Mavzu: Umurtqa va bo'g'imlar kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya



Yüklə 40,25 Kb.
səhifə1/3
tarix26.01.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#80969
  1   2   3
Umurtqa va bo\'g\'imlar kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya


MAVZU:
Umurtqa va bo'g'imlar kasalliklarida davolovchi jismoniy tarbiya
REJA:

  1. Daavolovchi jismoniy tarbiyasiga dieta va terapiya

  2. Davolashda passiv harakatlar va massaj qo`llanilihi

  3. Mashqlar kompleksi umummustaxkamlash mashqlari

Sog‘lom hayot loyihasi orqali bugungi kunda ko‘p uchrayotgan va oldini olish dolzarb bo‘lgan kasalliklar haqida ma'lumot berishda davom etadi.


Kuzda ba'zi kasalliklar qo‘zg‘alishidan xabardormiz. Havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadigan yuqumli kasalliklardan tashqari, bo‘g‘im xastaliklari ham ayni shu davrda bosh ko‘taradi. Ular sirasiga bod, ya'ni, revmatizm, artrit, osteoartroz, bo‘g‘imlarning yemirilishiga olib keladigan yuqumli va tug‘ma kasalliklar kiradi. Bo‘g‘im kasalliklari 150 dan ortiq kasallikni o‘ziga qamrab olar ekan. Bugun sizga bo‘g‘im kasalliklarini aniqlash, davolash tashxislash va oldini olish bilan bog‘liq foydali ma'lumotlar berishni maqsad qilganmiz. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh ilmiy xodimi Akbar Abdullayev bizga bu kasallik haqida so‘zlab berdi.
“Revmatik kasalliklarni ichiga bo‘g‘im kasalliklari ham kiradi. Bo‘g‘im kasalliklari 150 ta kasallikni o‘ziga qamrab olgan. Odamlarni jarohatga va nogironlikka sabab bo‘luvchi kasalliklar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bular hammaga tanish revmatizm, artrit, osteoartrit, tizimli kasalliklar hisoblanadi. Bu kasallikar ichida eng ko‘p tarqalgani esa osteoartrit (osteoartroz)dir. Kasallik umumiy aholining deyarli 4 foizida uchraydi. Oldinlari bu kasallik yoshi kattalarda, ya'ni 60-70 yoshlilarda uchraydi, degan fikr bo‘lardi. Bugungi kunda bu kasallik yosharib, yoshlarda ham uchrayapti. Buning sabablari juda ko‘p, lekin aniq bir sababi haligacha aniqlanmagan.
Kasallik kelib chiqishiga modda almashinuvining o‘zgarishi, ko‘p yoki kamharakatlilik, tashqi muhit, nasliy moyillik kabi bir qator sabablarni aytib o‘tishimiz mumkin.
Bu kasallik mayda va yirik bo‘g‘imlarni ham shikastlaydi. Kasallikning oldi olinmasa, borib-borib bemorning ahvoli og‘irlashishiga va hayot tarzining buzilishiga olib keladi.

Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin