Mavzu: Valyuta kursi
Mundarija:
I
Kirish.
II Asosiy qism.
1 O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash
va xorijiy valyutaga
bo’lgan talab.
2 Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar.
3 O’zbekiston Respublikasi oltin valyuta zaxirasi ko’rsatkichlari.
4 Markaziy bank valyuta siyosatining mohiyati va uni amalga oshirish
asoslari.
5 Valyutalar kursi va uning so’mga nisbatan belgilanishi.
III Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari.
2
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
: Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,
bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari bozor va davlat
tomonidan tartibga solib turiladi. Valyuta bozorida valyutaning
talab va taklifi
hamda ularning kurslari nisbati shakllanadi. Bozor tomonidan tartibga solish
qiymat qonuni, talab va taklif qonunlariga bo’ysunadi.
Valyuta bozorlarida
raqobatchilik sharoitida bu qonunlarning harakati valyuta almashuvining harakati
nisbiy tenglik tovarlar, xizmatlar, kapitallar hamda kreditlar harakati bilan bog’liq
bo’lgan jahon xo’jaligining xalqaro valyuta ehtiyojlari oqimlarining muvofiqligini
ta’minlaydi. Bozorlardagi baholar mexanizmi va valyuta kurslarining o’zgarishi
sabablari orqali iqtisodiy agentlar valyuta xaridorlarining ehtiyojlari va taklifining
imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot oladilar.
O’tgan yili bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv
darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank
tizimining jami kapitali 2019 yilga nisbatan 43,3 foiz ko’payib, 17 trillion 800
milliard so’mga etdi. So’nggi 5 yilda mazkur ko’rsatkich 2,4 barobar o’sdi. Bank
tizimi kapitalining etarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul
qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank
likvidligi esa eng yuqori
ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir.
Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o’sish sur’ati sezilarli darajada
sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga
nisbatan tashqi talabning
kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida
ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta
zaxirasini oshirish
imkonini berdi.