Mavzu: vasiylik va homiylik


Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari



Yüklə 170,34 Kb.
səhifə15/17
tarix07.01.2024
ölçüsü170,34 Kb.
#202184
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu vasiylik va homiylik

Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari
Ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi mulkiy-huquqiy munosabat deganda, ota-ona va bolalarning oila egaligidagi mulkka nisbatan bo'lgan munosabati va ikkinchidan, ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi o‘zaro moddiy ta’minot berib turish majburiyatlari xususidagi huquqiy munosabatlar tushuniladi.
Ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi mulkiy-huquqiy munosabatlarning mazmuni faqatgina uy xo'jaligidagi oila huquqi mundarijasini tashkil qiladi. Ota-onalar bilan bolalar o'rtasidagi boshqa mulkiy munosabatlar esa, fuqaroviy huquqiy normalar doirasida tartibga solinadi.
Ro‘zg‘orda oila tasarrufida bo'lgan mulkning huquq tomonidan tartibga solinishi ko‘p qiyinchiliklar tug'dirmaydi. Vaholanki, oilada uning barcha a’zolari, mehnati va xizmati bilan kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun mablag‘ to'planadi va xarajat qil'madi. Shu bilan birga, umumiy daromad hisobiga uzoq muddatga foydalanish uchun mo'ljallangan uy jihozlari, avtomashina, dala-hovli, hovli va boshqa qimmatbaho mulklar sotib olinadi.
Normal oilaviy munosabat boiganda, bu mulklarga nisbatan huquqiy aralashishni talab qiladigan nizo va kelishmovchiliklar bolmaydi. Oila tarqalib ketgan hollardagina bunday mulklarga nisbatan har xil nizolar kelib chiqishi mumkin. Bunday nizolar, asosan, er-xotinlar o'rtasida vujudga keladi va Oila kodeksi normalariga asosan hal qilinadi.
Oila tasarrufidagi umumiy mulkni boiish talab qilinganda er-xotin bilan birga oilaning boshqa a'zolari o‘rtasida nizo kelib chiqishi mumkin. Bunday hollarda nizo tiiqarolik qonun normalari bilan hal qilinadi. Chunki oila qonunlarida faqatgina er va xotinning xususiy mulklari, ulaming birgalikdagi mulklari haqida gap boradi.
Ota-ona hayotligida bolalar ulaming mol-mulkiga nisbatan mulkdor boMish huquqiga ega emas. Ota-onaga ham voyaga yetmagan bolalaming mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqi berilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir shaxsning, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalaming ham mulkdor bo'lish huquqini kafolatlaydi. Oilada uning ayrim a’zoIarining, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ham xususiy mulki bolishi mumkin. Oiladagi ota-onalar bilan bolalaming birgalikdagi umumiy mulklariga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik huquq normalari bilan tartibga solinadi. Ota-onalar hayotligida ulaming xususiy mulklariga nisbatan bolalaming huquqi yo'qligining qonun bilan tan olinishi ulaming manfaatlariga putur yetkazmaydi. Chunki er-xotin o‘rtasidagi umumiy mulk bo'linganda hamma vaqt voyaga yetmagan bolalaming manfaatlari hisobga olinadi.
Demak, ota-onalar bilan bolalar o'rtasidagi mulkiy-huquqiy munosabatlar oila huquqi va fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Shunday qilib, voyaga yetmagan bolalarning oiladagi xususiy mulklari alohida bo‘lishi, ota-onalar bilan birgalikda bo'lishi Oila kodeksida o‘z ifodasini topgan.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf qilish Fuqarolik kodeksi huquqiy normalari asosida amalga oshiriladi. 0‘n to‘rt yoshga toMmagan kichik yoshdagi voyaga yetmagan bolalar nomidan barcha bitimlarni ularning qonuniy vakillari —ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar tuzadilar. 0‘n to'rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan bolalar har xil bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki homiylarning yozma roziliklari bilan tuzishlari mumkin.
Oilada ota-onalar va bolalarning alohida-alohida mulklari bo’lishi mumkin. Bunday mol-mulklardan ular birga yashab turganlarida bir-birlarining roziliklari bilan foydalanishlari, unga egalik qilishlari mumkin. Ota-onalar bilan bolalar mulklarining alohida bo'lishi, ayniqsa, shahar oilalarida ko'proq va yaqqol ko'rinib turadi.

Yüklə 170,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin