: «Tixvinda o‘tgan bolalik chog‘laridan xotiramda qolgan monaxlarning dafn marosimiga taqlidan Obixoddan olingan panixida mavzulari» asosida yozilgan; 1888- yilda Obixod mavzulariga yozilgan «Yorug‘ bayram» yakshanba uverturasi ham cherkov kuylariga asoslangan.
N.A.Rimskiy-Korsakov yaratgan diniy musiqalar Sinod xori repertuariga kiritilgan edi. A.V.Preobrajenskiyning fikricha, N.A.Rimskiy-Korsakovning ishlanmalari «ko‘pgina yangiliklami yaratdi, hatto awalgi cherkov arboblari orzu qilgan, cherkov musiqiy asarlariga zarur, yangi, ma’lum ma’noda sog‘lom, o‘ziga xos rus unsurini kiritdi».
Chaykovskiy ham, S.I.Taneyev ham o‘z ijodlarida qo‘shiq- kuylarni yaratishda diniy mavzularga murojaat qilishgan. Rus mumtoz kompozitorlari cherkov kuylariga milliylik olib kirishga va uning madaniy saviyasini ko‘tarishga muvaffaq bo‘lishdi.
N.A.Rimskiy-Korsakov ijodining ahamiyati. N.A.Rimskiy- Korsakovning ijodi XIX asrga doir bo‘lgan rus klassik musiqasining taraqqiyotiga bir qadar yakun yasadi. Shu bilan birga, uning ijodi XX asr boshidagi rus klassik musiqasinmg yangi tarixiy bosqichini ham boshlab berdi. Rimskiy-Korsakov tom ma’noda, yosh zamondoshlari I.K.Glazunov, A.K.Lyadov va I.F.Stravinskiy- larning ilk ijodiy davrida, ma’lum darajada A.N.Skryabin Hamda S.V.Raxmaninovrring orkestr sohasidagi tafakkuriga ijobiy ta’sir o‘tkazdi, musiqada yangi yo‘llar kashf etdi. N.A.Rimskiy- Korsakovning koloristik (rango-rang) fikrlari, operalarining sehrli ohanglari sahna rassomchiligi taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Rimskiy-Korsakov operalarining sahnalarini bezatishda Vrubel, Vasnetsov, Korovin kabi musawirlar ishtirok etishgan.
N.A.Rimskiy-Korsakovning dirijyorlik faoliyati ham katta ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, u rus kompozitorlari asarlarini targ‘ib qilardi.
XIX asrda ko‘pgina kompozitorlarning musiqiy asarlari uning muharrirligi ostida nashr qilingan va ijro etilgan edi. N.A.Rimskiy- Korsakov M.P.Musorgskiyning qalamiga mansub «Boris Godunov», «Xovanshina» operalarini qayta ishlab, orkestrga soldi; A.P.Borodinning «Knyaz Igor» operasini yakunladi, A.S.Dargomijskiyning «Tosh mehmon» operasini orkestrga soldi. SHuningdek, M.A.Balakirev hamda Lyadov bilan hamkorlikda Glinka operalarining partituralarini tayyorlab, nashr ettirdi.
N.A.Rimskiy-Korsakov qariyb 40 yil davomida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullandi. 200ta kompozitor, dirijyor va musiqashunoslarni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Uning shogirdlari qatoriga A.K.Glazunov, A.K.Lyadov, A.S.Arenskiy, M.M.Ippo- litov-Ivanov, I.F.Stravinskiy, Y.Myaskovskiy, S.S.Prokofyev va boshqalar kiradi.
N.A.Rimskiy-Korsakovning «Garmoniyadan amahy ko‘rsat- malar» va «CHolg‘ulashtirishning asoslari» nomli olgan fundamental asarlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. «Musiqiy hayotimning solnomasi» deb nom olgan avtobiografik kitobi qimmatli tarixiy hujjat hisoblanadi.
N.A.Rimskiy-Korsakovning asarlari mumtoz musiqiy meros oltin xazinasidan munosib o‘rin olgan.
XULOSA
N. A. Rimskiy- Korsakov operalari rus opera janrining rivojlanish yo'lini belgilab berdi. Uning operalariga xos bo'lgan musiqiy dramaturgiya tamoyillari, xalq-milliy mavzularini ishlab chiqish usullarini va obrazlar qatorini yaratishi, kelgusida rus klassik-kompozitorlarining ijodiga asos bo'lib xizmat qildi. N. A. Rimskiy- Korsakov “Qrqiz” nomli operasi jahon musiqa madaniyatiga qo'shgan katta hissasi bo'lib,rus tarixiy mavzularda yozgan. Kompozitor o'zining fuga, kanon, imitatsiya, kontrapunktlarini yevropacha klassik shaklda yozgan bo'lsa-da, ularning barchasi o'ziga xos milliy rus jilosiga ega edi. Uning bu usulini
N. A. Rimskiy- Korsakov ko`p ertak operani yaratdi. N. A. Rimskiy- Korsakovning operalari, butun ijodiy faoliyati turli davrlarda tanqidchilar tomonidan ko'p marotaba o'rganib chiqilgan. Rus musiqiy madaniyatining yuksak namunasi bo'lib, opera san'atining eng jozibador, xalqchil va keng rivojlangan shakli, deb tan olingan. N. A. Rimskiy- Korsakov o'zining boy ijodi bilan opera va simfonik musiqiy yo'nalishlardan hamda rus klassik musiqasiga ham kotta hissa qo`shdi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin