Wordda matnni kiritish va taxrirlash.
Wordda hujjatli fayllar xosil qilishning ikkita yo’li mavjud.
1.
Ctrl+N tugmalari orqali.
2.
Файл → Создать buyruqlari orqali amalga oshiriladi.
Xosil qilingan yoki qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldirilgan hujjat xotiraga olib qo’yiladi
aks holda barcha bajarilgan ish yo’qoladi.
Hujjatni birinchi marta saqlash uchun:
1.
Файл → Сохранить как buyruqlar ketma-ketligi bajariladi.
Ekranda
Сохранение документа muloqot oynasi ochiladi.
2.
Oynaning
Имя файла deb nomlangan qismiga fayl nomi kiritiladi va Сохранить
buyrug’i sichoncha yordamida bosiladi yoki klaviaturadagi Enter tugmasidan foydalanamiz.
3.
Keyinchalik shu faylga qo’shimcha qilingan ma’lumotlarni
xotiraga olishni
Ctrl+C tugmalar majmui yoki Файл → Сохранить buyruqlari
orqali amalga oshirishimiz
mumkin.
Tayyor hujjatni ochish
uchun esa Файл menyusining Открыть bo’limi faollashtiriladi,
xosil bo’lgan muloqot oynasida mavjud fayllar ro’yxati keltiriladi, zarur fayl sichqoncha orqali
tanlanadi va
Enter tugmasi bosiladi.
Yangi hujjat fayli tashkil qilingandan so’ng avvalam bor kiritiladigan
matn uchun sahifa
holati va o’lchamini tanlab olishimiz kerak bo’ladi, buning uchun
Файл menyusining Parametri
stranitsi bo’limini faollashtiramiz xosil bo’lgan muloqot darchasidan zarur bo’lgan o’lchamlarni
tanlab olamiz. Bunda sahifaning o’ng va chap, yuqori va pastki chegaralari o’lchamlari,
intervallarini qo’yish mumkin.
Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud bo’lgan xarf va belgilardan foydalaniladi.
Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq o’ng tomonga suriladi.
Satrning o’ng chegarasiga etilgandan so’ng matn avtomatik ravishda keyingi satrga o’tadi.
Chegaraga etmasdan turib keyingi satrga o’tish uchun
Enter tugmasidan foydalanamiz.
Matnlarni tahrirlash deganda, uning xatolarini to’grilash, qo’shimchalar kiritish, satrdan-
satrga o’tish, abzats qo’yish, bosh xarflar bilan yozish va shunga o’xshash vazifalar tushuniladi.
Bosh xarflarni yozish uchun
Caps Lock yoki
Shift tugmasidan foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: