Mavzu: WINDOWS NING «IShChI DASTURLARI. DISKNI TOZALASh VA YaNGILASh.
Ishdan maqsad: Windows XP ishchi dasturari bilan tanishish va ular bilan ishlashni o‘rganish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar 1. Diskdan keraksiz dasturlarni tozalashni o‘rganish.
2. Disk Defragmented dasturi bilan ishlashni o‘rganish.
3. Reestr redaktori (Regedid) bilan ishlashni o‘rganish.
Windows ning ishchi dasturlari Windows − shunchaki operatsion tizim emas. Unda turli xil amaliy dasturlar to‘plami yoki ularni ilovalar deb atash mumkin. Matn muharriri va grafik muxarriri, multimedia uchun dasturlar va h.k.
Amaliy jihatdan barcha “Windows” OT ning yordamchi dasturariga “Standartnыe” menyusi orqali kiriladi.
Bu utilitlar − shaxsiy hizmat ko‘rsatuvchi, o‘ziga xos operatsion tizim dasturlaridir. Xar biri bir yoki ikki funktsiyani bajarish mumkin.
Utilitlar − ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga, kompyuterga xizmat ko‘rsatishga, ya’ni apparat va dasturiy vositlarni tiklash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqa afzalliklarga mo‘ljallangan dasturlardir.
Diskni tozalash (disk cleanup) Kompyuter tizimida ishlaganda axborotlar almashinuvi albatda amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga kerak bo‘lgan dasturlar o‘rnatiladi va foydalanilayotgan internet saytlari orqali kerakli ma’lumotlar ko‘chirib olinadi.Biz yangi dasturni o‘rnatar ekanmiz, dastur bilan birga ortiqcha fayllar ham paydo bo‘ladi. Internet tarmog‘idan foydalanayotganimizda esa har bir yuklangan sayt orqali diskda bir muncha keraksiz fayllar to‘planadi. Windows XR tarkibida esa shu keraksiz fayllarni tozalovchi dastur mavjud. Bu amalni bajarish uchun “Pusk” tugmasi orqali “Programmы → Standartыe → Slujebnыe → Ochistka diska” buyrug‘i tanlanadi.
Bu kabi yordamchi dasturlar yana mavjud bo‘lib ular System Cleaner, System Mechanic yoki Norton Clean Sweepdasturlari, Norton Utilities guruhida mavjud.