PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-3, Issue-1, February–2022 164 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ta’kidlangan quyidagi
so‘zlar nihoyatda ramziy va teran ma’nodadir: «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega».
Jamiyat va davlatning oila xususidagi g‘amxo‘rligi avvalambor, davlat yuritayotgan
kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo‘lmoqda. Davlat rahbarligida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy islohiy chora-tadbirlarning
bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iboratdir. O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1997 yil - «Inson
manfaatlari yili», 1998 yil - «Oila yili», 1999 yil - «Ayollar yili», 2000 yil -
«Sog‘lom avlod yili», 2001 yil - «Ona va bolalar yili», 2002 yil - «Qariyalarni
qadrlash yili», shuningdek boshqa bir qator yillar bevosita oila bilan bog‘liq holda
e’lon qilindi. Hukumat tomonidan har yili tegishli Davlat dasturlari qabul qilinib,
sobitqadamlik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.
Oilaning asosiy vazifalari Oila erkak va ayolning nikohdan o‘tib, bir yostiqqa bosh qo‘ygan kunidan
boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi naslni davom etti¬rish, shuningdek ota-
bobolarining eng yaxshi an’ana va udumlarini davom ettirish, turmushni
mustahkamlashdan iboratdir.
Oila jamiyatning boshlang‘ich hujayrasini tashkil etib, unda aholini ko‘payishi va
yosh avlodni tarbiyalash vazifalari bajarila¬di.
Uning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat: Birinchidan, u jamiyatning
demokratik hujayrasini tashkil etib odamlar shu muqaddas koshonada tug‘ilib o‘sib
jamiyat tarkibini tashkil etadi.
Ikkinchidan, oila muhim bo‘g‘in bo‘lib unda biz mehnat jarayo¬nida sarf qilgan
kuchlarimizni tiklaymiz.
Uchinchidan, oila muhim tarbiya o‘chog‘i. Va oxiri to‘rtinchidan, nodir ruhiy
muhitdir.
Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g‘ri yo‘li oilaviy hayot ekan.
Yolg‘iz bo‘lib yashash har xil palakatlarga va fojialarga olib kelar ekan.