Mavzu: Umurtqa va bo'g'imlar kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya



Yüklə 40,25 Kb.
səhifə3/3
tarix26.01.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#80969
1   2   3
Umurtqa va bo\'g\'imlar kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya

Xulosa o‘rnida
Bo‘g‘im kasalliklarini oldini olishda tomoq og‘rig‘i, angina, shamollash kabi kasalliklarni oldini olib, bolalarni chiniqtirish talab etiladi. Osteoartrozni oldini olish uchun sog‘lom hayot tarziga ko‘proq e'tibor qilishimiz lozim bo‘ladi. Bu kasallik ko‘p harakatlilikda ham, kam harakatlilikda ham uchrashi mumkin. Harakatda ham harakat bo‘ladi. Masalan ko‘pchilikka jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni tavsiya qilganimizda aytishadiki: «men ertalabdan kechgacha ishda harakatda bo‘laman». Afsuski bunday holatda inson tanasi bir tomonlama harakatda bo‘ladi. Badantarbiya mashqlarida barcha bo‘g‘inlar harakatda bo‘ladi. Shuning uchun doimiy ravishda jismoniy mashqlarni bajarib turish bo‘g‘im kasalliklarini oldini oladi.
Ma`lumki a`zolarning ishlab turishini ta’minlovchi jarayon to`qimalarning oziqlanishi uchun zarur bo`lgan ovqat moddalari (oksil, yog`, uglevod va vitaminlar)ning parchalanishi tufayli idora qilinadi. Lekin ayrim sabablarga ko`ra, oziq moddalarining parchalanishi izdan chiqqanda turli kasalliklar paydo bo`ladi. Masalan, qonda vitamin S etishmaganda tsinga, urat moddalari ko`payib ketganda po­dagra va nixoyat, vazopressin garmoni etishmovchiligida qandsiz diabed, insulin garmoni etishmaganda esa qandli diabed vujudga kelishi mumkin.

Semizlik – irsiy sabablar bilan bog`liq bo`lib. ko`p ovqat eyish va kam xarakat qilish natijsida yuzaga keladi. Bunda bemorlar ish qobiliyatining pasayganidan, salga charchab qolish, ko`p terlashi, ishtaxasi zo`rligidan shikoyat qiladilar. Agar odam juda ham semirib ketsa, yurak atrofini yog` bosib, xansirab qoladi. Qorin qismida yog` to`planganda el yig`iladi, ich qotadi, qorin devorida yog` to`planganda, o`t pufagida toshlar paydo bo`lishi mumkin. Semizlikning 4 darajasi: 1-darajasi – tana og`irligi normaga nisbatan 30 foizgacha oshadi; 2-daraja – 30 – 50 foizgacha;. 3– daraja 50 – 100 foiz va 4 – daraja 100 va undan yuqori bo`ladi.

Davolash jismoniy tarbiyasiga dieta-terapiyani qo`shib olib borilishi semirishda o`zini katta natijasini beradi. Bunda ko`proq moddalarni parchalaydigan xarakatlarga ko`proq e`tibor berish kerak. Masalan, tsiklin mashg`ulotlarga ko`proq zo`r berilishi kerak. Gimnastik mashqlarga ham e`tiborni tortish zarur, chunki bu mashqlar qorin, son, ko`krak va boshqa tana qismlariga ta`sir ko`rsatadi. Xarakat aktivligi tartibiga quyidagi davolash jismoniy tarbiyasi mashg`ulotlar qo`shiladi. ertalabki gigenik gimnastika (davomiyligi 15-30 minut) unga gimnastika mashqlar va yurish qo`shib olib boriladi ( 2 va 3 davrlardan boshlab) bunda katta muskullarga sekin tezlikda (xar bir mashq 10-30 marta ) anjomlar bilan gimnastik snaryadlarda (gimnastik skameyka va boshqalar) xarakatli o`yinlar, (yurak urishi birinchi davrida 120 – 130 taG`min va 2 davrda 140 – 150 taG`min ), sayrlar (yayov, velosipedda) va qo`l keladigan sport o`yinlari qo`llaniladi. Kasallarning ko`zga ko`ringan organlar sistemasi chuqurlashganda ularni xisobga olgan xolda davolash jismoniy tarbiyasi tuziladi.

Agar odam organizmida vitamin S etishmasa tsinga kasalligi paydo bo`ladi. Bunda barcha to`qimalarda moddalar almashinuvi izdan chiqadi. Bu xol hamma a`zolarda koon almashinishing buzilishiga olib keladi. Og`iz bo`shligida mayda yaralar xosil bo`ladi, ulardan qon oqib turadi. Bemorning madori qurib, mushaklarida og`riq paydo bo`ladi, xatto terisiga toshmalar toshadi, mayda qon quyilishi, ko`kimtir (ayniqsa oyoqning boldir va tizzadan past qismlarida orolchalar xosil bo`ladi.

Podagra kasalligi ham moddalar almashunivi buzilishi kasalligida kirib. u asosan qonda urat kasalligini ko`payib ketishidan kelib chiqadi, bunda bemor oyoq tovonlari og`rishidan bo`g`imlaridan shishib ketishi oyoq barmoqlarini qimirlatganda oyoq tagida og`riq paydo bo`lishidan shikoyat qiladi bo`g`imlarda urat kislotaning yig`ilishi natijasida bo`g`imlar o`zgarishi, quloqda ham tugunlar paydo bo`lishi mumkin. Kasallik bir muncha yil cho`zilib ketganda (5-10 yil) tez-tez siyish, buyrakda tosh yig`ilishi natijasida belda og`riq, og`iz qurishi, ozish, quvvatsizlik kabi belgilar paydo bo`ladi. Bu kasallikda davolash mashqlarini qo`llash organizmda o`rta (siydik kislotani) chiqarib yuborilishini tezlashtiradi.

Qand kasalligi- endokrin bez kasalliklaridan biri bo`lib, bunda me`da osti bezidan langergans orolchalaridagi beta xujayralarida insulin kam ishlab chiqariladi yoki umuman ishlamaydi. Bemor ko`p chanqaydi, ko`p suv ichadi, tez-tez siyadi (10-15 litrgacha ). SHuningdek tez qorin ochishlik, kam quvvatlik, ko`rishni pasayib ketishi kabi belgilar paydo bo`ladi. qand kasalliklarida davolash mashqlarini qo`llash to`qimalarni kuchini oshirish, organizmda qondan glyukozani yo`qotish va muskullarda to`planishidan iborat. Davolash jismoniy tarbiyasini qo`llash qonda qand miqdorini normallashtiradi va organizmni chidamliligini oshiradi. Qand kasalini engil ko`rinishda davolash jismoniy tarbiyasi hamma muskullarga mashq berish orqali amalga oshiriladi. Xarakat katta amplitudada, sekin va o`rtacha tezlikda, kichik muskul guruxlarida tez. Sekin-asta mashqlar murakkablashtirilib (boshqaruv mashqlari) boriladi va anjomlar bilan olib boriladi (narvon va skameykalarda ). Mashg`ulotni davom etishi 30-40 minut. Tig`izligi yuqori darajada. Bundan tashqari miqdorlashtirilgan yurish (asta-sekinlik bilan 5 km dan 10-12 km gacha oshib boruvchi ) sport mashqlari (kon’kida uchish, suzish, eshkak eshish, yugurish) o`yinlar ( voleybol, badminton, tennis )ni juda qattiq vrach-pedagogik nazorat asosida olib boriladi.

Qand kasalining o`rtacha og`irlikdagi holatida davolash jismoniy tarbiyasi dorilarni turg`unlashtirishga yordam beradi. Bundan hamma muskul sistemalariga o`rtacha va kichik tezlikdagi mashqlar beriladi. Mashg`ulot davomiyligi 25-30 minut tig`izligi yuqori emas. Bundan davolash jismoniy tarbiyasidan tarbiyasidan tashqari miqdoriy yurish ham qo`llaniladi (2-7 km).

Og`ir holat va yurak qon-tomir kasalliklarida qo`llaniladigandek amalga oshiriladi. Bunda umumiy organizmga og`irlik katta emas va o`rtacha bo`ladi. Bunda kichik va o`rta muskul guruxlariga mashqlar asta-sekinlik va extiyotlik bilan olib boriladi. Bunda organizmni og`irlikka nisbatan moslashishi xisobga olinadi. Og`irlashtirishda shu narsani xisobga olish kerakki, asta-sekin qo`llanilgan jismoniy mashq qandni miqdorini kamaytiradi, chunki bunda nafaqat muskuldagi glikogen, xatto qondagi qand ham. Davolash jismoniy tarbiyasini kamida bir soat insulin yuborganda va engil ovqatlanganda so`ng amalga oshirish lozim. Aks xolda gipoglikemiya vujudga keladi.

Qandsiz diabet endokrin bezi kasalliklaridan biri bo`lib, bunda xastalik gipofiz orqa bo`lmachasidagi antidiuretik garmon, ya`ni vozobressin etishmovchiligidan paydo bo`ladi. Bemorlar ko`p siyishga (10-40 l), qattiq chanqoqlikga, uyqusizlikga (juda ko`p chanqab, ko`p siyish natijasida) kechqurunlari bezovta bo`lishi natijasida jizzakilikka moyil bo`ladilar. Bundan tashqari bemorni quvvatsizlik, sovuq qotish, ich qotish, teri qurishi ham bezovda qiladi.

Xalqaro Sog`liqni Saqlash Tashqilotini bergan maa’lumotiga ko`ra er sharining xar beshdan bir yashovchisi bo`g`im funktsiyasini buzilishga duchor bo`lib ularda og`riq borligidan shikoyat qiladi. Bo`g`im kasalliklarda turli –tuman bo`lib asosan 2 xili mavjud: bular artrit va artrozlar. Artrit deb bo`g`imlarni shamollashiga aytiladi. Artroz deb bo`g`im to`qimalariga degenirativ o`zgarishlar ketishi tushiniladi. Bu birinchi navbatda tog`ayda sodir bo`ladi. Bu xar ikki holatda ham bo`g`imlarni xarakati yomonlashadi va kuchli og`riq sodir bo`ladi. Bordiyu bitta bo`g`im shamollasa manoartrit bir-qancha bo`g`im shamollasa poliartit deb ataladi Artritlarni bir nechta guruxlarga bo`linadi: revmatik, yuqumli distrofik va boshqalar. Bunga bog`liq bo`lmagan xolda buning klinik ko`rishi, bo`g`imlarni shishishi og`riq asosan yurgan paytda maxalliy xaroratda oshishi bo`g`im atrofi to`qimalarini shishishi va shikastlangan bo`g`imning xarakati yomonlashuvidan iborat. Kasallikning o`tkir davrida bo`g`imni qizarishi terining maxalliy xaroratini oshishi bo`g`imda va uning atrofida suv to`planib shish xosil bo`ladi Xarakat tufayli og`riq vujudga kelishi sababli kuchli og`riq paydo bo`lishi tufayli bo`g`im xarakati keskin yomonlashadi Kasallikning surunkali turida xarakatsizlik oshib boradi bo`g`imlar qo`pollashadi va suyakni dag`al o`sishi vujudga keladi va muskul kichiklashishi vujudga keladi. Bo`g`im kasalliklaida davolash jismoniy tarbiyasini qo`llashning maqsadi bemorning umumiy axvolini yaxshilash tayanch-xarakat organlari boshqa sistemalari ishini yaxshilashdan iborat. YArim o`tkir va surunkali davrlarida zararlangan bo`g`imlarni og`ritmasdan oxista xarakatchanligini buzilishini yo`qotish, yurak tomir, nafas va organizmning boshqa sistemalari ishini yaxshilashdan iborat. YArim o`tkazkichlardan foydalaniladi. Oyoq bo`g`inlari zararlanganda bemorni keyinchalik yurishga tayyorlash maqsadida orqa muskullari boshli muskullar elka soxasi muskullarini mashq qiladi. Keyinchalik yurish mashq qilinadi. To`g`ri qadam tashlashga o`rgatiladi. Revmatik artritlarda davolash jismoniy tarbiyasi o`tkir xodisalari yo`qolgandan 6 oy keyin buyuriladi va yurak klapanlari zararlanishi paydo bo`lishi mumkinligi sababli bunga moneylik qiluvchi xodisalarning bor –yo`qligiga qarab ish tutiladi. Sekin sur`atda bajariladigan mashqlardan boshlanadi va ularni muskullarga kuch bermasdan bajariladi.


Nerv sistemasining qaysi qismi jarohatlangan va kasallangan bo`lishiga qarab ularni nomlanadi. Jumladan nerv ildizlarini shamollashi radikulit deyiladi. Nerv chigalini shamollashishi – pleksit nervni shamollashi esa nervit deyiladi Bular hammasi pereferik nerv sistemasi kasalliklariga kiradi.

Bundan tashqari nerv sistemasi kasallik va jarohatlari xarakat sezish muvozanat va ovqatlanishni buzilishi holatlarida o`zini namoyon etadi. Muskul xarakatida paralich parezlari holatida buzilishlar uchraydi. Paralichda muskul qisqarishi butunlay yo`qoladi. Parezda esa xarakat faoliyati qisman yo`qaladi Paralich va parez bitta qism xarakat organida uchrasa monoparez tanani yarmida uchrasa gemeparez va 4 ta xarakat organida uchrasa tetraparez deyiladi Paralich va parez 2 turda uchraydi. Spastik parez ( falajda muskul tonusi oshib ketadi, parezda esa muskul tonusi pasayib ketadi).

Bosh miya kasalliklari.

Bosh miyaning yallig`lanishisiz xarakteridagi kasalliklariga qon qo`yilishi ( insul’t ) miya tomirlari trombozi va emboliyasi kiradi. Bunday xollarda bemorda miyaning shikastlanishi sodir bo`lgan tomoniga qarama-qarshi tomondagi qo`l oyoqlarida parez va falajlar xosil bo`ladi. Qulda bukish konstrakturasi rivojlanadi qo`l tirsak va bilak bo`g`imlarida yarim bukilgan kaft pastga qaratilgan barmoqlar yumilgan holatda tanaga keltirilgan bo`ladi oyoqlarda sezish qontrakturasi rivojlanadi oyoq ichki tomonga bukilgan chinoq-son va tizza bo`g`imlari yozilgan panja ichkarisiga bukilgan barmoqlar bukilgan holatda bo`lib yurganda oyoq tizzada bukilmaydi.

Davolash jismoniy tarbiyasini kasallikning o`tkir davridan so`ng boshlanadi. Falaj bo`lgan oyoq -qo`llarni to`g`ri holatga keltirish ya`ni vaziyat bilan davolash lozim ( oyoq panjasini to`g`ri burchak qilib buqiladi, qo`lning kafti yuqoriga qaratiladi – supinatsiya holati, barmoqlar ajratilgan xolda bo`ladi). Davolash jismoniy tarbiyasi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi. Organizm barcha sistemalarini ishini yaxshilash to`g`ri nafas olishga o`rgatish muskullarning oshgan tonusini pasaytirish va zarar etmagan muskul gruppalarini mustaxkamlash qat`iy zarur malakalarga o`rganish va yo`qotilgan funktsiyalarning o`rnini bosuvchi funktsiyalarni rivojlantirish. Mashqlarni ko`p marta takrorlash natijasida yangi refleks aloqalar xosil bo`ladi bular yo`qotilgan funktsiyalarning qayta tiklashga yordam beradi.

Davolashga avvalida passiv xarakatlar va massaj qo`llaniladi, boshlanishida proksimal qismlarni engil mashq qilinadi borgan sari distal qismlarga o`tiladi. Avvalida mashqlar ko`p takrorlanmaydi, ular borgan sari ko`paytiriladi. YAxshisi qisqa mashqlarni kuniga bir necha marta takrorlash kerak.

Mashqlarni sog` oyoq qo`llarga mo`ljallangan mashqlardan boshlanadi, umummustaxkamlovchi mashqlar maxsus mashqlar bilan almashtirib turiladi.

Pereferik nervlar jarohatlari va kasalliklarida davolash jismoniy tarbiyasini qo`llash zararlangan nervni qayta xosil bo`lishi yordam beradi. Falajlangan muskullarni atrofiya bo`lishiga yo`l qo`ymaydi, bo`g`imlar qotib qolishining oldini oladi va xokazo.

Mashqlar kompleksi umummustaxkamlash mashqlari va zararlangan nerv yo`li bo`ylab yotgan muskullar uchun mo`ljallangan mashqlardan iborat.

Aktiv xarakatlar paydo bo`lganda nagruzka asta – sekin oshirib boriladi. Ko`p gruppa muskullarga mo`ljallangan mashqlar tanlanadi va eng oxirida aloxida muskullarni trenerovka qilishga o`tiladi. Xarakatlar xajmini tiklashda amaliy mashqlar qo`shiladi. YUrish o`z o`ziga xizmat qilish va boshqalar.

Agar shikastlanish xirurgik yo`l bilan davolanadigan bo`lsa, davolash jismoniy tarbiyasini operatsiyadan avvalgi davrda qo`llaniladi, bo`g`im xarakatlarini tiklashga, muskullarni mustaxkamlashga. bemorni kuchini tiklashga xarakat qilinadi.

Bel dumg`aza radikuliti. Davolash jismoniy tarbiyasi bu kasallikda shikastlanish soxasidagi to`qimalarda qon aylanishning yaxshilanishiga yordam beradi, muskullarnigi atrofiyalanishiga va nerv pardalarida chandiq xosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Og`riqlarni to`xtatgandan so`ng mashqlar kompleksiga qo`l oyoq va tanaga mo`ljallangan oddiy gimnastik mashqlar qo`shiladi. Ular yordamida og`riq bilan cheklangan xolda ajariladigan xarakatlar qayta tiklanadi. Mashqlar sekin tempda yotish, keyin o`tirish va tik turishning dastlabki xollarida bajariladi, ular bajarilaganda og`irlikni kuchaytirmaslik kerak.



Poliomilet. Kasallikning boshida qat`iyan o`rnidan turmay yotish rejimi buyuriladi. Vaziyat bilan davolashda aloxida e`tibor beriladi.

Tiklanish davridan davolash gimnastikasi passiv xarakatlardan boshlanadi. Ularni massaj bilan galma galdan almashtiradilar. Engillashtirilgan holatlardan, iliq suvda bajariladigan mashqlar, falaj bo`lgan muskullarni ixtiyoriy ravishda qisqarishga undovchi impul’slar yuboruvchi mashqlardan aktiv foydalaniladi. Mashqlar yotgan, o`tirgan va tik turgan dastlabki holatlarda bajariladi. Albatta qaddi qomatini to`g`ri tutish, yurganda oyoqni to`g`ri qo`yish, tarbiyalovchi mashqlar va boshqalar qo`shiladi. Davolash gimnistikasini galma – galdan isitish muolajalari bilan va massaj bilan almashtiriladi.
Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin