Mavzu: Volontyorlik va volontyor guruhlar bilan tashkil etiladigan faoliyat



Yüklə 19,37 Kb.
səhifə1/5
tarix27.09.2023
ölçüsü19,37 Kb.
#149285
  1   2   3   4   5
volontyor


Mavzu: Volontyorlik va volontyor guruhlar bilan tashkil etiladigan faoliyat
Reja:
1. Volontyorlik faoliyatining maqsadlari
2.Volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
3. Volontyor huquqlari
4. Volontyorlik bilan shug'ullanishning ba'zi bir qoidalari

Volontyorlik — fuqarolar, ularning guruhlari yoki volontyorlik tashkilotlari tomonidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab ixtiyoriy faoliyatni amalga oshirish.


Volontyor — volontyorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.
18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Volontyorlik qanday qilib foydali bo'lishi mumkin?
Bunday faoliyatning jamiyat uchun qay darajada foydali bo'lishi haqida ko'p gapirish shart emas, albatta. Ko'ngillilar juda katta kuch va energiya hisoblanadi va to'g'ri tashkil qilinganda jamiyat uchun katta foyda keltirishini tushunish unchalik qiyin emas. Shuning uchun ko'proq volontyorlik u bilan shug'ullanuvchi odamga qanday foydalar keltirishi haqida aytib o'tmoqchimiz.
Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.
Volontyorlik faoliyatining vazifalari:
fuqarolarni aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga jalb etish mexanizmlarini shakllantirish;
ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam ko‘rsatish;
volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
aholida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash;
fuqarolar tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun o‘zini o‘zi namoyon etish va o‘zini o‘zi tashkil etish ko‘nikmalarini olish.

Yüklə 19,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin