Mavzu: Xalqaro kredit shakllari va xisob-kitob shartlarining qo'llanilishi Reja: Kirish



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə4/7
tarix23.05.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#120444
1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro kredit shakllari va xisob kitob shartlarining qo\'llanilishi (3)

1-jadval
Xalqaro kredit turlari8


T/r

Turkumlash belgilari

Xalqaro kredit turlari

1


Kreditlash harakteri bo’yicha

  • davlatlararo kreditlar

  • xususiy kreditlar

  • firma kreditlari

2

Kreditlash shakli bo’yicha


  • davlat krediti

  • bank krediti

  • tijorat krediti

3

Tashqi savdo tizimida tutgan o’rni bo’yicha

  • eksportni kreditlash

  • importni kreditlash

4


Kreditlash muddati bo’yicha

  • qisqa muddatli (1 yilgacha)

  • o’rta muddatli (1-5 yilgacha)

  • uzoq muddatli (5 yildan ortiq)

5

Kreditlash ob’ekti bo’yicha

  • tovar krediti

  • valyuta krediti

6


Ta’minlanganlik darajasi bo’yicha

  • tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlangan kreditlar

  • hujjatlar bilan ta’minlangan kreditlar

Xalqaro bank kreditlarining:



  • bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit);

  • yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovalyuta bozori resurslari hisobidan yevrovalyutada, ikki yildan o’n yilgacha bo’lgan muddatda, o’zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud (1-jadval).

Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni - xalqaro valyuta fondi, o’rta muddatli kreditlarni - Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli (yigirma yilgacha) kreditlarni - Yevropa rivojlanish va taraqqiyot banki berishlari mumkin.
Xalqaro kredit umumjahon munosabatlarining maxsus shakli bo’lib, unda davlatlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari va yirik banklar ishtirok etadilar.Xalqaro kreditning mohiyati bir yoki bir necha mamlakatlar, xalqaro moliya- kredit tashkilotlari tomonidan boshqa mamlakatlarga milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini rivojlantirish va o’zaro xo’jalik aloqalarini kengaytirish uchun tovarlar yoki pul shaklidagi resurslarni vaqtincha foydalanishga berishdan iboratdir.Xalqaro kredit o’zaro bog’liq funksiyalarni bajarish orqali ikki yoqlama, ya’ni ijobiy va salbiy rol o’ynaydi.
Xalqaro kreditning ijobiy roli takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlanishi hamda uning kengayishi orqali ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining tezlashishida o’z aksini topadi. Ushbuda ularning o’zaro aloqasi aks etadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard oqibatda takror ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi bog’lovchi bo’g’in hamda uzatkich mexanizmi rolini o’ynaydi. Ishlab chiqarish o’sishining mahsuli bo’lgani holda xalqaro kredit bir vaqtning o’zida uning zaruriy sharti va katalizatori bo’lib ham hisoblanadi. U ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining baynalmilallashuvi, jahon bozorining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’maklashadi va xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tezlashishiga ko’maklashadi: Mamlakatlarning kredit siyosati jahon bozorlarida kreditor mamlakat mavqelarini mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o’stirgan holda olingan foydalarni qarzdor mamlakatlardan o’tkazish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda ssudalarni foizlar bilan qaytimining jamiyat sof daromadining ma’lum bir hajmidan oshgan yillik to’lovlari qarzdor mamlakatlarda mazkur jamg’armalarning shakllanish manbalariga salbiy ta’sir etadi. Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mamlakatlar uchun qulay bo’lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi hamda mustahkamlanishiga ko’maklashadi. Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, jahon xo’jalik aloqalari yangi shakllarining paydo bo’lishi xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga ob’ktiv asos bo’lib xizmat qiladi.
Xalqaro xususiy kreditlar turli transmilliy korporatsiyalar, firmalar, banklar va vositachi brokerlik kompaniyalari tomonidan berilishi mumkin. Ushbu kreditlar ichida yirik korxona va firmalar tomonidan beriladigan kreditlar salmog’i juda kattadir. Masalan, O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan juda ko’p qo’shma korxonalar xorijiy firmalar va korxonalar tomonidan berilgan kreditlar yordamida yaratilgan. Xalqaro davlatlar krediti yoki hukumatlararo kreditlar u yoki bu mamlakat hukumati kredit muassasalari tomonidan boshqa mamlakatning u bu tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish maqsadida beriladi. Hukumatlararo kreditlar xususiy kreditlarga nisbatan past foizlarda yoki imtiyozli ravishda yoki umuman foizsiz, ayrim hollarda beg’araz yordam sifatida ham berilishi mumkin.6
Masalan, 2000 yilda Turkiyada ro’y bergan zilzila oqibatlarini tugatish va iqtisodiyot obektlarini tiklash maqsadida AQSH «Eksimbank»i 50 mlrd. AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. O’zbekistonda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish maqsadida Janubiy Koreya hukumati respublikamizga 37 mln. AQSH dollari miqdorida, Yaponiya hukumati tomonidan ham kreditlar berdi. Bunday kreditlar Yevropa mamlakatlari tomonidan ham berilmoqda. Xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan kreditlar odatda, rivojlanayotgan mamlakatlarga Uzoq muddatlarga, imtiyozli shartlarda, past foizlarda aniq maqsadlarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday maqsadlar qatoriga makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, milliy valyutani mustahkamlash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatchilik muhitini shakllantirish, kadrlar tayyorlash dasturlari kabilar kiradi.
Xalqaro va mintakaviy valyuta-kredit tashkilotlari qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB yoki Jahon banki), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) va boshqalar kiradi.O’zbekiston Respublikasining yuqoridagi xalqaro va mintaqaviy valyuta- kredit tashkilotlar bilan xalqaro kredit munosabatlari to’g’risida kelgusi bo’limda batafsil ma’lumot beriladi.Hozirgi paytda rivojlanayotgan va muhtoj mamlakatlarga xalqaro kreditdan tashqari turli jamoat tashkilotlari va fondlar tomonidan beg’araz yordam ko’rsatilmoqda. Bunday yordam asosan sog’liqni saqlash va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etish va boshqa maqsadlarda berilmoqda. Bunday tashkilotlar sifatida Xalqaro «Ekosan» fondi, Xalqaro Qizil Hoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari, TAKIS dasturi, Germaniyaning K.Adenuer va A.Gumbolt, AQShning B.Franklin va G.Soros fondlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.Xalqaro kreditning tamoyillari. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning tamoyillarida aks etadi:
1)qaytarishliligi: agarda olingan mablag’lar qaytarilmayotgan bo’lsa, unda ushbu holat kapitalni qaytarmaslik sharti bilan berilishiga, ya’ni moliyalashtirishga aloqadordir;
2)muddatlilik: kredit kelishuvida belgilangan muddatlarda kredit qaytarilishini ta’minlaydi;
3)to’lovlilik: qiymat qonuni harakatini aks ettirgan holda kreditning har bir holatidagi alohida shartlarni amalga oshirish usulidir;
4)moddiy ta’minlanganligi: kredit so’ndirilishining kafolatida o’z aksini topadi;
5)maqsadli yo’nalishi: ssudaning aniq bir ob’ktlarini belgilanishi.
Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiy qonunlari bilan aloqalarini ifodalaydi va bozor sub’ktlari hamda davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishish maqsadida ishlatiladi.7


Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin