Mavzu: Xalqaro kredit shakllari va xisob-kitob shartlarining qo'llanilishi Reja: Kirish


-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi11, mlrd. so’m



Yüklə 165,28 Kb.
səhifə6/7
tarix23.05.2023
ölçüsü165,28 Kb.
#120444
1   2   3   4   5   6   7
Xalqaro kredit shakllari va xisob kitob shartlarining qo\'llanilishi (3)

3-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo’yicha tarkibi11, mlrd. so’m
Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag’lari hisobidan 24856,0 mlrd. so’m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 13,1 % ini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi), O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 27866,4 mlrd. so’m (14,7 % va 0,9 % punktiga ko’paydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 21615,4 mlrd. so’m (11,4
% va 8,3 % punktga ko’paydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 6511,9 (3,4 % va 3,0 % punktga kamaydi), Respublika byudjeti 14518,0 mlrd. so’m (7,6 % va 1,1 % puktiga kamaydi), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg’armasi 1759,2 mlrd. so’m (0,9 % va 0,3 % punktga ko’paydi) va Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi hisobidan esa 31,3 mlrd. so’m asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirildi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o’sish sur’atlarini moliyalastirish manbalari bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 4,1 marta o’sdi. Shuningdek, to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan ivestitsiyalarda ham yuqori o’sish sur’atlari – 3,6 martaga o’sish kuzatilib, bu mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan “Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib borish, O’zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi, Muborak, Surxon, Ashibuloq va Koskud, g’arbiy Farg’ona investitsiya bloklari) neft-gaz konlariga ishlov berish va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, hududlarda sement ishlab chiqarishini tashkil etish, to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal o’zlashtirilgani bilan bog’liq.
Xulosa
Xalqaro kreditning turli shakllarini kredit munosabatlarining ayrim tomonlarini xarakterlovchi bir nechta muhim omillariga ko’ra umumiy asosda quyidagicha tasniflash mumkin:
-manbalarga ko’ra tashqi savdoni kreditlash hamda moliyalashtirishning ichki, xorijiy va aralash turlari farqlanadi. Ular o’zaro yaqindan bog’liqdir hamda eksportyordan importyorgacha bo’lgan tovar harakatining barcha bosqichlariga xizmat ko’rsatadi.
Tovar sotuv jarayoniga qanchalik yaqin bo’lsa, odatda xalqaro kreditning shartlari qarz oluvchiga shunchalik yoqimli bo’ladi;
-belgilanishiga ko’ra tashqi iqtisodiy bitimning qaysibiri qarz mablag’lari hisobiga qoplanishiga bog’liq holda quyidagilar farqlanadi:
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiykorxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik asosida berilladigan kredit hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, suveren davlat sifatida o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo’lga qo’ya boshladi. 1991 yilgacha O’zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi Qonun O’zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:

  • qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat muassasalari va tashkilotlari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar) xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari qatnashadilar;

  • qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;

  • qarz beruvchi mamlakatga to’lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat axolisi tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.

Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el obligasiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo’yish shaklida ham bo’ladi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;

  • kapitalning konsentrasiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;

  • har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi.

Xalqaro kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan qopdirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo’linadi. Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.

Yüklə 165,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin