19
Revalvatsiya
– (lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, «qadrini oshirish»
ma’nosini anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutalariga erkin, xalqaro hisob-
kitob pul birliklariga nisbatan qadrining oshishidir. Uning kelib chiqishiga sabab
inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’ lishi va uzoq vaqt davomida mamlakat
to’ lov balansining aktiv qoldiqqa ega bo’ lishi, milliy firma va kompaniyalarning
jahon savdo bozorida raqobatbardoshligidadir.
Jahon amaliyotida revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan kam qo’ llaniladi, bu
jarayonni faqat dunyoning eng rivojlangan industrial mamlakatlari amaliyotidagina
uchratish mumkin.
Deviz siyosatining yana bir muhim instrumentlaridan biri –
bu valyuta
rezervlarini diversifikatsiya qilishdir.
valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish
deganda bir vaqtning o’zida bir
necha valyutada rezervlarni tashkil qilish tushuniladi.
Bu valyuta rezervlarining
tarkibi barqaror bo’ lgan valyutalar hisobidangina amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: