O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet: Pedagogika –psixologiya Magistrant: V.Tilavoldiyeva
Kafedra: Psixologiya Ilmiy rahbar: N.Shomurodova
O’quv yili: 2020-2022 yil Mutaxassisligi : 5A 210200 -
Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha )
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Dissertatsiya mavzusi: O’rta yoshli odamlarda salomatlik psixologiyasi mexanizmlarini shakllantirish.
Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi. Hammamiz yaxshi tushunamiz,Vatanimiz taraqqiyotining hozirgi o’ta mas’ulyatli davrda biz o’z oldimizga qo’ygan vazifalar juda murakkab bo’lib,ularni to’liq va sifatli amalga oshirish uchun barchamiz bir musht bo’lib harakat qilishimiz kerak.Mamlakatimizning xar tomonlama rivojlanishi dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallashi fuqorolarimizga bevosita bog’liq bo’liq bo’lib , ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni sog’liq ya’ni salomatlik psixologiyasi, ularda salomatlik psixologiyasining mexanizmlarini qay darajada rivojlanganligi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi , shu boisdan ham bugungi kunda fuqorolarimizning salomatligi, psixologik salomatlik va ularda salomatlik psixologiyasining mexanizmlari shakllanishi dolzarb muammolardan biri desak adashmagan bo’lamiz.
Hammamiz yzxshi tushunamizki,oldimizda turgan keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish uchun kadrlar bilan ishlashninhg butun tizimini takomillashtirishga doir bir qator ishlarni amalga oshirishimiz kerak deydi-prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.Bu gaplar albatta salomatlik va psixologiya olamida ish olib borayotganlarga ham talluqlidir.Mamlakatimizda qabul qilinayotgan va juda kata etibor qaratilayotgan masalalardan biri deya etirof etilayotgan salomatlik masalasi unga qaratilishi zarur bo’lgan qaror,farmon va farmoishlarning ishlab chiqilayotganligi ham mavzuning naqadar dolzarb ekanligini isbotlaydi. Hususan, Vazirlar Maxkamasining “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida ”2011 yil 23- avgustdagi 240-sonli qarori , O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 28.03.2020 yildagi 187- sonli “Axoli salomatligini muxofaza qilish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi” qarorlari,“2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning imzolanishi va boshqa qarorlar shaxsning salomatlik psixologiyasi va psixologik salomatligi katta ahamiyatga ega bo’lib mavzumizning dolzarbligini ifodalaydi.
Tadqiqot ob’ekti: Farg’ona shahrida joylashgan “Farg’ona viloyati pedagog hodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi” da o’z malakasini oshirayotgan 120 nafar o’qituvchi va tarbiyachi pedagog hodimlari.
Tadqiqot predmeti: o’rta yoshlilarning salomatlik psixologiyasini va psixologik salomatligini ayollarda va erkaklarda empirik o’rganish
Tadqiqotning maqsadi: O’rta yoshlilarda salomatlik psixologiyasi mexanizmlarini shakllantirishni ijtimoiy – psixologik xususiyatlarini aniqlash.
Dissertatsiya ishimizning vazifalari:
1. Psixolog olimlar tomonidan salomatlik psixologiyasi bo’yicha bildirilgan fikrlarni tahlil qilish.
2. Salomatlik psixologiyasi va psixologik salomatlik tushunchalarini mazmun mohiyatini aniqlash.
3. O’rta yoshli shaxslarning salomatlik psixologiyasini mexanizmlari shakllanishini o’rganish.
4. Salomatlik psixologiyasini ijtimoiy -psixologik tahlil
qilish.
5. Muammoni amaliy psixologik tahlil qilish.
6. Salomatlik psixologiyasida psixologiyaning rolini aniqlash.
7. Shaxslarning salomatlik psixologiyasi bo’yicha fikrlarini o’rganish.
8.Psixologik salomatlikni tahlil qilish
9. O’tkazilgan eksperiment natijalaridan kelib chiqib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ilmiy tadqiqotdimizda ilk bora O’zbekistonda istiqomat qiluvchi o’rta yoshlilarning jismoniy salomatligini ruhiy salomatligi bilan chambarchas bog’liqligi va ruhiy salomatlikni oshirish orqali jismoniy salomatlikni ham yaxshilashga erishish mumkinligi ochib berildi.
Ilmiy faraz: Agar o’rta yoshlilarning ruhiy salomatlik darajasi yuqori bo’lsa ularning jismoniy salomatligi ham yuqori darajada bo’ladi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi: “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi” E.G’G’oziev,Sh.Do’stmuhamedova, Z.Nishanova, Sh.Alimbaeva,,L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlov “AQSh bolalarida depressiya, tashvish va xulq -atvor muammolarining tarqalishi va davolash.” Ghandour RM, Sherman LJ, Vladutiu CJ “Ruhiy salomatlikning ijtimoiy-psixologik omillari”, M.T.Isaqovalarning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari tashkil etadi
Tadqiqot metodikalari:
- B.Umarovning “Salomatlik darajasi va o’z yoshiga munosabatni aniqlash” testi
- I.M.To’lqinovnaning “Salomatlik darajalarini aniqlash” metodikasi;
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: Olingan natijalar ijtimoiy psixologiya,oila psixologiyasi,salomatlik psixologiyasi,tibbiyot psixologiyasi va psixodiagnostika fanlarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi hamda, psixologiyaning maxsus tarmog’i sifatida insonlarning salomatlik psixologiyasini va psixologik salomatligi xavfsizligini ta’minlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Olingan ma’lumotlar,xulosa va amaliy tavsiyalardan psixologiya sohalarini o’qitishda rahbar o’qituvchi,tibbiyot xodimlarini tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda psixolog va pedagoglar foydalanishlari, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi salomatlik psixologiyasi va psixologik salomatlik masalalarini ijobiy va salbiy tomonlarini anglashda, salbiy tomonlarini bartaraf etishda,o’zining jamiyat taraqqiyotida o’rin egallashda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya ishimizning tuzilishi: Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, sakkiz bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat.
Ilmiy rahbar: P.f.n. Dotsent N.Shomuradova