Mavzu: uzoq muddatli iqtisodiy o’sish modellari. Reja: Iqtisodiy o'sish omillari va tiplari


 Talab tenglamasi quyidagi kо‘rinishga ega: DYd= DI (1/μ)



Yüklə 20,99 Kb.
səhifə3/3
tarix30.09.2023
ölçüsü20,99 Kb.
#150840
1   2   3
Iqtisodiy o\'sish omillari va tiplari Iqtisodiy o\'sishning E. Dom-fayllar.org

2. Talab tenglamasi quyidagi kо‘rinishga ega: DYd= DI (1/μ)
bu yerda, 1/μ – xarajatlar multiplikatori, μ – jamg‘arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qо‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ kо‘payishiga teng miqdorda о‘sishini kо‘rsatadi.
Ishlab chiqarishning tо‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qо‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida kо‘payishi sababli, taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qо‘shimcha investitsiyalargina kо‘rib chiqiladi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qо‘shimcha о‘sish sur’atlari tengligi tenglamasi: DI (1/μ) 
Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz: D I / I μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik о‘sish sur’ati bо‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida tо‘liq bandlilikni ta’minlab turish uchun (μ α) miqdorga teng bо‘lishi kerak. Bundan xulosa shuki, investitsiyalarning mutanosib о‘sish sur’ati jamg‘arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi (kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar μ=0,2 α=0,4 bо‘lsa DI/I = 0,2* 0,4=0,08 yoki 8 %
Demak, investitsiyalarning о‘sish sur’ati 8% bо‘lishi talab etiladi.
E.Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki, iqtisodiy о‘sishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, buning uchun esa jamg‘arish meyori hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.

Iqtisodiy о‘sishning R.Xarrod modeli
Agar E.Domar о‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bо‘lsa, R.F.Xarrodning 1939 yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy о‘sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga kо‘ra, nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning о‘sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning о‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. R.Xarrod о‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1) haqiqiy о‘sish sur’ati tenglamasi;
2) kafolatlangan о‘sish sur’ati tenglamasi;
3) tabiiy о‘sish sur’ati tenglamasi.
Xarrod modelida haqiqiy о‘sish sur’ati ishchi kuchining о‘sish sur’ati va kapital unumdorligining о‘sish sur’ati bilan belgilanadi va bu quyidagicha ifodalanadi:
G c = s
bu yerda, G - YAIMning haqiqiy qо‘shimcha о‘sish sur’ati, ya’ni: ΔY/ Y;
c - ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, ya’ni: I / ΔY
s - milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi, yoki jamg‘arishga о‘rtacha moyillik, ya’ni: S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan о‘sish sur’ati bо‘lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) о‘sish sur’atiga asoslanib, о‘z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan о‘sish sur’ati jamg‘arishga о‘rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi va buni quyidagicha ifodalash mumkin: Gw = s / cr
bu yerda: Gw - kafolatlangan о‘sish sur’ati;
cr - talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsenti (о‘tgan yillardagi shakllangan darajasi).
Bu kо‘rsatkichlar doimiy bо‘lganligi sababli kafolatlangan о‘sish sur’atlari ham doimiy bо‘ladi.
Agar haqiqiy о‘sish sur’ati kafolatlangan о‘sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz о‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bо‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar rо‘y beradi. Xarrod modelida resurslardan tо‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bо‘lgan maksimal о‘sish sur’ati tabiiy о‘sish sur’ati deb nomlandi. Uni quyidagicha ifoda etiladi: Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati tо‘liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy о‘sish sur’atlari о‘zaro teng bо‘lganda ta’minlanadi. Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
Iqtisodiy o'sish modellari iqtisodiyotning real (moliyaviy bo'lmagan) sektorining uchta asosiy bog'liqligini o'z ichiga oladi: ishlab chiqarish funktsiyasi, ishchi kuchi taklifi funktsiyasi va kapital taklifi funktsiyasi, bu esa mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining o'sishi tendentsiyasini belgilaydi. Ushbu modellarni o'rganishda quyidagi savolga javob izlanadi: iqtisodiy o'sish tendentsiyasi darajasida yalpi talabni qanday ta'minlash kerak?
Tadqiqot ob'ekti iqtisodiy ko'rsatkichlarning vaqt bo'yicha o'zgarishi bo'lganligi sababli, model parametrlari vaqt funktsiyalari bo'lib chiqadi. Barcha parametrlar bir xil vaqt davriga tegishli bo'lgan tenglamalarda vaqt davri indeksi t amal qilmaydi.
Iqtisodiy o'sishning zamonaviy modellari ikki yo'nalish - muvozanatning Keyns nazariyasi va ishlab chiqarishning neoklassik nazariyasi asosida shakllandi.
R. Xarrod (1939) va E. Domar (1947) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy o'sishning bir-biridan mustaqil ravishda qurilgan eng oddiy modellari keng tarqalib, milliy iqtisodiyot faoliyatining Keynscha kontseptsiyasiga mos keladi (). neokeynschi).
Ular binolarga asoslanadi:
3) milliy daromadning o'sishi faqat kapital jamg'arish funktsiyasi bo'lib, kapital unumdorligining o'sishiga ta'sir qiluvchi barcha boshqa omillar (fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish) bundan mustasno. Boshqacha aytganda, ma'lum kapital intensivligida kapitalga bo'lgan talab faqat milliy daromadning o'sish sur'atiga bog'liq deb taxmin qilinadi;
http://fayllar.org
Yüklə 20,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin