5-Ma’ruza. O’lchov natijalarini qayta ishlash. O’lchana­yot­gan kattaliklar qiymatini aniqlashning turli usullari. O’lchov xatoliklari, turlari. O’lchov xatoliklarini bartaraf etish usullari



Yüklə 33,06 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü33,06 Kb.
#194541
  1   2
5-Ma\'ruza Metrologiya



5-Ma’ruza. O’lchov natijalarini qayta ishlash. O’lchana­yot­gan kattaliklar qiymatini aniqlashning turli usullari. O’lchov xatoliklari, turlari. O’lchov xatoliklarini bartaraf etish usullari. O’lchov xatoliklarini bartaraf etishda ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish, disspersiya va korrelyatsiya tahlillarini qo’llash.


Reja.
5.1. Tasodifiy xatoliklar va ularning taqsimlanishi.
5.2. Tasodifiy xatolikning normal qonun bo‘yicha taqsimlanishi va uning ehtimoliy baholanishi.
Tayanch so‘zlar: muntazam xatolik, tasodifiy xatolik, normal taqsimot qonuni, o‘rtacha kvadratik xatolik, ehtimoliy xatolik, ishonchli interval, ishonchli extimollik.


5.1. Tasodifiy xatolik va ularning taqsimlanishi
Tasodifiy xatolik biror fizikaviy kattalikni takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan, o‘zgaruvchan, ya’ni ma’lum qonuniyatga bo‘ysinmagan holda kelib chiqadigan xatolikdir. Bu xatolik ayni paytda nima sababga ko‘ra kelib chiqqanligi noaniqligicha qoladi, shuning uchun ham uni yo‘qotish mumkin emas. Haqiqatda o‘lchash natijasida tasodifiy xatolikni mavjudligi takror o‘lchashlar natijasida ko‘rinadi va uni hisobga olish, o‘lchash natijasiga uni ta’siri (yoki o‘lchash aniqligini baholash) matematik statistika usuli yordamida amalga oshiriladi.
Bevosita o‘lchashlar natijasining xatoliklarini baholashda quyidagi funksiyadan foydalaniladi:
y=f(x1,x2,...xn),
bu erda f - aniq funksiyadir,
x1,x2,...xn - bevosita o‘lchash natijasi.
Xatolikni baholash uchun esa xatolikning taxminiy formulasidan foydalaniladi. Absolyut (mutlaq) xatolikning maksimal qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.

Xatolikning nisbiy qiymati esa quyidagi formuladan topiladi:

Tasodifiy xatolik esa (uning dispersiyasi) quyidagicha hisoblanadi:

O‘lchash vositalarini aniqligini, qanchalik aniq o‘lchashini baholash uchun o‘lchash vositalarining aniqlik klassi (sinfi) degan tushuncha kiritilgan. Aniqlik klassi - bu o‘lchash vositalarini shunday umumlashgan xarakteristikasi bo‘lib, ularning yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan asosiy va qo‘shimcha xatoliklari chegarasi (doirasi) bilan aniqlanadi. Demak aniqlik klassi o‘lchash vositasining aniqlik ko‘rsatkichi emas, balki uning hususiyatlari bilan belgilanadi, aniqlanadi.



Yüklə 33,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin