PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-3, Issue-1, February–2022
163
OILA HUQUQI TUSHUNCHASI, TAMOYILLARI VA TIZIMI.
OILA HUQUQINING MANBALARI. OILAVIY-HUQUQIY
MUNOSABATLAR
Razzakova M.A.
O’zDJTU akademik litseyi “Oilashunoslik” fan o’qituvchisi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
normalari bilan oilaning muhofaza ostiga olinganligini
ilmiy asoslash hamda
oilaning davlat va jamiyat muhofazasida bo‘lish huquqini ilmiy-nazariy asoslar bilan
ochib berishi bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:
Konstitutsiya, davlat, oila, huquq, deklaratsiya,
tashkilotlar,
nikoh, jamiyat, hujayra, jins, munosabat,
muhofaza, tizim, shaxs, majburiyat,
tarbiya, prinsiplar, modda.
Oila tushunchasi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994
yildan boshlab,
har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qildi.
1993 yildan buyon Venada, Qohirada, Kopengagenda
va Pekinda hamda qator
boshqa Xalqaro anjumanlar kun tartibiga oila masalasi ataylab kiritilishida ham
ma’no bor.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan
«Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ning 16-moddasida shunday deyiladi:
«1. Balog‘atga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniga qarab biror bir
cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga egadirlar.
Ular nikohdan
o‘tayotganda ham, nikohda bo‘lgan vaqtda ham va nikoh bekor qilinayotganida ham
bir xil huquqlardan foydalanadilar.
2. Nikoh, nikohdan o‘tayotgan ikkala tomonning xohishi va batamom roziligi
bilangina tuzilishi mumkin.
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir va u jamiyat, davlat tomonidan
muhofaza etilish huquqiga egadir».
Inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro bill. –T.: Adolat, 1992, 14-bet.