Mavzu: Uranning fizik kimyoviy xususiyatlari O’qituvchi: Ro’ziyev Mansur



Yüklə 95,93 Kb.
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü95,93 Kb.
#120929
1   2   3   4   5
2 Uranning fizik kimyoviy xususiyatlari

Radioaktivlik (radio... va activus — taʼsirchan) — kimyoviy element beqaror izotopining elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib oʻz-oʻzidan boshqa element izotopiga aylanish qobiliyati. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda boʻladigan radioaktivlik tabiiy radioaktivlik, yadro reaksiyalari vositasida olinadigan izotoplarning radioaktivligi sunʼiy radioaktivlik deyiladi. Sunʼiy va tabiiy radioaktivlik orasida hech qanday farq yoʻq. Ikkala holda yuz beradigan radioaktiv yemirilish jarayoni bir xil qonunlarga boʻysunadi.
Radioaktivlik hodisasini birinchi marta 1896 y.da A. A. Bekkerel kashf qilgan. U uran tuzlaridan nomaʼlum nurlar chiqishini, bu nurlar xuddi rentgen nurlari kabi har xil moddalardan oʻtishini, fotografiya plstinkasini qoraytirishini birinchi boʻlib aniqladi va ularni radioaktiv nurlar deb atadi. Tez orada toriyning radioaktivligi aniqlandi. 1898 y.da esa M. Sklodovskaya Kyuri va P. Kyurilyar ikkita yangi radioaktiv element (poloniy va radiy) ni kashf etdilar. E. Rezerford va yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning kuzatishlari natijasida radioaktiv moddalar oʻzidan uch xil koʻrinishdagi (a, r va u)nurlarni chiqarishi aniqlandi va bu nurlarning tabiati oʻrganildi: a nurlar ikkita musbat zaryadga ega boʻlgan geliy atomining yadrosidan iborat; r nurlar manfiy zaryadga ega boʻlgan elektronlardan iborat; u nurlar rentgen nurlariga oʻxshaydigan elektromagnit nurlanishdir.
Radioaktiv yemirilish natijasida hosil boʻlgan yadrolar radioaktiv boʻlishi va ularning yemirilishidan hosil boʻlgan yangi yadrolar ham yana radioaktiv boʻlishi mumkin va h.k. Tabiatda uchta radioaktiv kator mavjud ekanligi aniqlangan boʻlib, ular uran, toriy va aktinouran elementlaridan boshlanadi. Uchchala holda ham oxirgi mahsulot qoʻrgʻoshin izotoplari, yaʼni birinchi katorda oxirgi mahsulot 206Rv, ikkinchisida 2O8Rv va uchinchisida 207Rv boʻladi. Radioaktiv yemirilish nazariyasi koʻrsatadiki, dt vaqt ichida yemiriladigan yadrolarning soni dN radioaktiv yadrolarning umumiy soni TV ga proporsional boʻlib, radioaktiv yemirilish eksponensial qonun boʻyicha kechadi: N=Noe~x"; bunda N —t paytdagi yemirilmagan yadrolar soni, No — boshlangʻich paytdagi yemirilmagan yadrolar soni va ^.yemirilish doimiysi; yadroning ichki tuzilishiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarmas miqdor. Radioaktiv yemirilishning eksponensial qonuni statistik qonun boʻlib, faqat juda katta sondagi atomlar uchun oʻrinlidir.
Boshlangʻich paytdagi yadrolar miqdori yarmisining yemirilishiga ketadigan vaqt moddaning yarim yemirilish davri T deyiladi. U yemirilish doimiysi X bilan quyidagicha bogʻlangan: T=0,603 X. Radioaktiv qatorlarni boshlab beruvchi uran nU, torii ^Th va aktinouran 92i elementlarining yarim yemirilish davrlari, mos ravishda 4,51109 yil, 1,391010 yil va 7,13YU8 yilga teng .
Radioaktivlik asosan, kyuri yoki uning ulushlari orkali ifodalanadi. Aktivlik 1 kyuri sifatida radioaktiv moddaning bir sekundda 3,710’° ta yadrosining yemirilishi qabul qilingan.
Radioaktivlik kashf qilinishi fan va texnikaning taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U moddalar tuzilishi va xossalarini oʻrganishda yangi davr ochib berdi.

Yüklə 95,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin