Mavzu: Vallarning turli kanstruksiyasi va imkoniyatlari. Reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/6
tarix23.03.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#89350
  1   2   3   4   5   6
Vallar va o’qlar.


Mavzu: Vallarning turli kanstruksiyasi va imkoniyatlari.


Reja:

1.Umumiy ma`lumot.


2. Vallarni hisoblash.
3. Vallarning mustaxkamligini hisoblashning takribiy usuli.
4. Vallarning mustaxkamligini hisoblashning aniqlashtirilgan usuli.
5. Vallarning bikrligini aniqlash.
6. Vallarning vibrabardoshligini hisoblash

Vallar va o’qlar haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish, vallarni hissoblashni o’rganish, vallarning mustahkamlaigini hissoblashning aniqlashtirilgan usuli bilan tanishish, vallarning bikirligini hissoblash bilan tanishish, vallarning vibrabardoshligini hissoblashni o’rganish, vallar va o’qlarni sanoatda ishlatilishi haqida umumiy ma`lumotga ega bo’lish.


V a l l a r va o’ q l a r - tishli g’ildirak, shkiv va shu kabi aylanuvchi qismlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan asosiy detallar. Ko’pincha ular silindrik sterjenga o’xshash bo’ladi. Tuzilishi jixatidan olganda o’q bilan valning deyarli xech qanday farqi bo’lmaydi. Lekin bajaradigan vazifasiga qarab, ular bir-biridan katta farq qiladi. O’qlarning asosiy vazifasi detallarning mo’ljaldagi joyda aylanishiga sharoit yaratib berishdir. Bunda o’qning o’zi detal` bilan birga aylanishi ham, aylanmasligi ham mumkin. Masalan, temir yo’l vagonlarining g’ildiraklari o’q bilan birga aylanadi (143-shakl), yuk ko’taruvchi mashinalar tarkibidagi blok o’qlari esa qo’zg’almas bo’ladi.
Vallarning vazifasi undagi detallarning aylanishini ta`minlash bilan birga, burovchi moment uzatishdan ham iborat.
Demak, o’q bilan valning tuzilishi, ko’pincha bir xil bo’lsa-da, ishlash sharoiti har xil: o’q faqat eguvchi kuchlanish ta`sirida, val esa eguvchi kuchlanish bilan bir vaqtda burovchi momentdan xosil bo’ladigan kuchlanish ta`sirida ishlaydi.

Ayrim xollarda o’qlar bilan vallar tuzilishi jixatidan xam farq qiladi. O’qlar doim to’g’ri bo’lgani xolda vallar tirsakli (ichki yonuv dvigatellarida) yoki egiluvchan (Tish davolashda ishlatiladigan mashinalarda) qilib tayyorlanadi. Val va o’qlarning tayanchlarga mo’ljallangan qismi sapfa deyiladi. Val yoki o’qning ichida joylashgan sapfa ship deb, o’rtasida joylashgani bo’yin deb ataladi. Agar val yoki o’qning sapfasi ularning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday sapfa tovon deyiladi. Qaysi shakldagi ship yoki tovon ishlatilishi valning ishlash sharoitiga bog’liq.

Vallarning ichidan boshqa detal` o’tishi uchun yoki vallarning og’irligini kamaytirish maqsadida ular ichi kovak qilib tayyorlanadi.
To’g’ri val va o’qlar, ko’pincha, uglerodli yoki legirlangan po’latlardan tayyorlanadi: Termik ishlanmaydiganlari st 5 markali po’latdan, termik ishlanadiganlari 45 yoki 40X markali po’latdan, tez aylanadigan va sirpanish podshipniklarida ishlaydigani esa 20 yoki 20X markali po’latdan tayyorlanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin