Mavzu: vasiylik va homiylik


Vasiylik va homiylik boʻyicha majburiyatlar bepul bajariladi



Yüklə 170,34 Kb.
səhifə12/17
tarix07.01.2024
ölçüsü170,34 Kb.
#202184
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu vasiylik va homiylik

Vasiylik va homiylik boʻyicha majburiyatlar bepul bajariladi.
Vasiy va homiyning oʻz vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning taʼminotiga doir xarajatlarining oʻrni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablagʻlari hisobidan qoplanadi, bu mablagʻ yetarli boʻlmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning taʼminoti uchun nafaqa tayinlash maqsadida tegishli organlarga murojaat qiladi.
Vasiy yoki homiy oʻzining arizasiga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim.
Vasiylar va homiylar faoliyatini nazorat qilish
Vasiylik va homiylik organi vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi yuzasidan yiliga kamida ikki marta nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, taʼlim muassasalariga hamda ishga joylashtirilishida yordam koʻrsatadi.
Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylikning tugashi
Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

  • vasiylikdagi shaxs vafot etganda;

  • voyaga yetmagan oʻn toʻrt yoshga toʻlganda;

  • voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;

  • vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;

  • fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.

Voyaga yetmagan bola oʻn toʻrt yoshga toʻlganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi boʻlib qoladi.


Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:

  • homiylikdagi shaxs vafot etganda;

  • homiylikdagi shaxs voyaga yetganda;

  • homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;

  • homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;

  • fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning qarori bekor qilinganda;

  • voyaga yetmagan toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinganda (emansipatsiya);

  • homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;

  • sogʻligʻining holatiga koʻra homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning sogʻligʻi yaxshilanganda.



Yüklə 170,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin