Nikolay andreyevich rimskiy- korsakov ijodi


I BOB : I.1 XIX ASR IKKINCHI YARMIDA RUS MUSIQA MADANIYATI



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#163588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14 йигиталиев жавлон римс корс ижоди

I BOB :
I.1 XIX ASR IKKINCHI YARMIDA RUS MUSIQA MADANIYATI.
XIX asr rus musiqa madaniyatida har tomonlama rivojlanish davri bo‘ldi. Aynan shu davrda M.I.Glinka, A.S.Dargomijskiy, M.A.Balakirev, A.P.Borodin, M.P.Musorgskiy, N.A.Rimskiy- Korsakov, P.I.Chaykovskiy kabi buyuk kompozitorlar ijod qilib, oimas asarlar yaratdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida rus musiqasi san'ati yanada yuksaldi hamda Yevropada yetakchi musiqiy madaniyatlardan biriga aylandi. Bu davrga kelib, Rossiya ijtimoiy hayotida muhim voqealar bo'lib o'tdi. Jumladan, 1861 -yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi va bu hoi demokratik o'sishni vujudga keltirdi. San'atning qariyb barcha sohalariga buyuk ijodkorlar o'z g'oyalari va obrazlarni olib kirdilar. Xalqning ozodlik va erksevarlik g'oyalaridan chekkada turgan biror-bir madaniy jabha qolmagan edi, deb aytish mumkin. 1860 yillar rus adabiyoti, teatri, tasviriy san'ati va aniq fanlar gullab-yashnagan davr bo'ldi.
Musiqa sohasida yetishib chiqqan bir qator kompozitorlar yangi shakl va janrlar yaratdilar va musiqiy ifoda vositalar imkoniyatini yanada kengaytirdilar. Musiqa hayotida juda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Musiqa tobora keng doiradagi muxlislar va tinglovchilar mulkiga aylana bordi. 1859-yilda Peterburgda, keyinchalik 1860-yilda Moskvada Rus musiqa jamiyati (RMJ) tashkil etildi. Jamiyat nizomida ko'rsatilganidek, Rus musiqa jamiyatining maqsadi — «Rossiyada musiqiy ta'limning keng tarqalishiga ko'maklashish, musiqa san'atining barcha sohalari rivojlanishiga yordam berish hamda qobiliyatli rus san'atkorlarini (ijodkorlarni va ijrochilarni) va musiqa fanlari o'qituvchilarini rag'batlantirish»dan iborat edi. Rus san'atini targ'ib va tashviq qilish bilan shug'ullanuvchi musiqa jamiyati tomonidan tashkil qilingan konsertlarda faqat rus kompozitorlarining asarlari ijro etilar edi, shu sababli rus san'atkorlari konsertlar berish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
1862-yilda Peterburg shahrida birinchi rus konservatoriyasi ochildi. Unga direktor etib taniqli pianinochi, kompozitor, dirijyor, musiqiy jamoat arbobi Anton Grigorevich Rubinshteyn tayinlandi. 1866-yilda Moskvada ochilgan konservatoriyaga esa, Anton Grigorevichning akasi, yuqori malakali ziyoli musiqachi, pianinochi, dirijyor, pedagog va musiqiy jamoat arbobi Nikolay Grigorevich Rubinshteyn direktor etib tayinlandi. M.A.Balakirevning tashabbusi bilan 1862-yili bepul o'qitiladigan musiqa maktabi ochildi. Bu davrga kelib, mashhur to'da to'garagi tashkil topdi. To'garakning barcha a'zolari ijodiy kuchga to'lgan, yosh va navqiron edilar. M.A.Balakirev 29, A.P.Borodin 32, M.P.Musorgskiy 26, S.Kyui 31 yoshda edilar, ularning orasida eng navqironi N.A.Rimskiy-Korsakov esa endigina 21 yoshga lo'lgan edi. Dastlabki paytda to'garak ishtirokchilarining ijodiy o'sish jarayonida M.A.Balakirevning xizmati juda katta bo'ldi. M.A.Balakirev ular uchun daho, tashkilotchi va ustoz edi. N.A.Rimskiy-Korsakovning fikricha: «Hamma narsaga o'zining noyob va cheksiz musiqiy iste'dodi va amaliy faoliyati bilan erishgan Halakirev rahbarlik qilar edi». Undagi ulkan iroda, hammaga ham uasib etmaydigan musiqiy ma'lumot, jo'shqin g'ayrat – bularning bari uning to'garagi a'zolariga ta'sirini belgilab bergan shaxsiy xislatlardir. M.A.Balakirevning shogirdlar bilan mashg'ulot olib borish usullari ham o'ziga xos edi. U simfoniyalar, uverturalar, skertso, opera parchalari kabilarni yaratish uchun topshiriqlar berar, albatta, nazorat qilar va diqqat bilan ularni tahlil qilar edi. M.A.Balakirev o'z to'garagidagi do'stlariga mustaqil ta'lim olish zarurligi haqidagi g'oyani ham singdirib borardi. Mahoratli pianinochi, nota o'qish bilimdoni, g'oyat go'zal improvizator... U bir lahzada barcha kamchiliklarni, shakllarni va modulyatsiyalarni anglab olar edi. Yosh, navqiron, chaqqon, yonib turuvchi ko'zlar va chiroyli soqol sohibi, qat'iy, ishonarli hamda to'g'ri so'zlovchi, har bir daqiqada fortepiano ortida go'zal improvizatsiyalarni yaratishga tayyor turuvchi, o'zi bilgan har bir taktni xotirasida muhrlab oluvchi, ijro etilgan ijod namunalarini tezda yodida olib qoluvchi, u hech kimda uchramaydigan, odamlarga ta'sir etuvchi joziba egasidir.
Yosh kompozitorlarga M.A.Balakirev qatorida V.V.Stasov ham rahnamolik qilgan edi. «Qudratli to'da» jamiyati a'zolarining safdoshi va ularni doimo ilhomlantiruvchisi V.V.Stasov — nihoyatda faol, tinib-tinchimas shaxs bo'lgan. Musiqashunos tanqidchi, san'atshunos olim, tarixchi, ko'plab kompozitor va rassomlarning yaqin do'sti hamda yordamchisi V.V.Stasovning to'garak ishlarida ishtiroki, birinchi navbatda, kompozitorlarning umumiy badiiy tarbiya topishida, ular ijodining g'oyaviy yo'nalganligini belgilashda namoyon bo'lar edi. V.V.Stasov ko'pincha kompozitorlarga sujet taklif qilar hamda ularni ishlab chiqishga va yaratilgan asarlarni har tomonlama muhokama qilishga ham yordam berar edi. U o'zi bilgan tarixiy ma'lumotlarni boshqa kompozitorlarga ham ma'lum qilar hamda bor kuch-g'ayrati bilan ular ijodini targ'ib-tashviq qilishga intilardi. Stasov birinchi bo'lib matbuotda chiqish qilib, jamoatchilik e'tiborini «Qudratli to'da» to'garagiga a'zo kompozitorlarning ijodiga qaratadi. Stasov yangiliklarni va ilg'or g'oyalarni bir ko'rishdayoq farqlay olardi va jaholat, hasadgo'ylikka nisbatan shavqatsiz edi. Balakirevchilar to'garagining yig'ilishlari doimo jonli ijodiy muhitda o'tar edi. Keyinchalik Stasov o'zining xotiralarida ularni: «Bu kichkina majlislarda hukm surgan ajoyib, badiiy kayfiyatga liech narsa teng kelmas edi, hamma o'zi bilan, o'zining ishi bilan chuqur band bo'lgan, ijod ilhomi bilan qamrab olingan rassom kabi tabiatida mavjud o'sha ajoyib shoirona muhitni olib kelar edi... Ijodiy kuchlar uchun naqadar katta yangilik edi! Fantaziya, ilhom, she'riyat va musiqiy tashabbusning naqadar nafis lantanasi!», deb yodga oladi. M.A.Balakirev to'garagining a'zolari lez-tez A.V.Grigorovich, AF.Pisemskiy, I.S.Turgenev kabi yozuvcliilar hamda rassom I.E.Repin, haykaltarosh M.A.Antakolskiy bilan uchrashib turishardi. «Qudratli to'da»ga kirgan kompozitorlar o'z ijodiy faoliyati bilan yorqin ijodkor shaxs sifatida tanildi, har birining ijod yo'li alohida e'tiborga loyiqdir. To'garakning a'zolari mustahkam do'stlik rishtalari bilan bog'langan bir guruh musiqachilarning g'oyaviy yaxlitligi, o'z zamonasining o'zaro hamnafas jangovor hamdo'stligi, ijodiy jamoaviyligi bilan ham o'ziga xos tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. San'atning barcha sohalarida faoliyati bir-biriga yaqin ijodiy hamdo'stliklar, to'garaklar, jamiyatlar tashkil etilgan edi, Bunday ijodiy hamdo'stlik tamoyillari rassomchilik sohasiga, keyinchalik «sayyor» rassomchilikka asos solgan «Badiiy artel» faoliyatida, adabiyot sohasida esa — «Zamondosh» qayd daftari ishtirokchilari guruhining faoliyatida ham o'z ifodasini topadi. «Qudratli to'da» kompozitorlari o'zlaridan oldingi davrga mansub rus madaniyati oqimlarining bevosita davomchilari sifatida tarix sahnasiga chiqishdi.
Ular o'zlarini M.Glinka va A.S.Dargomijskiylarning izdoshlari, deb hisoblashar edi. Kompozitorlarning ijodi o'ziga xosligi bilan birga, Glinka boshlab bergan ishni davom ettirishi, bevosita xalq san'ati bilan uzviy bog'liq holda rus musiqasini yaratishi kabi mushtarak maqsadlari ham birlashtirib turar edi. Ular xalq qo'shiqlarini sinchiklab o'rganishdi. Shu bilan birga, musiqa tilini yangi, yorqin ifoda vositalari bilan boyitib, rus operasi hamda simfonik va kamer musiqasi rivoji uchun yangi yo'llar ochib, dovyurak novatorlar sifatida ham faoliyat ko'rsatishdi.
«Qudratli to'da» jamiyatining tashkil etilishi hamda rivojlanishi bir necha bosqichda kechdi:
1-bosqich — M.A.Balakirev rahbarligida hamdo'stlikning tashkil etilishi;
2-bosqich — jamiyatning san'at vazifalariga nisbatan bir xil qarashlar va intilishlar yaxlitligida birdamUkning gullab-yashnashi;
3-bosqich — ijodiy g'oyalar umumiyligining pasayib borishi va har bir kompozitor ijodkorligining yorqin namoyon bo'lishi. «To'da»chilar va P.I.Chaykovskiy estetikasidagi mushtaraklik —xalq qo'shig'iga bo'lgan munosabatlarida hamda xalq ijodining rus kasbiy musiqasi rivojiga bo'lgan salmoqli ta'sirini va ahamiyatini anglab yetganliklarida namoyon bo'ladi. M.A.Balakirev, N.A.Rimskiy-Korsakov va P.I.Chaykovskiy xalq qo'shiqlari to'plamlariga mualliflik qiladilar.
«To'da»chilar ijodida dehqonlar qo'shiqchiligiga tayanish xos bo'lsa, P.I.Chaykovskiyga — shahar qo'shig'i va rus maishiy romansiga asoslanish xosdir. Barcha kompozitorlarning ijodi namunalarida boshqa xalqlarning musiqasi ham o'z aksini topgan. Xalqchillik, milhylik va hayotni haqqoniy tasvirlash — «Qudratli to'da» a'zolari ijodining asosiy tamoyillaridan biridir.
Rossiya podsholik hukumati G'arbiy Yevropa teatrlari ta'sirini va mavqeyini har tomonlama ta'minlab qo'ygan edi: italyan truppalari opera sahnalariga monopol ravishda egalik qilishardi, milliy san'at vakillari erisha olmaydigan turli xil imtiyozlar chet ellik antreprenyorlarga berilgan edi. «Qudratli to'da» kompozitorlari «milliy» musiqa rivojlanishidagi to'siqlarni hamda tanqidchilar tomonidan yog'dirilayotgan ta'na va malomatlarni yengib, milliy san'atni rivojlantirish borasidagi ishlarini sabot bilan davom ettiradilar.
«Qudratli to'da» yaxlit ijodiy jamoa sifatida 1870-yillarning o'rtasiga qadar faoliyat ko'rsatadi. Shu vaqtda to'garak ishtirokchilari hamda ularning yaqin do'stlari yozgan xatlarida va kundaliklarida to'garakning sekin-asta tarqalib ketayotgani haqidagi likrlarni uchratish mumkin. Bu borada A.P.Borodinning fikri haqiqatga juda ham yaqin edi. U 1876-yilda qo'shiqchi LI.Karmalinaga yozgan xatida shunday fikr bildiradi: «...Faoliyat rivojlangani sayin bir kishiga xos bo'lgan shaxsiy xususiyatlar maktabdan ham, insonning boshqalardan meros qilib olgan narsalaridan ham ustunlik qila boshlaydi. ... va nihoyat, aynan bir kishining ham, turli davrlarda, turli vaqtlarda rivojlanishiga doir bo'lgan ayrim qarashlari va didi ham o'zgarib boradi. Bularning barchasi noiloj tabiiy holdir».
Ilg'or musiqiy kuchlarga rahbarlik qilish vazifasi N.A.Rirnskiy-Korsakov zimmasiga o'tadi. U konservatoriyada o'sib kelayotgan yosh avlodga tarbiya beradi, 1877-yildanboshlab musiqa maktabida dirijyorlik qiladi va dengiz boshqarmasining musiqiy xorlari inspektori sifatida ishlay boshlaydi. 1883-yildan boshlab u Saroy iсhidagi kapellada pedagogik faoliyat yuritadi. «Qudratli to'da» noyandalarining ichida birinchi bo'lib hayotdan ketgan M.P.Musorgskiy edi. Uning hayotining so'nggi yillari juda og'ir kcchgan. Zaiflashib borayotgan sog'ligi, moddiy yetishmovchiliklar lushkunlik kayfiyati hamda begonalik his-tuyg'ularini keltirib rhiqargan edi. M.P.Musorgskiy 1881-yiIda vafot etadi. 1887-yilda A.P.Borodin ham to'satdan vafot etadi. Shu paytdan boshlab “Qudratli to'da» kompozitorlarining yo'llari ajralib ketadi. M .A. Balakirev his-tuyg'ularga berilib, N.A.Rimskiy-Korsakovdan batamom uzoqlashadi, odamlarga ham qo'shilmay qo'yadi, S.Kyui esa ist'edodli zamondoshlaridan allaqachon orqada qolgan edi. Birgina V.V.Stasov hayotda qolganlarning har biri bilan avvalgi munosabatlarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi.
«Qudratli to'da» guruhi kompozitorlarining ijodi jahonning buyuk musiqiy yutuqlari qatoridan o'rin olgan. M.P.Musorgskiy, A.P.Borodin va N.A.Rimskiy-Korsakovlar rus mumtoz musiqasining asoschisi M.I.Glinkaning musiqiy merosiga tayangan holda o'z asarlarida vatanparvarlik g'oyalarini yorqin gavdalantirib, xalqning qudratli kuchini sharaflab kuyladilar va ajoyib rus ayollarining musiqiy qiyofalarini yaratdilar. M.Glinkaning simfonik ijod sohasida erishgan yutuqlarini davom ettirib, M.A.Balakirev, N.A.Rimskiy-Korsakov va A.P.Borodinlar orkestr uchun yozilgan dasturiy va nodasturiy asarlari bilan jahon simfonik musiqasi xazinasiga ulkan hissa qo'shadilar. «Qudratli to'da» kompozitorlari o'z musiqalarini ajoyib hamda go'zal xalq kuyi ohanglari asosida yaratdilar. Ular o'z asarlarida nafaqat rus musiqiy ijodiyotga bo'lgan ulkan qiziqishlarini va hurmatlarini namoyon qilishadi, balki ularning asarlarida ukrain va polyak, ingliz va hind, chex va serb, tatar, fors, ispan va ko'pgina boshqa jahon xalqlarining musiqiy mavzulari ham mohirona uyg'unlashgan.
«Qudratli to'da» kompozitorlarining ijodi musiqiy san'atning buyuk namunasidir; shu bilan birga, ularning ijodiy merosi keng tinglovchilar doirasi uchun ham juda qadrli va tushunarlidir. Bu ulkan musiqiy merosning o'lmas qadr-qiymati ham shunda. Kichkina, lekin qudrath ijodiy kuchga ega bo'lgan jamoa tomonidan yaratilgan musiqa — o'z san'ati bilan xalqqa sidqidildan xizmat qilish, haqiqiy ijodiy do'stlikning va qahramonona badiiy mehnatning yuksak namunasidir.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin