Jismoniy tarbiya darslari uchun jihozlash me’yorlari.
Malakalarning o‘zaro a’loqasi va o‘rgatishining ketma-ketligi - Harakat malakalari tarkib topishi va qo‘llanish jarayonida ko‘pincha bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari hosil qilingan malakalar ko‘chish deb ataluvchi mexanizm bo‘yicha yangi malakaning tarkib topishini yoki namoyon bo‘lishini osonlashtirish yoki qiyinlantirish mumkin. Ko‘chish ko‘p hollarda yangi ko‘nikma va malakaning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan: kichik koptokni irgitish granata irgitishni, velosipedda yurish malakasi, mototsiklda yurishni o‘rgatishga yordam beradi va h.k. Malakalarning bunday o‘zaro aloqasi ijobiy samara beradi yoki "ijobiy ko‘chish» deyiladi.
Shu bilan birga malakalarning o‘zaro aloqasi salbiy ham bo‘ladi. Masalan: Balandlikka sakrash malakasi tusiqlardan yugirishni o‘rganishga halaqit berishi mumkin, yonboshlagan usulida suzish malakasi ma’lum sharoitlarda brass harakat qilishini izdan chiqaradi. Ko‘chirishning bunday turi o‘rgatish jarayonida salbiy ta’sir etadi va ijobiy samara bermaydi yoki "salbiy ko‘chish» deyiladi.
Ko‘chish xarakteri - uning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi, o‘rgatishning to‘la yoki qisman bo‘lishi, ilgari harakat hosil qilingan ta’siri yangi tartibga qaysi darajada yaroqli bo‘la olishiga bog‘liqdir.
Malakalarning o‘zaro ijobiy aloqasi - O‘rganilayotgan harakat faoliyati bilan ilgari o‘zlashtirilgan biror faoliyatining tuzilishlari o‘rtasida o‘xshashlik qancha ko‘p bo‘lsa, yangi harakat faoliyatini o‘rganish shuncha yengil bo‘ladi. Bunga asos - harakatlarni o‘rganish ketma-ketligini shunday rejalashtirish zarurki, bunda bir harakatni o‘zlashtirish ko‘nikma va malakaning boshqa harakatni o‘rganishga "ijobiy ko‘chish"ga imkoniyat yaratsin. Bu jihatdan qaraganda, faoliyatlari har xil bo‘lgan mashq turlarida, ayniqsa katta imkonityalar mavjuddir. Harakat faoliyatining bunday turlarida harakatlarning tuzilishining o‘xshashligiga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin. So‘ngra harakatlarni guruhlarga, ularning murakkabligiga qarab joylashtirilsa, bu guruhlarning navbatdagi harakatlariga tayyorlanishi guruhi bo‘lib qoladi. Ko‘chish odatda, harakat faoliyatlarini asosiy fazalari o‘xshash bo‘lganda ijobiy samara beradi. Masalan: chang‘i sportiga o‘rganishni birin-ketin ikki qadamlab oldinga yurish usuli bilan boshlash tavsiya etiladi, chunki bu usul boshqa barcha yurish elementlarini tashkil etadi. Turli harakatli mashqlar uchun ko‘p bo‘lmagan sport turlarida "ijobiy ko‘chish» holatida maxsus tayyorgarlik, ya’ni imitatsiyali mashqlar yordamida foydalaniladi.
Masalan: konkida yugurish imitatsiyasi va roliklarda yugirish konkida uchish sportida keng va muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Harakat faoliyatining asosiy vazifasigina emas, xatto tayyorlanish va yakunlovchi fazalarini egallashda ham malakalar ko‘chishi ijobiy samara berishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, "ijobiy ko‘chish» o‘rganishning dastlabki bosqichlarida ayniqsa keng namoyon bo‘ladi. Maslan: granata uloqtirish masalasi nayza uloqtirishda dastlab yordam beradi.
Malakaning o‘zaro salbiy ta’siri - Tuzilish dastlabki fazalariga o‘xshash va keyingilari o‘rtasida katta farqlar bo‘lgan harakat faoliyatini o‘zlashtirish jarayonida malakalarning o‘zaro salbiy ta’siri ko‘pincha sezilib turadi. Agar navbat bilan bunday harakat faoliyatlarini tarkib toptirib ko‘rilsa, u vaqtda bir harakatdan ikkinchi harakatga, ya’ni yangi o‘rganilgandan va dastlabki faza bo‘yicha o‘xshash bo‘lganharakatga beixtiyor o‘tish mumkin. Asab tizimi o‘z faoliyatini har doim ancha tejam bilan amalga oshirishga intiladi. Chunki I.P.Pavlov va uning shogirdlari ko‘rsatib o‘tishganidek, asab tizimi uchun odat tusiga kirgan steriotiplik faoliyat, hatto bu faoliyat birmuncha soddaroq bo‘lsa ham yangi faoliyatga qaraganda yengilroqdir.
O‘rgatish jarayonida o‘quv materialini raqobatlashuvchi malakalarning bir vaqtda tarkib topishiga yo‘l qo‘ymaslikni yoki ko‘chishning salbiy ta’siri ancha kam bo‘lishini ta’minlaydigan qilib rejalashtirish muhimdir. Masalan: oldin turnik yoki brusda bir oyoqda osilib ko‘tarilish emas, balki to‘nkarilib ko‘tarilish maqsadga muvofiqdir.
Tug‘ma avtomatizmlarning ta’siri - Murakkab harakat faoliyatlarini egallashda tug‘ma avtomatizmlar ancha muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi hollarda ular yordam bersa, ba’zi vaqtda halaqit beradi. Masalan: koordinatsion qadamlari tug‘ma chalishtirib yurish, yugirish va boshqa bir qator harakatlarning tabiiy asosini tashkil etadi.
O‘rgatish ketma-ketligi o‘rgatilayotib, shu kabi tug‘ma koordinatsion harakatlar tomonidan yaratiladigan ijobiy imkoniyatlardan foydalanishga intilish kerakligi o‘z-o‘zidan ma’lumdir.
Masalan: suvda suzishga o‘rgatishni brass, krol usulidan; chang‘ida yurishni birdan ikki oyoqni quzg‘atishdan emas, birin-ketin qadam tashlab yurishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda, ko‘p hollarda innervatsiya va bo‘yinni mustahkamlash reflekslari bilan bog‘liq bo‘lgan tug‘ma avtomatizmlarni yengish talab qilinadi.
Harakat malakalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash - Jismoniy tarbiya jarayonida bola pedagog rahbarligida dasturda ko‘zda tutilgan harakat malakasini va ko‘nikmasini egallaydi. Turli harakatlarga o‘rgatish jarayonida malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilar jismoniy mashqlarning yangi shakllarini egallash qobiliyatlari oshib boradi. Jismoniy madaniyat nazariyasida harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakasining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirishda, ikkinchisi ayrim, murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi.
Harakat malakasi - bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda ko‘chadi va harakatlar o‘zining juda ishonchligi bilan ajralib turadi.
Harakat malakalarining bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy, ruhiy kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi. Ular ongli ravishda mashqlar bajarish natijasida uning bajarish usuli va qoidalarini takomillashtirib boradilar va shu malakaga binoan mashqlarni ma’lum bir vaqt oralig‘ida texnik jihatdan to‘g‘ri bajara olish qobiliyatini saqlab qoladilar. Harakatlarning uyushgan holda, aniq va tez bajarish bolalarning ruhiyatini oshiradi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy sifatlar bola organizmining morfofunksional, psixofiziologik va biologik xususiyatlari bilan bogliqdir.
Jismoniy sifatlarni, harakat ko‘nikmalarini o‘rgatish bilan birgalikda tarbiyalash bolanining takomillashuviga, tanasining sog‘lomlashuviga, hissiy ruhining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolalar harakatlarni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq, oson bajarilishiga, yuqori natijalarga erishishga intiladilar, ijobiy mustaqillik ko‘rsatadilar.
Asosiy jismoniy sifatlarning /tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va egiluvchanlik/ rivojlanishi harakat malakalarining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar qat’iy izchillikda va harakat ta’siri murakkablashtirilgan holda jismoniy tarbiya darslari tarkibiga, o‘yin soatlariga, sport mashqlariga hamda o‘quvchilarning maktabdan va sinfdan tashqari sport tadbirlari tarkibiga kiritiladi. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor ayniqsa maktab kun tartibida olib boriladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari davomida amalga oshirilishi kerak. Katta tanaffuslarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar, dars boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, sayrlar, sinfdan tashqari olib boriladigan ommaviy tadbirlarning barchasi jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga imkon yaratadi. Har bir jismoniy sifat uchun alohida o‘ziga xos mashqlar majmuasi tanlanadi va maxsus usulda bajartiriladi.
Nazorat savollari
1. Harakat malakalarini ta’riflang.
2. Harakat ko‘nikmalarini ta’riflang.
3. Harakat malakalari va ko‘nikmalari o‘rtasidagi aloqani ta’riflang.
4. Harakatlarni tavsiflab bering.
5. Malakalarni salbiy ko‘chishini ta’riflang.
6. Malakalarni ijobiy ko‘chishini ta’riflang.
7. Tug‘ma avtomatizmlarni ta’riflang.
8. Oliy harakat tartibini ta’riflang.
9. Harakat malakalarini shakllantirish etaplarini ta’riflang.
10. Harakat faoliyatining variativligini ta’riflang.
11. Harakat malakalari va ko‘nikmalari ta’limning natijasi sifatidani ta’riflang.
12. Malakalarning shakllanish qonuniyatlarini ta’riflang.
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir qismii, uning yo`qsalishi jamiyat rivojlanishining sotsial, iktisodiy usishi darajasi ga o`zviy bog`liq bo`ladi.
Jismoniy madaniyat - muayyan tarixiy sharoitlar maxsuli. Har bir ijtimoiy-iktisodiy formatsiya jamiyat a`zolari jismining madaniyati xarakterli bo`lib bu jismoniy madaniyat jamiyat tarakkiyotining muayyan davridagi butun bir xalk boyligi, mulki bo`lib shaxsning har taraflama barkamolligining mushtarak va majburiy sharti bo`lib kolaveradi.
Jismoniy madaniyat naariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat (jismoniy madaniyat) keng, jamlovchi tushuncha bo`lib, jismoniy madaniyat «jismoniy madaniyat» tushunchasining tarkibiy qismii sifatida uch xil yunalishga ega bo`lgan pedagogik jarayonni o`z ichiga oladi (B.A. Ashmarin, 1979).
Maktab jismoniy madaniyatsi - bolalarni jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va fodalanayotgan moddiy, ma`naviy boyliklari majmuidir.
Moddiy boyliklar- xilma-xil sport inshoatlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablaglar, jamiyat a`zolarining jismoniy kamoloti darajasi(sport yutuklari) demakdir. Ma`naviy boylik- esa madaniyat tizimi yaratgan, shakllantirgan goyaviy, ilmiy, tashqiliy, amaliy va maxsus ilmiy yutuklar xisoblanadi. Jismoniy madaniyat orqali har qanday inson o`ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini o`zlashtiradi, shu soxa yutugi uning shaxsi mulkiga (boyligiga) aylanadi.
Jismoniy madaniyatning rivojlanishida ma`lum xizmatlarni bajargan inson harakat faoliyatini ratsional me`yori (normalari) ni belgilash;
- jismoniy madaniyatga oid madaniy axborotni to’plash (axboriylik) xizmati va uni avloddan avlodga o`zatish va tarqatishga vositachilik qiladi;
- shaxslararo muloqot, o`zaro aloqa (komunikativlik) munosabatlarni shakllantiridi;
- shaxsning harakat estetikasi talabini qondirish bilan bog`liq (estetikaga oid) xizmati;
- insonning doimiy harakat qilishga bo`lgan tabiiy talabini qondirish bilan bog`liq bo`lgan va uning kundalik turmush uchun lozim darajadagi jisman -yaroqlilik holatini ta`minlash (biologik) xizmati.
Boshqa xizmatlari jismoniy madaniyatni bazasi - sport, amaliy sog`lomlashtirish jismoniy madaniyatsi deb atalmish jismoniy madaniyat klassifika siyasining asosida yetadi. Jamiyat a`zosining jismoniy bilimi, jisman rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi evaziga aktiv hayotiy faoliyat uchun zarur bo`lgan jismoniy kamolotga erishishni zaminini yoki jismoniy madaniyatning poydevorini yaratadi. Shug`ullanuvchilarning yoshiga qarab jismoniy rivojlanganlik, tayyorgarlik o`zgaruvchan va o`ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Jismoniy madaniyatning boshlangich zamini shartli ravishda "maktabgacha va maktab jismoniy madaniyatsi" orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi bolalar mussasalarida umumta`lim maktablari va boshqa o`quv madaniyat muassasalarida jismoniy madaniyat o`quv predmeti sifati da majburiy mashg`ulot ekanligining tushunamiz. Bu o`z navbatida umumiy jismoniy ma`lumot uchun asos yaratadi, jismoniy qobiliyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustaxkam soglikning bazasaning vujudga kelishiga sababchi bo`ladi. Bu bilan har tomonlama bir shaxsga zarur bo`lgan jismoniy saloxiyat darajasining asosini yaratishga kafolat vujudga keladi.
Sport jismoniy madaniyatining tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli darajada jismoniy va unga bog`liq bo`lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va o’sishini ta`minlaydi. Jamiyat jismoniy madaniyatsining tarkibiy qismii xisoblanga sport, boshlangich ma`noda "kuch sinashaman" , "musobaqalashaman" degan ma`noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha unga dam olish, ko’ngil ochish, so`ng, jismonan yuqori ko`rsatgichga erishish vositasi, musobaqalarda galaba koeonish tarzidagi faoliyat deb qaraldi. Sportning rivojlanishi asosan uch ko`rinishda - o`quv predmeti sifatida, ommaviy ko’ngilli sport, "katta"sport" tarzida ro’y bermoqda.
O`quv predmeti sifatida sport o`rta va oliy maktabda, armiyada jismoniy madaniyatning vositasi bo`lib xizmat qilmoqda. Ommaviy ko’ngilli sport darsdan tashqari va ish vaqtidan so`ng davlat va jamoat tashqilotlari orqali va har bir shaxs ning initsiativi bilan amalga oshirilmoqda. «Sportchi» so`zi talaffuz etilganda, ko`z o’ngimizga nafaqat kuchli, chidamli va chaqqon hamda kaddi komati kelishgan yigit yoki qiz obrazi gavdalanibgina qolmay, irodali, to`g`ri, xaqqso`zli, hayotga doim yaxshi umid bilan qaraydigan, optimistik kayfiyatdagi, har qanday qiyin chiliklarni oson yenguvchi, kamtarin va o`z yutuqlariga xotirjam insonni tushunamiz.Shunday ekan, sport jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan faoliyat bo`lib, madaniyatliy, va kommunikativlik funksiyasini bajaradi, lekin doimiy kasb emas. Sport ishlab chiqarishsiz faoliyat, ya`ni u moddiy ne`mat (boylik) yaratish bilan bog’lanmagan va o`quv madaniyat jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundirilgan.
Bolalar sportida yuqorida qayd qilingan ikkala belgi shunday ifodalanganki, o`quvchilarning sport foaliyati darsdan tash karida xisoblanib, o`quv fani sifatida umumta`lim maktablari o`quv rejalari va dasturlariga qismian kiritilgan va sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari muossasalaridagi mashg`ulotlar shaklida alohida ahamiyat, e`tibor bilan ko’ngilli tarzda yo’lga qo`yiladi. Sportning harakterli alomatlarining barchasi bir butun bo`lib, bolalar sportida o`z aksini topgan. Uni bolaning darsdan tashqari faoliyatining turli ko`rinishi deb belgilash ham, maxsus tayyorgarlik, musobaqalarda katnashish yoki o`zidagi mavjud imkoniyatlarini xisobga olgan xolda, oldindan belgilangan optimal harakat qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo`lgan jarayon deb qarash mumkin. Bolalar sporti ularning yoshi bilan chegaralangan, maxsus tayyorgarlikka kirishishga ruxsat beril gan muddatdan to umumta`lim maktabini bitirgungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Yoshlar sporti. Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun joylashgan. Uning chegarasi yosh gruppasi bilan belgilanadi: yoshlar, o`smirlar sporti. Yoshlar sporti gruppalari asosan katta maktab yoshidagi o`quvchilar, studentlardan tashqil topadi. Bu ibora shartli xisoblanib, sportda qizlarning ham ishtiroki nazarda tutiladi.
Maktab sporti shug`ullanuvchilarning yoshi va boshqa belgilariga qarab bolalar sportiga o\xshash. Farqi shundaki, bolalar sporti maktablar va maktabdan tashqari muasasalar orqali, maktab sporti esa faqat maktab o`quvchilari bilan maktabda yo’lga qo`yiladi. Sport jamiyatimz jismoniy madaniyati uchun ko`rsatayotgan tashqari jismoniy madaniyat qilish xizmatini ham o`zida mujassamlash tirgan. Sportda jismoniy madaniyatning xususiy tomoni shundan iboratki, jismoniy kamolotga erishishning pedagogik tizimi mutaxassislashtiri ladi va sportchining tayyorgarligi deb nomlanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sport jismoniy madaniyat tarkibiga kiradi va mavjud jamiyat madaniyatining umumiy mulki, sport tayyorgarligi esa jismoniy madaniyatning mutaxassislashtirilgan bo`lagi sifatida madaniyat tizimining manfaatiga xizmat qiladi.
Ommaviy sport ham jismoniy madaniyat tarkibiga kiradi. Katta sport esa inson jismi madaniyatitning eng yuqori darajasidir. Amaliy jismoniy madaniyat- kasbga taalluqli amalda qo`llaniladigan va harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo`linadi. Ular bevosita xunar (kasb) faoliyati soxasida hamda ma`lum kasbdan kelib chiqadigan talablar va mehnat sharochtiga bog`liq maxsus tayyorgarlik tizimini kiritilishi bilan belgilanadi.
Jismoniy madaniyatning amaliy turlari, ularning organik bog`liqligi, kasbga oid amaliy tayyorgarlik va harbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik ning umumiy jismoniy tayyorgarlik bazasi asosida yo’lga qo`yilishi, shakl lanishi, vujudga kelishi bilan Jismoniy madaniyat gigiyenasi ish kuni ramkasiga, kundalik tur mush va dam olish rejimiga qaratilgan bo`lib, organizmning kunlik xola tini yaxshilashga xizmat qiladi, o`z navbatida asosiy hayotiy faoliyat funksiyasi "muhiti" (fani) ni shakllanishga imkoniyat yaratadi.
Jamiyat madaniyatining tarkibiy qismii xisoblangan jismoniy madaniyat madaniyatning boshqa turlari, bo`laklari bilan tutashgan, umumiylashgan o`zaro bog`liqlikka ega. Jismoniy - madaniy va ommaviy - rejalashtirilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning madaniyatviy ahamiyati bepoyondir. Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta ahamiyatga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi yo’ldan ketayotganligi, yo’nalishini, jismoniy madaniyat amaliyoti, vazifalarini xal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim(ma`lumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari xal qilinsa, hayoti davomida o`quvchi jismoniy madaniyat uchun baza yaratiladi.
Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo`lsada, jismoniy madaniyat bazasining o`rnini almashtira olmaydi. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan baxolanadi:
- jamiyat a`zolari kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilishi:
- jamiyat a`zolarining sogligi va jismoniy tayyorgarligi:
- jismoniy madaniy mashg`ulotlarning moddiy-texnik ta`minlanishining mavjudligi va sifati:
- jismoniy madaniyat harakatiga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi:
- jamiyat a`zolarining sport yutuqlari.
Jismoniy madaniyat aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko`zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy madaniyat tizimi deganda, jismoniy madaniyatning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a`zosini har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bo’lsin
Vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yo’lga qo`yilgan jismoniy madaniyat jarayoniga qator talablar qo’yadiki, bu talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy madaniyat tizimiiing ob`ektiv xususiyatlari namoyon bo`ladi. Mamlakatimiz xalklarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining ko`rsatkichi bo`lib xizmat qilish lozim.