Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan
Qishloq xoʻjaligi - moddiy i.ch. ning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Q.x. oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy i.ch.ning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Q.x. juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy i.ch. vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Q.x.ning i.ch. davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va b.; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va b.); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.
Q.x. — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va b. ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.
Jahon Q.x.da dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Q.x.da foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 y.da jahon Q.x.da 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.
Mazkur ko’rgazmalar esa ishtirokchilarga o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba almashish barobarida, yangi texnologik yechim hamda loyihalarni ko’zdan kechirish, yuk tashish, texnik va servis xizmati ko’rsatuvchi ilg’or korxonalar yoki zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beruvchi sanoat sub’yektlari vakillari bilan kelishuvlarga erishish mumkin.
Galdagi xalqaro tadbirlarda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozog’iston, Slovakiya, AQSh, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 25 mamlakatning 110 kompaniya va firmalari qatnashmoqda. Xususan, o’n birinchi bor o’tkazilayotgan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmasida doimiy ishtirokchilar qatorida ilk bor tashrif buyurganlar ham talaygina. Masalan, birinchi marta qatnashayotganlar — Qozog’istonnning “Karlskrona LC. AB” va “Alfa-Suyfeti” korxonalari o’zlarining suvga chidamli nasoslari, klapanlari hamda xavfsizlikni ta’minlovchi uskunalarini keltirgan bo’lsa, Germaniyaning “Haver Niagara” kompaniyasi mineral xom ashyoni boyitish dastgohlarini taqdim etmoqda. Umuman, ko’rgazmadagi tog’-kon, maydalash-taqsimlash, burg’ilash, boyitish uskunalari hamda boshqa qurilmalar zamonaviyligi va tejamkorligi bilan alohida e’tiborga molik.
— Joriy yilgi tadbirda biz ham energiya tejamkor uskunalarimizni keltirganmiz, — deydi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi iqtisodchisi Dilmurod Ro’ziyev. — Shulardan biri — Mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyorlangan raqamli dastur asosida boshqariluvchi universal tokarlik uskunasi bo’lib, afzal jihatlari ko’p. Uning avtomatik usulda sozlanishi o’lchamlarni olishda o’ta aniqlikni taminlashga xizmat qiladi.
Korxonamiz yurtimiz tog’-kon, metallurgiya sanoati va boshqa tarmoqlarga asbob-uskunalar hamda ularning ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi yirik ishlab chiqarish sub’yektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu xalqaro ko’rgazma esa yangi hamkorlar topish, -hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimizda qo’l kelishiga ishonamiz.
Bunday ishchanlik muhitini to’qqizinchi marotaba tashkil qilingan “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016” hamda o’n uchinchi bor uyushtirilgan “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida ham kuzatish mumkin. Zero, ularda namoyish etilayotgan mahsulot hamda taklif qilinayotgan xizmatlar turfa xil.
— Doimo yuqori saviyada tashkil etiladigan mazkur tadbirda bir necha bor qatnashib, yurtingiz ishbilarmonlari bilan yuklarni tashish va yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga muvaffaq bo’lganmiz, — deydi Litvaning “Arijus” kompaniyasi marketing hamda rivojlanish bo’yicha direktori Egidios Ramonos. — O’ylaymanki, galdagi ko’rgazmada ham istiqbolli va manfaatli kelishuvlarga erishamiz.
Xalqaro ko’rgazmalar doirasida, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati — O’zgeoinvest — 2106” IX xalqaro konferensiyasi ham bo’lib o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, “O’ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “O’zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, O’zbekiston xalqaro ekspeditorlari, O’zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar, Bojxona brokerlari uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda “ITE Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur xalqaro ko’rgazmalar joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadi.
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng
qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.
Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol
mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.
Dostları ilə paylaş: |