«Ta‘lim tarixi» fanidan ob uchun test savollari Pedagogika tarixi fani nimani o'rgandi ?
«Ta‘lim tarixi» fanidan OB uchun test savollari
1. Pedagogika tarixi fani nimani o'rgandi ?
*A . Qadimdan hozirgacha tarbiya, maktab, pedagogika nazariyati taraqqiyotini
B. Jamiyatdagi ma‘rifatni
C. Ta‘lim dasturlarini
D. Fan va madaniyat tarixini
2. Pedagogika tarixi fanini o'rganishning zarurligini izohlang.
A. O'qituvchilar pedagogik madaniyatini oshiradi, uni amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
B. Pedagogik mahoratni oshirishga yordam beradi.
C. Ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotni taraqqiyoti bosqichlarini yoritib beradi, ilg'or pedagogik qarashlar taraqqiyot yo'lini ko'rsatib beradi.
*D. barcha javoblar to'g'ri.
3. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda qadimga ajdodlarimiz qaerlarda yashagan ?
*A. Baqtriya, Xorazm, So'g'diyonada
B. Maarg'iyona, Parfiya, Zarafshonda
C. Parfiyada
D. Barcha javoblar to'g'ri
4. Pedagogika tarixi fanining predmeti nima ?
*A. Qadim zamonlardan hozirgi davrlargacha pedagogik fikr, pedagogika nazariyasi va amaliyot, taraqqiyot tajribalari
B. Pedagogikaga oid madaniy meros
C. Adabiyot, san‘at, arxeologiya namunalari, tarixiy manbalar
D. B, S javoblar to'g'ri
5. Eng qadimgi madaniy yodgorliklarni o'rganishda tayaniladigan uch asosiy manba ?
A. Xalq og'zaki ijodi ashyolari
B. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi
C. Arxeologik topilmalar
*D. Barcha javoblar to'g'ri
6. Markaziy Osiyoda shakllangan ilk yozuvlar
*A. Eramiz boshida, Xorazm, So'g'd, Baqtriya yozuvlari
B. Oromiy yozuv, Urxun-Yenisey yozuvi
C. Yunon yozuvi, uyg'ur yozuvi
7. Pedagogika tarixi fanining metodologik asosi
A. Prezident I.A.Karimov asarlari
B. Falsafa fani qonuniyatlari
C. Buyuk ajdodlarimiz pedagogik qarashlari, islom ta‘limoti
*D. barcha javoblar to'g'ri
8. Yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi ajdodlarimiz bolaga nimalarni o'rgatgani xabar qilinadi ?
A. Bolalikdan jasurlik
B. Besh yoshidan 20 yoshgacha otda yurish, kamon otish
C. Suzish, qilichbozlik, savod
*D. Barcha javoblar to'g'ri
9. «Avesto» to'liq kitob sifatida shakllandi
A. Eramizdan oldin VII asrda
*B. Eramizdan oldin I asrda
C. Eramizning III asrda
D. Urug'chilik davrida
10. «Avesto»da olg'a surilgan eng muhim falsafiy-pedagogik g'oya
A. Ezgu fikr, ezgu amal C. Ezgu amal
*B. Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal D. Barcha javoblar to'g'ri
11. Islom ta‘limotiga ko'ra musulmon kishisi amal qilishi lozim bo'lgan beshta farz:
A. Allohning borligiga iymon keltirish
B. Besh vaqt namoz o'qish
C. Zakot berish, ro'za tutish
*D. Barcha javoblar to'g'ri
12. «Qur‘on» kishilarni nimaga undaydi ?
A. Tenglik, birodarlikka
B. Tinch-totuv yashashga, ezgulikka
C. Ilm-ma‘rifatni egallashga
*D. Barcha javoblar to'g'ri
13. Islomda bilim nimaning mezoni hisoblanadi ?
*A. Aqliy kamolotning
B. Jismoniy kamolotning
C. Xulq-odab qoidalarining
D. V, C javoblar to'g'ri
14. «Qur‘on»da insonda tarkib topishi kerak bo'lgan oliy xislatlar sifatida ko'rsatilgan:
*A. Sabr-toqat, sadoqat
B. Ishonch, e‘tiqod, shirinsuxanlik
C. Shijoat, yaxshilish qilish
D. Barcha javoblar to'g'ri
15. Tasavvur ta‘limotida ko'rsatilgan inson kamoloti bosqichlari:
A. Shariat, tariqat
B. Tariqat, ma‘rifat
C. Haqiqat, saodat
*D. Shariat, tariqat, ma‘rifat, haqiqat, saodat
16. Qaysi davr hadisshunoslik rivojida oltin davr hisoblanadi ?
*A. VIII-IX asrlar C. X asr
B. VII asr D. XV asr
17. Hadisshunoslikdagi mavjud yo'nalishlar:
A. «Musnad», turli mavzudagi, alifbo tartibida joylashgan hadislar
B. «Sahih», to'g'ri, ishonarli, hadislar
18. Xoja Bahovuddin Naqshband ta‘limoti bayon etilgan asarlari:
A. «Hayotnoma» C. «Dil ba yoru dast ba kor»
B. «Dalil al-oshiqin» *D. A, B javoblar to'g'ri
19. Yaqin va O'rta Sharqda uyg'onish davrini ko'rsating.
A. VI-VII asrlar *C. IX-XVI asrlar
B. VII-XII asrlar D. X-XVIII asrlar
20. Xorun ar-Rashid va uning o'g'li Ma‘mun davrida qaerlarda donishmandlik uylari ochildi ?
A. Bag'dodda C. Buxoroda
B. Xorazmda *D. A, B javoblar to'g'ri
21. Markaziy Osiyodagi eng qadimgi yozma ma‘rifiy yodgorliklar nomini ko'rsating.
A. «Urxun Yenisey» bitigi
B. M. Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asari
C. Yusuf Xos Xojibning «Qutadg'u bilik», A.Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarlari
*D. Barcha javoblar to'g'ri
22. Sharq uyg'oniy davrida ilm-fan rivojlanishining uch yo'nalishini ko'rsating
A. Matematika-tabiyot yo'nalishi – 1-yo'nalish
B. Ijtimoiy-falsafiy yo'nalish – 2-yo'nalish
C. Ta‘limiy-axloqiy yo'nalish – 3-yo'nalish
*D. Barcha javoblar to'g'ri
23. Abu Nasr Farobiyning pedagogik ahamiyatga molik asarlarini ko'rsating
A. «Fozil shahar kishilari»
B. «Ilmlarning kelib chiqishi»
*C. A, b javoblar to'g'ri
D. «Metafizikaga sharh»
24. Komil insonga xos o'n ikki tug'ma xislatni Farobiy qaysi asarida ko'rsatib o'tgan ?
A. «Baxt-saodatga erishuv haqida»
B. «Aql ma‘nolari to'g'risida»
*C. «Fozil shahar kishilari»
D. «Ilmlarning kelib chiqishi»
25. Farobiy insonda go'zal fazilatlarni qanday hosil qilish mumkinligini ta‘kidlagan ?
*A. Ta‘lim-tarbiya berish yo'li bilan
B. Mustaqil o'rganish bilan
C. Yod olish bilan
D. Majbur qilish yo'li bilan
26. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari bayon etilgan asarlarini aniqlang.
A. «Hindiston», «Geodeziya» C. «At-tafhim», «Saydona»
B. «Xorazmning Mashhur kishilari» *D. A, b javoblar to'g'ri
27. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari:
A. O'quvchini zeriktirmaslik
B. Faqat bir fanni o'rgatavermaslik (almashlab o'qitish)
C. Bilimlarni uzviy, izchil, qiziqarli, ko'rgazmali bayon etish
*D. Barcha javoblar to'g'ri
28. Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik qarashlari bayon etilgan asarlar qatorini ko'rsating.
A. «Donishnoma», «Ash-shifo»
B. «Tib qonunlari», «Hay ibn Yaqzon»
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. «An-Najot»
29. Abu Ali Ibn Sino birinchi bo'lib qaysi tarbiya tizimini yaratdi ?
A. Aqliy tarbiya *C. Jismoniy tarbiya
B. Axloqiy tarbiya D. Mehnat tarbiyasi
30. Pedagogik ahamiyatga molik «Qutadg'u bilig» asaridagi personajlar qatorini aniqlang.
A. Kuntug'di, Oyto'ldi *C. A, b javoblar to'g'ri
B. Uzg'urmish, O'g'dulmish D. Xizmatkorlar
31. Yusuf Xos Xojibning «Qutadg'u bilig» asarida markaziy o'rinda qanday ijtimoiy vazifa turadi ?
A. O'quv va bilimlilikni ulug'lash
B. Ilm-ma‘rifatli kishilarni qadrlash
C. Jaholat, nodonlik, ilmsizlikni qoralash
*D. A, B, C javoblar to'g'ri
32. «Qutadg'u bilig»dagi insonni kamolotga yetkazuvchi muhim uch omil ko'rsatilgan qatorni aniqlang.
A. Aqliy kamolot
*B. Aqliy, axloqiy, jismoniy kamolot
C. Ma‘naviy kamolot
D. A, C javoblar to'g'ri
33. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yoshlar saqlanishi lozim bo'lgan axloqiy sifatlar.
A. Ko'zni yomon nazardan, qo'lni yomon ishdan saqlash
B. Tilni yomon ko'zdan saqlash
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. Ta‘ma qilmaslik
34. «Qobusnoma»da ko'rsatilgan yoshlarga o'rgatish zarur bo'lgan tarbiyaviy sifatlar :
A. Bilim olish tartib-qoidalarini bilish
B. Hunarlar va kasb-egalari haqida bilish
C. Turmush, xulq-odob qoidalari haqida bilish, jismoniy yetuklikka erishuv haqida bilish
*D. Barcha javoblar to'g'ri
35. Az-Zamaxshariyning pedagogik ahamiyatga molik asarlari qatorini ko'rsating.
A. «O'git va nasihatlarning oltin shodalari»
B. «Nozik iboralar»
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. «So'zga ustalik asoslari»
36. Umar Hayyomning tarbiyaning maqsadi qanday maqsadga qaratilishi lozim deb hisoblangan ?
A. Sog'lom fikrni
B. Ziyrak aqlni
C. O'tkir zehnli kishini tarbiyalashga qaratilishi kerak
*D. Barcha javoblar to'g'ri
37. Shayx Najmiddin Kubroning pedagogik g'oyalari ifodalangan asarining nomini ko'rsating.
*A. «Odob qoidalari» C. «Zahobiya»
B. «Ayn al-hayot» D. «Fi al-adab»
38. Muslihiddin Sa‘diyning pedagogik qarashlari bayon etilgan asarlar nomini ko'rsating.
A. «Guliston» C. «Havotim»
B. «Bo'ston» *D. A, B javoblar to'g'ri
39. «Amir Temur o'gitlari»dagi o'git-nasihatlar qanday tarbiyaviy sifatlarga bag'ishlangan ?
A. Adolat va adolatsizlik haqida
B. So'z va ish birligi, do'st va dushmanlik haqida
C. Shirinsuxanlik, davlatni idora etish haqida va b.
*D. Barcha javoblar to'g'ri
40. Ulug'bek madrasasida va rasadxonasida ilmiy tadqiqot bilan shug'ullangan mashhur olimlarni ko'rsating.
A. Qozizoda Rumiy, muhammad Havofiy
B. G'iyosiddin Jamshid ibn Mas‘ud, Muiniddin Mansur Koshiy
C. Ali Qushchi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
41. Ulug'bekning jahon faniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan asarining nomini aniqlang.
A. «Ziji jadidi Ko'ragoniy» C. «Zij»
B. «Ziji Ulug'bek» *D. A, B, S javoblar to'g'ri
42. A.Navoiy «Hayrat ul abror» asarida ilmni qanday baholaydi ?
A. Inson kamoloti uchun eng zarur fazilat
B. Insonni, xalqni jaholatdan qutqaruvchi omil
C. Ilm egallash mamlakat va xalq baxti uchun xizmat qiladi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
43. A.Navoiyning o'qituvchi (mudarris)ning ma‘naviy-axloqiy sifatlari haqidagi fikri uning qaysi asarida bayon etilgan ?
A. «Hayratul abror» C) «Saddi Iskandariy»
*B. «Mahbub ul qulub» D. «Majolis un nafois»
44. A.Navoiy qobiliyatli inson tarbiyasi haqida qanday fikr bildirgan ?
A. Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulm
B. Qobiliyatsizga tarbiya hayf
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. Ommaviy maktablar ochish kerak
45. Abdurahmon Jomiyning qaysi asarlari komil insonga ta‘lim-tarbiya berishga, ilm-ma‘rifatni egallashga, yuksak axloqiy sifatlarni targ'ib etishga bag'ishlangan ?
*A. «Bahoriston», «Tuhfat ul-ahror», «Silsilatus zahab»
B. «Haft avrang», «Guliston»
C. «Iskandar xiradxonasi»
D. «Sabhat ul abror»
46. Jaloliddin Davoniy «Axloqi Jaloliy» asarida komil insonni qanday sharoitda shakllantirish mumkin deb ko'rsatadi ?
*A. Ijtimoiy mavjudot sifatida faqat jamiyatda
B. Maktab ta‘lim-tarbiyasi jarayonida
C. Oilada
D. Barcha javoblar to'g'ri
47. Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asari ilmiy-pedagogik jihatdan qanday ahamiyatga ega ?
A. Farobiy asarldari qatorida
B. Ibn Sino asarlari qatorida
C. Nasriddin Tusiy asarlari qatorida turadi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
48. «Axloqi Jaloliy» asari qanday qismlardan iborat ?
A. 1-qism – axloq faniga
B. 2-qism – odamning ichki holatiga
C. 3-qism – davlatni boshqarish va shohlar siyosatiga bag'ishlangan
*D. Barcha javoblar to'g'ri
49. Davoniy sevgi-muhabbatni qanday turlarga bo'lgan ?
A. Ilohiy sevgi, ota-onaning farzandga muhabbati
B. Muallimning o'z talabasiga muhabbati
C. Shohning fuqarolariga, fuqarolarning ilm-ma‘rifatga muhabbati
*D. Barcha javoblar to'g'ri
50. Husayn Voiz Koshifiy pedagogika ilmiga dahldor qanday asar yozgan ?
A. «Javohirnoma»
*B. «Axloqi Muhsiniy», «Axloqi Karim», «Futuvvatnomai Sultoniy»
C. «Oynayi Iskandariy»
D. «Risolati Hotamia»
51. Koshifiy ilm egallashning ijtimoiy ahamiyatini qanday tushuntiradi ?
A. Ilm boylik to'plash uchun emas, yashash uchun zarur
B. Ilm doimiy saqlanadi, mol-dunyo o'tkinchidir
C. Amalda qo'llanmaydigan ilm jonsiz tanga o'xshaydi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
52. Koshifiyning muallim egallashi lozim bo'lgan sifatlar haqidagi fikrlarini aniqlang.
A. Muallim bilimli, dono, axloqan yuksak bo'lishi kerak
B. ta‘lim-tarbiya berish usullarini yaxshi bilishi, muloyim, xushfe‘l bo'lishi kerak
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. B javob to'g'ri
53. Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari kimga atab yozilgan ?
A. Husayn Boyqaroga
*B. Husayn Boyqaroning o'g'li Abulmuhsin Mirzoga
C. Alisher Navoiyga
D. B, C javoblar to'g'ri
54. «Axloqi Muhsiniy» tarbiyasi qaysi yo'nalishga bag'ishlangan ?
A. Jismoniy tarbiyaga C. Aqliy va estetik tarbiyaga
*B. Axloqiy tarbiyaga D. Iqtisodiy, mehnat tarbiyasiga
55. Koshifiy qanday kishilarni komil inson deb hisoblaydi ?
A. Odobli, halol, sahovatli insonni
B. To'g'ri, halol, pok, ilmli, insofli insonni
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. Jismoniy sog'lom insonni
56. «Boburnoma» asarida fanning qaysi sohalari xususida fikr yuritilgan ?
A. tarix, geografiya
*B. tarix, geografiya, botanika, etnografiya, pedagogika
C. Ixtiologiya, zoologiya
D. Falakiyot
57. Boburning fikricha, komil inson shaxsini shakllantirishda qaysi omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi ?
A. Ilmni egallash C. Jismoniy mashqlar
*B. Mehnat va mehnatda toblanish D. Ustozlar ta‘lim-tarbiyasi
58. XVII-XVIII asrlarda Xiva, buxoro, Qo'qon xonliklari hududlarida ilm, ma‘rifat, Fan va madaniyat rivojiga hissa qo'shgan olimlar, tarixiy shaxslar:
*A. Abdullaxon, Hofiz tanish, Muhammad Balxiy, So'fi Olloyor, Abulg'oziy, mushrif, Farog'iy, Namangoniy
B. Koshifiy, Hofiz tanish, Uvaysiy
C. Sayid muhammad, Nodira, Mirzo Bedil
D. B, C javoblar to'g'ri
59. XVII-XVIII asrlarda Turkiston maktablari va madrasalarida qanday fanlar, ilmlar o'rgatilgan ?
A. «qur‘on», «Tafsir», «Odob as-solihin», «Sabot ul ojizin», «Kimyo saodat», «Hadis»
B. «Qur‘on», «Hadis», «Fiqh»
C. «Adabiyot», grammatika, handasa, falakiyot
*D. A, B, C javoblar to'g'ri
60. Maktab va madrasalarda o'qish necha yil davom etgan ?
A. Maktada 7 yil savod o'rgatilgan
B. Maktab va madrasada o'qish 15-20 yil davom etgan
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. B javob to'g'ri
61. XVII-XVIII asrlarda Turkiston maktab va madrasalarida o'qitiladigan darslik o'rnidagi kitoblar.
A. «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy»
B. «Huvaydo», «Qissai devona Mashrab», «Sabot ul-ojizin»
*C. A, B javoblar to'g'ri
D. faqat «Qur‘on» va «Hadis»
62. XVII-XVIII asrlarda Turkistonda Xotin-qizlar ta‘lim-tarbiyasi qanday amalga oshirilgan ?
A. Oilada ota-ona tomonidan
B. Ziyoli ayollar tashkil etgan otinlar maktablarida
C. Oilada otinoyilar tomonidan
*D. B, C javoblar to'g'ri
63. XVII-XVIII asrlarda Turon zaminda tashkil etilgan madrasalar nomini ko'rsating.
A. Buxoroda Shayx Jalol, domla Tursunjon madrasalari
B. Samarqandda Sherdor, Tillakori, Devonbegi madrasalari
C. Xivada Arabmuhammad, Muhammad Rizobek madrasalari
*D. Barcha javoblar to'g'ri
64. XVII-XVIII asrlarda Fan, madaniyat, san‘at rivoji
A. Yog'och, mis o'ymakorligi, sopol va chinni idishlar, qurol-yarog' yasash
B. Matolar va gilam to'qish, kashtachilik, zardo'zlik san‘ati
C. Tarixnavislik, Lug'atshunoslik, she‘riyat, tarjimashunoslik, xalq og'zaki ijodi, me‘morchilik
*D. Barcha javoblar to'g'ri
65. Shoira Uvaysiy Umarbek o'rdasida qanday ish bilan mashyuyugul bo'lgan ?
A. Shoiralik qilgan *C. Muallima, xonanda, sozanda
B. Sozanda va xonanda D. Otinoyi
66. Uvaysiy asarlarida qanday g'oyalar targ'ib etilgan ?
A. Ayollar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya, insoniy muhabbat, ezgulik, vafodorlik
B. Musiqa san‘ati, axloqiy tarbiya, chiroyli so'zlash
C. Vafosizlik, bemehrlik, yolg'onchilik, subutsizlikka qarshi kurash ruhi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
67. Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tarbiyashunoslikka oid mashhur asarini aniqlang.
*A. «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi»)
B. «Zubdat al masoyil» («Masalalar qaymog'i»)
C. «Durr al-muzohir» («Xojalar tazkirasi»)
D, «Tazkirai xojagon» («Xojalar tazkirasi»)
68. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkistonda musulmon maktablarida ta‘lim tizimi necha toifaga bo'lingan ?
A. 5 toifaga: quyi maktab, xalilxona maktabi, qorixona, o'rta madrasa (internat), oliy madrasa
B. 4 toifaga: quyi, o'rta, oliy maktab, qorixona
C. 3 toifaga: quyi, o'rta, oliy
*D. Toifaga bo'linmagan
69. Musulmon maktablarida ta‘lim qaysi tillarda olib borilgan ?
A. O'zbek *C. O'zbek, arab, fors-tojik
B. Arab D. Fors-tojik
70. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan so'ng maktab va madrasalarda qanday o'zgarishlar yuz berdi ?
A. Bosmaxonada chop etilgan darsliklar paydo bo'ldi
B. rus tilini o'qitish joriy qilindi
C. Tovush usulida savod o'rgatish joriy etildi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
71. Turkistonda qizlar maktabini kim, qachon, qaerda tashkil qildi ?
*A. 1906-1907 o'quv yilida Urganchda Husayn Qo'shaev
B. 1902-1903 o'quv yilida Xivada Shermuhammad Munis
C. 1907-1908 o'quv yilida Xo'jaylida Mashrab
D. Ochilmagan
72. Xorazmda Yangi usul maktabi qachon ochildi, kim tomonidan ?
A. 1904 yilda Husayn Qo'shaev tomonidan
*B. 1904 yilda Urganchda Feruz farmoni bilan
C. 1904 yilda Urganchda Komil Xorazmiy tomonidan
D. 1905 yilda Xivada Yoqub xo'ja tomonidan
73. Chor hukumatining 1870 yilda e‘lon qilingan ruslashtirish ko'rsatmasida rus millatiga mansub bo'lmagan xalqlar ta‘limini necha toifaga bo'lib olib borish ko'rsatilgan edi ?
*A. 3 toifaga: juda kam ruslashgan xalqlar, ruslar bilan aralash yashovchi xalqlar, yetarlicha ruslashgan xalqlar
B. 2 toifaga: ruslashmagan va ruslashgan xalqlar
C. Toifaga bo'lmaslik
D. A, B javoblar to'g'ri
74. «Bizning vatanimizda yashovchi … xalqlarning ma‘lumotli bo'lishining oxirgi maqsadi, shubhasiz, ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan birlashtirishdan iborat bo'lishi kerak» - degan edi kim ?
*A. Chor Rossiyasi xalq maorifi noziri D.A. tolstoy 1870 yilda
B. Chor generali Kuropatkin 1864 yilda
C. Podsho Adeksandr II 1885 yil
D. Podsho Nikolay II 1883 yilda
75. Rossiya tomonidan o'tkazilgan aholi ro'yxatida Markaziy Osiyo aholisi savodxonligi darajasi qanday belgilangan va aslida qanday edi ?
A. Tojiklar – 0,5 %, aslitda 20 %
B. Qirg'izlar – 0, 4 %, aslida 20 %
C. Turkmanlar – 0,3 %, o'zbeklar 0,4 %, aslida 21 %
*D. Barcha javoblar to'g'ri
76. Chorizm mustamlakachiligi davrida maktab ta‘limi va o'qituvchilar faoliyati qanday ahvolda edi ?
A. O'qituvchilar faoliyati sinchiklab nazorat qilindi, maktablarda ish tartibi belgilab berildi
B. Ona tilida o'qitishni cheklashga intildi
C. Ulug' davlatchilik g'oyasi targ'ib etildi
*D. Barcha javoblar to'g'ri
77. Turkiston o'lkasida rus-tuzem maktablari qachon ochildi ?
*A. XIX asrning 70-yillarida C. XX asr boshida
B. XIX asrning 80-yillarida D. XIX asr boshida
78. Turkiston Rossiya tasarrufiga o'tganidan so'ng maktablarning qaysi turi ko'proq ommalashdi ?
A. Maxsus xukumat maktablari, 4 yillik
*B. Ikki yillik milliy maktablar
C. maktab-internatlar, 4 yillik
D. Rus-tuzem maktablari
79. Rus maktablariga mahalliy aholi bolalari nega qabul qilingan ?
*A. rus tilini tezroq o'rganib, ruslashtirish uchun
B. dunyoviy ilmlarni o'rganish uchun
C. ta‘lim samarasini oshirish uchun
D. Barcha javoblar to'g'ri
80. Chor hukumati Turkistondagi mahalliy millat bolalari o'qitiladigan maktablarda islom dinini o'qitishga nega ruxsat bergan ?
*A. ota-onalar chorizm siyosatidan qo'rqmasligi uchun
B. Diniy tarbiya berish uchun
C. Islom ulamolari fikrini o'zgartirish uchun
D. Barcha javoblar to'g'ri
81. Turkistonda jadidchilik harakati qachon boshlandi va ularning maqsadi nima edi ?
*A. XIX asr boshida, maktablar tizimini isloh qilish
B. Feodal-o'rta asrchilikka barham berish
C. Ta‘limda diniy fonatizmni cheklash
D. B, C javoblar to'g'ri
82. «Jadid» va «Qadimist» so'zlari ma‘nosini tushuntiring.
A. Jadid – yangilik tarafdori *C. A, B javoblar to'g'ri
B. Qadimist – eskilik tarafdori D. Barcha javoblar to'g'ri
83. Buxorodagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g'oyasini ko'tarib chiqqan ma‘rifatparvar mudarris kim ?
A. Marjoniy C. Gaspirali
*B. Abu Nasr al-Kursaviy D. Fitrat
84. Ta‘lim islohotchilari rahnamosi kim edi ?
A. Xudoyberdi Boysuniy C. Al-Kursaviy
*B. Marjoniy D. Domla Fozil
85. Maktab-madrasalar islohotchilariga nisbatan qanday jazo choralari qo'llanildi ?
A. Zindonga tashlandi C. Orqalariga 75 darra urildi
B. O'limga mahkum etildi *D. Barcha javoblar to'g'ri
86. Ta‘lim islohotchilarining asosiy maqsadi ?
A. Diniy va dunyoviy darslarni o'qitish
B. Qadimiy islom madaniyatiga qaytish
C. Foydasiz diniy hoshiya, Shirk darslarini ta‘lim jadvalidan olib tashlash
*D. Barcha javoblar to'g'ri
87. Jadidlar ijtimoiy taraqqiyotga qanday erishishni maqsad qilib qo'yganlar ?
A. Jamiyatda to'ntarish qilish bilan
B. Inqilob qilib, hukumatni ag'darish bilan
*C. Inqilobsiz, islohotlar qilish yo'li bilan
D. Insoniyatni sinflarga bo'lish bilan
88. Jadidlar islohotlarni kimga tayanib amalga oshirishni taklif etadilar ?
A. Aholining barcha qatlamlari bilan hamkorlikda
B. lamo, ziyolilar, boy va avomlar bilan
C. Ishchilar va dehqonlarga
*D. A, B javoblar to'g'ri
89. Jadidchilik ilk bor qaerda paydo bo'ldi va qanday gazetalar nashr ettirdi ?
*A. Qrimda, «Taraqqiy», «Xurshid», «SHuhrat»
B. Bog'chasaroyda. «Usuli savtiya»
C. Qozonda. «Maorif yulduzi»
D. fada. «Bilim»
90. Ismoilbek Gaspiarli amaliyotga kiritgan yangicha o'qitish metodlari
A. «Usuli savtiya» C. «Tovush metodi»
B. «Usuli jadida» *D. A, B javoblar to'g'ri
91. Turkistonlik jadid-ma‘rifatparvarlar jahon taraqqiyotidan orqada qolish sabablarini qanday tushunganlar ?
*A. O'qitish usullarini zamondan ortda qolishi
B. Ta‘lim mazmunining zamonaviy emasligi
C. Yangi darsliklar yetishmasligi
D. Pedagog-kadrlar taqchilligi
92. Jadid-ma‘rifatparvar Mahmudxo'ja behbudiy o'z faoliyatida qanday aqidaga amal qilardi ?
A. Axloq va tarbiyaning asosi – maktab
B. barcha ilmning boshi va ibtidosi – maktab
C. Saodatning, fozil insonning ma‘naviy chashmasi – maktab
*D. Barcha javoblar to'g'ri
93. Ishoqxon Ibrat o'z pedagogik-ma‘rifatparvarlik qarashlarini qaysi asarlarida olg'a surgan ?
*A. «Tarixi Farg'ona», «Tarixi madaniyat», «Mezonul zamon»
B. «Jome‘ul xutut», «Devoni Ibrat»
C. «Lug'ati sita-al-sina»
D. B, C javoblar to'g'ri
94. A.Avloniy qachon va qaerda yangi usul maktablarini ochdi ?
*A. 1907 yilda Toshkentda C. 1910 yilda Samarqandda
B. 1908 yilda Buxoroda D. 1900 yilda Qo'qonda
95. A.Avloniy bola tarbiyasini qanday bo'limlarga bo'lgan ?
A. «tarbiyaning zamoni», «Badan tarbiyasi» C. «Axloq tarbiyasi»
B. «Fikr tarbiyasi» *D. Barcha javoblar to'g'ri
96. A.Avloniy pedagogika faniga qanday baho bergan ?
*A. «Pedagogiya» - bola tarbiyasi haqidagi fandir
B. «Pedagogiya» - ilm-ma‘rifat haqidagi fandir
C. «Pedagogika» - ijtimoiy fandir
D. Barcha javoblar to'g'ri
97. A.Avloniyning fikricha, yaxshi axloq va ilm-ma‘rifatga erishish uchun yana nima zarur ?
*A. O'qimoq, o'qitmoq, o'rganmoq uchun sog'lom tana zarur
B. Mohir murabbiy, ustoz zarur
C. Mukammal darsliklar zarur
D. Qiziqish zarur
98. Sho'rolar tuzumi davrida xalq ta‘limi qay tarzda amalga oshirildi ?
*A. Dunyoviy ta‘limga asoslangan umumta‘lim yo'lga qo'yildi
B. tabaqali dunyoviy ta‘lim
C. Diniy ta‘lim
D. Pulli ta‘lim
99. Mustaqil O'zbekistonda xalq ta‘limi isloh qilinishida davlat qanday tadbirlarni amalga oshirdi ?
A. «Ta‘lim to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi (1997 y)
B. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi (1997 y)
C. «2004-2009 yillarda maktab ta‘limini yanada rivojlantirish davlat umummilliy dasturi» qabul qilindi (2004 y)
*D. Barcha javoblar to'g'ri
100. Mustaqil O'zbekistondagi barcha islohotlarni amalga oshirishda kim tashabbuskor ?
*A. Davlat bosh islohotchi C. Xalq ta‘limi vazirligi
B. Xalq tashabbuskor D. Prezident
Tuzuvchi: k. o'q. D.Xolmurodov
Обсудить данную работу
Похожие:
9 – sinflar uchun Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan test savollari
9-sinflar uchun o`zbekiston tarixi fanidan test
Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanidan 8 – sinflar uchun iv-chorak Nazorat test savollari
Test savollari 6-sinflar uchun tarix fanidan Spartak boshchiligidagi qullar qo`zg`oloni boshlangan sanani aniqlang
Ona tili fanidan 5-sinflar uchun tuzilgan test savollari Imlo qoidalariga mos ravishda yozilgan so'zlar qatorini toping
Ona-tili fanidan iv-sinflar uchun test savollari. Ii-variant Bosh bo`lak- kesim qanday so`roqqa javob bo`ladi? a qanday ? b nima qilyapti?
O`zbekiston tarixi fanidan 8-sinflar uchun test savoli Qachon Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta`minoti yaxshilangan?
Tarix fanidan test savollari
7-sinf uchun test savollari
Informatika fanidan test savollari 1-variant
9-sinf informatikadan test savollari 1-chorak
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |