Mavzu: Volontyorlik va volontyor guruhlar bilan tashkil etiladigan faoliyat


Volontyorlik bilan shug'ullanishning ba'zi bir qoidalari



Yüklə 19,37 Kb.
səhifə4/5
tarix27.09.2023
ölçüsü19,37 Kb.
#149285
1   2   3   4   5
volontyor

Volontyorlik bilan shug'ullanishning ba'zi bir qoidalari
Ko'ngilli bo'lishning juda ham ko'plab foydali jihatlari bo'lgani bilan u bilan shug'ullanishga qaror qilishdan oldin ba'zi bir narsalarni bilish va esdan chiqarmaslik kerak. 
Volontyorlik bilan shug'ullanuvchi insonlardan volontyorlikdan oladigan foydalari haqida so'ralganda ularning ko'pchiligi bu ishlarni qilish orqali o'z hayotlarida qandaydir foydali ish qilishayotganini his qilishlari va bu orqali o'zlariga bo'lgan ishonch va oldinga intilish energiyasi oshishini aytishadi. 
Volontyorlik faoliyati insonga oldingilarga o'xshamagan kuchli ishonch va shukronalik hissini taqdim etadi. Ba'zi hollarda volontyorlik faoliyati insonning hayotdagi yashash maqsadini anglashga va keyingi rejalarini aniqlashtirish imkonini ham berishi mumkin. 

  • Volontyorlik to'liq ko'ngilli va ixtiyoriy tarzda amalga oshishi kerak. Kimning majburlashi yoki undovi bilan bu ish bilan shug'ullanish foydasi bo'lishi juda ham qiyin

  • Ko'ngilli bo'lish faqatgina bo'sh vaqtda amalga oshishi shart. Bu ish bilan shug'ullanish tufayli oila, ish yoki o'qishga ketishi kerak bo'lgan vaqtni qurbon qilish noto'g'ri. Volontyorlik faoliyati hech qachon shaxsiy hayotda muammolarni keltirib chiqarmasligi kerak

  • Bu ish bilan shug'ullanishdan oldin bunga odam bunga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sababi aksariyat volontyorlik faoliyati imkoniyati cheklangan odamlar va bolalar, og'ir kasallik bilan og'riyotgan insonlar va yolg'iz yoshi katta odamlar bilan muloqotda bo'lishni talab qiladi. Volontyor bunga ruhan tayyor bo'lishi va ularning oldida o'zini yo'qotib qo'ymasligi kerak. Agar ikkilanish mavjud bo'lsa, yengilroq faoliyatdan boshlagan ma'qul

  • Ixtiyoriy lekin javobgarlik yo'q emas. Volontyorlik ixtiyoriy degani unga nisbatan yengil qarash mumkin degani emas. Volontyor o'z ishiga mas'uliyat bilan yondoshishi, tayinlagan vazifasini oxirgacha bajarishi va kutilmagan holatlarda doimiy qolganlarni ogohlantirishi kerak bo'ladi.

  • Volontyorlar - bu tekin ishchi kuchi emas, balki katta energiya manbai. Bu narsa ko'pincha tashkilotchilar va chetdan qarovchi odamlarga tegishli. Ya'ni volontyorlar guruhiga tekin ishchi kuchi sifatida qarash juda katta xato. Aksincha, ularning qiziqishlarini tushungan va yo'lga sola olgan holdagina bu katta energiyani jamiyat uchun ham volontyorlar uchun ham foydali narsaga aylantirish mumkin.

Dunyo kezish va sayohat qilish imkoni

Volontyorlik faqat lokal miqyosda bo'lmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, UNICEF va shu kabi ko'plab xalqaro tashkilotlar dunyoning turli nuqtalaridagi odamlar boshqa qit'a va davlatlarda ko'ngilli bo'lib faoliyat yuritish imkoniyatlarini taklif etishadi. Bunday hollarda bu faoliyat uchun katta miqdorda pul to'lanmasa ham, ko'ngilli bo'lish istagini bildirganlar yashash va transport xarajatlari qoplab berilishi mumkin. Albatta, bu volontyorlarga dunyoning boshqa mamlakatlariga sayohat qilish va dunyo kezish imkoniyatini beradi. 


Yüklə 19,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin