3. Hayvonot olamini himoya qilish choralari. Hayvonlarni muhofaza qilib, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, turi va miqdori kamayib ketayotgan hayvonlarni qayta ko'paytirish uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak:
1. Ovchilik va baliq ovlashni tartiga solish – bu hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarishdagi eng muhim tadbirlardan biridir.
2. Qo'riqxona va zakazniklar – turi va soni kamayib ketayotganhayvonlarni muhofaza qilish va qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi. Chunki qo'riqxonalarda ma'lum tabiiy maydonlarda tabiat komponentlarini, asosan hayvonlarni tabiiy holicha saqlab qolinadi yoki insonning ta'siri natijasida turi va soni kamayib ketgan hamda ketayotgan hayvonlar (tuvaloq, suvsar, qunduz, los, zubr, xongul bug'usi, sayg'oq, chipor bug'u, qulon va b.q.) ko'paytirilib, so'ngra boshqa joylarga tarqatiladi. Bulardan tashqari qo'riqxonalarda noyob hayvonlarni seleksiyasi yaxshilanadi, yashash sharoitlari va biologiyasi o'rganiladi, biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, ularga qo'shimcha ravishda qishda ozuqa tayyorlanadi, in va uya qo'yishlari uchun joylar ajratiladi, ov qilish taqiqlanadi va oqibatda hayvonlar tez ko'payib, qayta tiklanadi.
3. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash hayvonlarni muhofaza qilishning muhim choralaridan biridir. Hayvonlar yashaydigan joyning ekologik sharoitini yaxshilashning eng muhim yo'li bk biotexnik tadbirlardir. Biotexnik tadbirlarga qo'yidagi ishlar kiradi: qishloq xo'jalik ishlarida, o'rmonlarni kesishda, hayvonlaruchun ozuqa va muhofaza bo'ladigan maydonlarni qoldirish; hayvon va qushlar yashaydigan joyi va uyalarning atrofiga o'simliklardan himoya qilish polosasini tashkil etish va yangi yashaydigan joylar, uyalar qurish.
4. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida erlardan foydalanish jarayonidan hayvonlar uchun tabiiy fitosenozlar qoldirish ham ularni muhofazasiga qaratilgan chora-tadbirlardir. Ko'pgina mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Polsha kabi davlatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan erlar (madaniy landshaftlar) orasida hayvonlarni yashashi uchun tabiiy fitosenozlarni – to'qayzorlar, o'tloqlar va o'rmonlarni saqlab qhamda zovurlar, jarlar, kanal va ariqlar atrofida o'rmon polosalari tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
5. Hayvonlarni tabiiy ofatlardan saqlash. Bunda suv toshqini, jala, bo'ron, qo'rg'oqchil va qattiq sovuq bo'lganda Hayvonlarga yordam ko'rsatiladi.
6. Hayvonlarni akklimatizasiya va reakklimatizasiya qilish – ularni muhofaza qilib, qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi.
Akklimatizasiya (iqlimlashtirish) – ma'lum bir hayvon turining yangi tabiiy sharoitga, xususan yangi iqlimga, ya'ni yangi hayot sharoitiga moslashishdir.
Reakklimatizasiya – qayta iqlimlashtirish bo'lib, o'tmishdama'lum regionda ko'plab yashagan, so'ngra noyob bo'lib qolgan hayvonlarni ko'paytirib, o'sha territoriyaga qayta moslashishdir.
Barcha tirik organizmlarda hayot jarayonlarining yuzaga chiqishi uchun tashqaridan keladigan energiya zarurdir.Bu energiyaning asosiy manbai quyosh energiyasidir.Yerga kelayotgan quyosh energiyasining 19% foizi atmosferadan o’tish vaqtida yutilib qoladi.34% i fazoga qaytariladi.Faqatgina 47%i Yerning ustki qismiga yetib keladi. Quyosh nurining spektr tarkibi 3 qismdan iborat bo’lib, uning 1-5 %i ultrabinafsha nurlarga, 16-45 %i ko’rinadigan nurlarga, va 49-84%i infraqizil nurlarga to’g’ri keladi. Ultrabinafsha nurlarning faqat uzun to’lqinlilari yer yuzasigacha yetib keladi.To’lqin uzunligi kichik bo’lgan ultrabinafsha nurlar yerdagi hayot uchun xavfli bo’lib, ozon qatlami tomonidan deyarli to’liq yutilib qoladi.Yerga yetib keladigan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo’lib, ularning yuqori miqdori organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu nurlarning kichik miqdori organizmlar uchun zarur hisoblanadi, chunki bu nurlar ta’sirida hayvonlar organizmida vitamin D hosil bo’ladi va bu nurlar yuqori bakterisid aktivlikka ega. Infraqizil nurlar issiqlik manbai hisoblanadi.Yorug’lik spektrlari orasida ko’rinadigan nurlar muhim ahamiyatga ega. O’simliklar uchun Yorug’lik xlorofilning hosil bo’lishiga, og’iz apparatining ishlashiga, transpiratsiyaga ta’sir ko’rsatadi, ba’zi fermentlarni aktivlashtiradi, oqsil va nuklein kislotalar sintezini tezlashtiradi, xlorofilning bo’linishiga, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin Yorug’lik fotosintez jarayonida eng muhim ahamiyatga ega.Yuqori o’simliklar, ba’zi bakteriyalar Yorug’lik energiyasini organik moddalarning kimyoviy bog’lar energiyasiga aylantirish xususiyatiga ega.Bunday organizmlar fotoavtotrof organizmlar deyiladi. Turli yashash muhitining yoritilganlik darajasi uning geografik holatiga, balandligiga, relfiga, atmosfera holatiga, o’simliklar qoplamiga, yil va sutkaning vaqtiga bog’liq. Shuning uchun yashash muhitining yoritilganligiga o’simliklarda turli morfologik va fiziologik moslanishlar paydo bo’lgan. Yorug’likka bo’lgan extiyojga qarab o’simliklar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Yorug’sevar o’simliklar yoki geliofitlar - ochiq yerlarda, yaxshi yoritilgan joylarda o’sadigan o’simliklar. 2. Soyasevar o’simliklar yoki ssiofitlar - o’rmonlarning pastki yaruslarida, g’orlarda, suvlarning chuqur joylarida o’sadigan o’simliklar. 3. Soyaga chidamli o’simliklar yoki fakultativ geliofitlar. Bular soyada ham, yaxshi yoritilgan joylarda ham o’saveradi.Har bir guruh o’simliklar o’zlari yashaydigan muhitning yoritilganlik darajasiga moslanishlar paydo qilgan. Odatda geliofitlarning barglari kichik va qalin, novdalari qisqa bo’g’inli bo’ladi. Barg og’izchalari ko’p, bargda xlorofill kamroq. Ssiofitlarda barglar to’q yashil rangda, yirik va yupqa, tanasida suv miqdori ko’p bo’ladi. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofitlar muhitning yoritilganlik darajasi o’zgarishiga tez moslasha oladi.Hayvonlar uchun Yorug’lik o’simliklardagi kabi ahamiyatga ega emas.Chunki hayvonlar o’simliklar tomonidan yig’ilgan energiya hisobiga yashaydi.Shunday bo’lishiga qaramay Yorug’lik hayvonlar uchun katta ahamiyatga ega. Hayvonlar orasida Yorug’likni sevadigan- fotofil va soyasevar fotofob turlar, yoritilganlik darajasini keng o’zgarishiga chiday oladigan evrifot, ma’lum yoritilganlik darajasiga muxtoj stenofot turlarni ajratish mumkin. Yorug’lik hayvonlarning ko’rishi uchun juda muhim.Ular tashqi muhit xaqidagi axborotning ko’p qismini ko’rish organlari orqali qabul qiladi.Hayvonlarda axborotni ko’rish orqali qabul qilish darajasi uning evolyutsion rivojlanish darajasiga bog’liq.Ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarda ko’z juda oddiy tuzilgan.Umurtqali hayvonlarda mollyuskalarda, xasharotlarda kuz murakkab tuzilgan. Ular shaklni, rangni va masofani aniqlay oladilar. Hayvonlarda ko’rish organlarining rivojlanish darajasi ekologik sharoitga va turning hayot tarziga ham bog’liq. Masalan, g’orlarda yashaydigan hayvonlarda ko’rish organlari rivojlanmagan.