339
Taniqli tarixchi, sharq xalqlari etnogenezi bilimdoni
L.Gumilov
(buyuk rus
shoirlari A.A.Axmatova va N.S.Gumilovlarning farzandi)
etnoslarning
(qavm,
urug’lar)
kelib chiqishini
ayni hudud, mintaqaning tabiiy sharoiti bilan bog’liqligini
qayd qiladi va etnologiyani geografiya fanlari tizimiga mansub deb hisoblaydi.[7; 96
b].
Dastlabki geografik asar "Surat al-arz"dayoq
Muhammad Xorazmiy Yerning
obod qismidagi shaharlar, tog’lar, daryolarning koordinatalarini alohida-alohida
iqlimlar bo’yicha ko’rsatgan edi. Uning "Yetti iqlim" to’g’risidagi ta’limotini
H.H.Hasanov o’sha zamon geografiyasidagi original yangilik deb hisoblagandi. "Yetti
iqlim" tushunchasi
Muhammad Xorazmiydan keyin ham, ko’p asrlar davomida
geografiyaning fundamental tushunchasi sifatida qo’llanib kelindi.
"Yetti iqlim" yoki "iqlimlar" ("aqolim") terminlaridan keyinchalik qator
mualliflar o’z asarlarini nomlashda yoki ayrim boblarini sarlavhalashda ham qo’llay
boshlaganlar. Shu ma’noda, Ahmad Farg’oniyning "Yetti iqlimni hisoblash haqida",
iroqlik Suxrobning "Yetti iqlim ajoyibotlari kitobi", xurosonlik Abu Zayd Balxiyning
"Iqlimlar surati", arab geografi Muqaddasiyning "Iqlimlarni o’rganish
uchun eng
yaxshi qo’llanma", mashxur Abu Rayhon Beruniyning bizgacha yetib kelmagan
"Iqlimlar taqsimoti", eronlik adib Amin Axmad Roziyning 1594 yilda Hindistonda
boburiy podshoh Akbarga bag’ishlab yozgan "Yetti iqlim" kabi asarlarni eslash kifoya.
Ushbu asarlarda mualliflar "Yetti iqlim" yoki "iqlimlar"
terminini dunyo yoki yer
yuzasining odamlarga ma’lum qismi so’zlarining muqobili sifatida ishlatganlar. Ba’zan
dunyoning doiraviy xaritalari iqlimlar xaritasi deb ham hisoblangan.
"Boburnoma" asarida Boburning Farg’ona hamda Qobul viloyatlarini to’rtinchi
iqlimdandir deb, yoki Hindistonni birinchi, ikkinchi va uchinchi iqlimlardan ekanligini
yozganida "iqlim" tushunchasi viloyatlar va o’lkaning geografik o’rnini aks ettiruvchi
tushuncha sifat xizmat kilgan.
"Yetti iqlim" tushunchasi regional tasviriy geografiyaga oid asarlarda ham keng
ishlatilgan. Masalan, "masofalar va mamlakatlar" turkum asarlarda Sharq olamining
geografik tavsiflari iqlimlar bo’yicha bayon qilinganini ko’ramiz. Ammo ularning
hammasida ham "iqlim" tushunchasining mazmuni, iqlimlarning chegaralari va ularga
qarashli mamlakatlar bir xil emas. Bu holga o’z davrida Beruniy ham e’tibor bergandi.
"Iqlimlar bayoni muhim narsa. Bu to’g’rida ixtilof bo’lmasligi kerak"- deb yozgandi u.
Shu sababdan ham Beruniy o’zining asarlarida iqlimlar va ularning ta’rifiga ko’p bor
340
to’xtalgan. Uning "Iqlimlar taqsimoti" nomli alohida asari ham bo’lgan. Abu Rayhon
Beruniyning hayoti, ijodi va geografik merosi bilan astoydil qiziqqan H.H. Hasanov
buyuk olimning "at-Tafhim", "Geodeziya" va "Qonuni Mas’udiy" asarlarida keltirilgan
iqlimlar tarixi va ta’rifi bayonidan tanlab olingan ko’chirmalar keltirilganki, ulardan
o’quvchi "yetti iqlim" tushunchasi haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishi mumkin.
Beruniyning "Qonuni Mas’udiy" kitobidagi iqlimlar taqsimoti quyidagicha
ko’rinishda bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: