Mavzu: Valyuta kursi



Yüklə 5 Mb.
səhifə13/15
tarix28.11.2023
ölçüsü5 Mb.
#168031
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Микро. Макро. Курс иши намуна word

rasm. Markaziy bank Boshqaruvi «O’zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi qarorni qabul qildi (31.08.2020 yilda 3281-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).

Xalqaro amaliyotga muvofiq Qoidalar bilan valyutani tartibga solish sohasidagi qonunosti hujjatlari normalarini birxillashtirish yo’li bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona tartibi belgilandi. 5 ta normativ- huquqiy hujjatning o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibining soddalashtirilishiga zamin yaratadi.

Hujjat bilan quyidagilar tartibga solingan:


  • tijorat banklari tomonidan rezidentlarning va norezidentlarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish;

  • ichki valyuta bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish;

  • jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish;

  • O’zbekiston hududida naqd chet el valyutasini qabul qilish;

  • tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablag’larini O’zbekiston hududidan olib chiqish va olib kirish.

Qoidalar bilan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:


Birinchidan, quyidagi normalar bekor qilindi:

  • jismoniy shaxslardan valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun pasport nusxasini taqdim etish talab etilardi;

  • banklarning mijozlari bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish chog’ida ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilardi;

  • valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvaraqlarida albatta mablag’lar zaxirasi mavjud bo’lishi talab etilardi.

Markaziy bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ro’yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag’larni ayirboshlash jarayoni, shuningdek banklar tomonidan ularning chet el valyutasini sotib olish uchun arizalarini ko’rib chiqish tartibi soddalashtirildi.
Uchinchidan, sotib olingan valyutadan foydalanishda qulayliklar, xususan turli sabablarga ko’ra hisobvaraqqa qaytarilgan valyuta mablag’lari bilan takroran operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
To’rtinchidan, ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, ayirboshlash shoxobchalari xodimlarining soni, xavfsizlikka doir talablar, ularni monitoring qilish tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin