MAVZU: O'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz yashovchilar bilan tibbiy-ijtimoiy ishlar olib borish
Fan: Aholiga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Raupov Rifat
REJA:
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchilar;
Tibbiy-ijtimoiy xizmat standarti;
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchilarga ko'rsatiladigan Tibbiy-ijtimoiy xizmat turlari.
Mavzuga doir atamalar
Tibbiy-ijtimoiy yordam — keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqalar va boshqa to‘lovlar, imtiyozlar, bepul tibbiy ko'riklar va boshqa tibbiy yordamlar, natura tarzidagi yordam (oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj gigiyena tovarlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari va boshqalar);
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar — keksalar va nogironlar hayoti sifatini oshirishga, ularga jamiyat hayotida qatnashish uchun boshqa fuqarolarga teng bo‘lgan imkoniyatlar yaratishga va(yoki) o‘zining bazaviy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va xatti-harakatlar kompleksi;
Tibbiy-ijtimoiy xizmat standarti — vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchilarga nisbatan xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha belgilangan talablar, ular xizmatlar tavsifini, xizmatlar ko‘rsatish shart-sharoitlarini, muddatlarini, ijtimoiy xizmatlarning sifati va natijadorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar (yolg‘iz yashaydigan keksalar va nogironlar) — yolg‘iz yashaydigan yoki keksalar va nogironlar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni o‘tash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda bo‘lgan shaxslar bilan birga yashaydigan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar) hamda I va II guruh nogironlari; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar (yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar) — farzandlari (shu jumladan asrab olgan farzandlari); voyaga yetmagan yoki nogiron bolalar bundan mustasno, eri (xotini) va ota-onasi, keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar bundan mustasno; shuningdek vasiylari, homiylari va sud tomonidan keksani yoki nogironni parvarish qilish majburiyati zimmasiga yuklangan shaxslari bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan pensiya yoshidagi (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar) shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxsiy ro‘yxati (Shaxsiy ro‘yxat) — yolg‘iz yashaydigan yoki yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar deb hisoblash to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining tegishli qarori qabul qilingan shaxslar ro‘yxat