Qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy xodimlarni xalqaro kompaniya menejment uslubiga o’qitish usullari
Har bir xalqaro kompaniya qabul qiluvchi mamlakatda TMK filiallarida ishlash uchun mahalliy personalni o’qitish bo’yicha o’z dasturlari va usullariga ega. Xalqaro kompaniya ixtisoslashuviga ko’ra bu dasturlar va usullar quyidagilardan iborat. Ta’lim oluvchi mutaxassis o’z mamlakatida korxona faoliyati sharoitlarida menejment uslubini o’zlashtirish uchun xalqaro kompaniyaning tajribali menejeri bilan birga mehnat qiladi. Chet elda o’qitish. Xalqaro kompaniya xorijiy filialining mahalliy mutaxassislari bosh kompaniya joylashgan mamlakatga yoki boshqa xorijiy filiallar joylashgan qabul qiluvchi mamlakatlarga o’qitishga yuboriladi. Masalan, “IBM” (AQSh) korporatsiyasi qabul qiluvchi mamlakatlar mutaxassislarining har birini o’z yo’nalishi bo’yicha tayyorlashni ta’minlash uchunYevropada uchta markaz tashkil kilgan. Turkiyada “IBM” markazida marketing bo’yicha mutaxassislar, Belgiyada – kompaniya ishlab chiqarish bo’linmalari menejerlari, Buyuk Britaniyada - yuqori boshqaruv daraja menejerlari tayyorlanadi.