3.Sport zali va boshqa yordamchi xonalarga qo‘yiladigan talablar Maktab sport zalidan tashqari qiz va o‘g‘il bolalar uchun alohida yechinish, yuvinish xonalari hamda sport jihozlari saqlanadigan qo‘shimcha xonalar bo‘lishi, bu xonalar sanitariya-gigiyena talablari darajasida jihozlanishi kerak.
Jumladan: Yechinish xonalarida eshikdan kirganda devorning ikki tarafiga mustahkam o‘rnatilgan maxsus kiyim ilgichlar bo‘lishi, ularning soni 20 tadan (ularning oralig‘i 15 sm) kam bo‘lmasligi lozim. O‘quvchilar yechinib, kiyinishlari qulay bo‘lishi uchun gimnastik o‘rindiqlari bo‘lishi hamda ular kiyim ilgichlar o‘rnatilgan devor yoniga joylashtirilishi kerak. Chiqindi tashlash uchun maxsus chelak (urna) bo‘lishi zarur. - Yuvinish xonalaridagi polda rezina to‘shama (kovrik) bo‘lishi, eshik qismiga suvni tejash, isrof qilmaslik uchun “Suvni isrof qilma!” yozuvi va shartli belgisi o‘rnatilishi kerak.
- Sport zalidagi jihozlarning barchasi ta’limning texnikaviy vositalari, gigiyenik, standart hamda xavfsizlik texnikasi talablariga to‘liq javob berishi zarur. -Sport zalining derazalari himoyalovchi maxsus to‘rlar yoki temir panjaralar bilan to‘silishi lozim. - Mashg‘ulotlar olib borish jaryonida sport zalning shiftiga turli ko‘rgazmali plakatlar (baner, bayroq va h.k.) osilmasligi kerak.
-Devori tekis taxtali panel bilan qoplangan bo‘lib, poldan 1 metr 75 sm balandlikda bir xil rangda bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
-Jihozlarni saqlash xonasida Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida belgilangan mashg‘ulotlarni olib borishda vaqtinchalik foydalanilmaydigan sport anjom va jihozlar tartibli saqlanadi. Masalan, gimnastika asbob-uskunalari tartibli ravishda joylashtirilishi, xonaning o‘ng taraf devoriga maxsus tokchalar o‘matilib, unda to‘plar (ozgina dami chiqarilgan holda) joylashtiriladi.
-Jihozlami saqlash xonasidagi sport anjom-uskunalarining sifati buzilmasligi uchun ular ustma-ust qo‘yilmasligi kerak. -Jismoniy tarbiya fani Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi, metodik o‘quv qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, baholash mezonlari saqlanadi.
-Sport zalida mavjud sport anjomi va jihozlar hamda ular holatining ro‘yxati bo‘lishi kerak.
-Bírinchi tibbiy yordam qutichasi (dori-darmonlar to‘liq holatda) va unda quyidagi dorilar bo‘lishi lozim:
-bint yoki marli (sterillangan);
-gigroskopik dorixona paxtasi; -3-5% li yod (spirtli);
-permanganat kaliy (yangi tayyorlangan suyuqlik);
-nashatir spirti; -valeriana tomchi dorisi;
-tibbiyot anjomlari (tibbiyot qaychisi, qisqich (pinset, to‘g‘nog‘ich);
-jgut;
-zelyonka
Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkunki ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik xisoblash, bioritmika va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan xolda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya soxalaridagi bilimlarga tayangan xoldagi izoxlanishi tushuniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jixozlaridagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutqa zilayotganligini xis qilishdek talablarni ko’yadi, bu o’z navbatida, ixtiyoriy harakat larning bajarilishini ongli nazorat qilishga o’rgatadi. Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, namoyon qilinishi, ifodasi fikran ko’z oldiga keltira olish (“ideomotor trenirovka”) - onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir. Faollik asosan mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, guruhli”, tashqillash orqali, asosiy jixozlar yoniga ko’shimcha sport anjomlari ko’yish, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki xaftalik tayyorgarlik va mashqdan so’ng bajara boshlasalar, o’z-o’zidan shug’ullanuvchi mashqni mustaqil bajarishga urinishini ortishini vujudga keltaradi. Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning badiiy jixozlanishi, gigiyenik orastaligi ta’lim jarayonida shug’ullanuvchilarda jonbozlik(initsiativa) ko’rsatish, vazifani xal qilish uchun javobgarlik xissini o’z bo’yniga olabilish, ma’suliyatini xis etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.Jismoniy madaniyat insoniyat umumiy madaniyatining bir qismi bo'lib, nafaqat insonni hayotga tayyorlash, o'zlashtirish, rivojlantirish va tabiatan inson manfaati uchun boshqarishning ko'p asrlik qimmatli tajribasini (diniy nuqtai nazardan - Xudo tomonidan) jismoniy va aqliy qobiliyatlar, lekin bundan ham muhimi, jismoniy faoliyat jarayonida namoyon bo'ladigan shaxsning axloqiy, axloqiy tamoyillarini tasdiqlash va mustahkamlash tajribasi. Shunday qilib, jismoniy madaniyatda o'zining tom ma'nosidan farqli o'laroq, odamlarning jismoniy va ko'p jihatdan aqliy va axloqiy fazilatlarini yaxshilashdagi yutuqlari o'z ifodasini topadi. Ushbu fazilatlarning rivojlanish darajasi, shuningdek, shaxsiy bilimlar, ularni takomillashtirish ko'nikmalari jismoniy madaniyatning shaxsiy qadriyatlarini tashkil etadi va shaxsning jismoniy madaniyatini shaxsning umumiy madaniyatining qirralaridan biri sifatida belgilaydi.