I bob. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari



Yüklə 285,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü285,89 Kb.
#38535
  1   2   3
1-Mavzu.



I  BOB. 

BIZNES HUQUQI

 

TUSHUNCHASI VA 

MANBALARI 

 

 

Xo‘jalik  (biznes)  huquqi  tushunchasi  va  predmeti.  Xo‘jalik 



(biznes)  huquqi  tamoyillari.  Fanning  boshqa  huquqiy  fanlardan 

farqi.  Xo‘jalik  (biznes)  huquqining  manbalari  tushunchasi  va 

turlari. Xo‘jalik (biznes) huquqiga oid qonunlar va boshqa huquqiy 

normalar. 

 

Xo‘jalik (biznes) huquqi tushunchasi 



 

va uning predmeti 

 

Xo‘jalik  (biznes)  huquqiga  ta’rif  berishdan  avval  uning  huquq 



tizimida  tutgan  o‘rniga  to‘xtalib  o‘taylik.  Xo‘jalik  (tadbir-korlik) 

huquqiga  bir  tomondan,  huquqning  mustaqil  sohasi  si-fatida, 

ikkinchi  tomondan,  qonunchilik  tarmog‘i,  uchinchidan,  fan, 

to‘rtinchidan, o‘quv predmeti (fani) sifatida qaraladi. 

 

Ma’lumki,  xo‘jalik  faoliyati,  sobiq  sho‘rolar  tuzumi  sharoitida 



yagona  mulkka  va  davlat  rejasiga  asoslangan  xo‘jalik 

munosabatlaridan 

iborat 

bo‘lib, 


gorizontal 

xo‘jalik 

munosabatlarini  xuddi  shunday  ularga  rahbarlikdan  kelib 

chiqadigan vertikal munosabatlarini o‘z ichiga qamrab olgan edi. 

 

Bozor  munosabatlarining  tobora  rivojlanib  borishi  yangi-yangi 



mulkdorlar guruhini shakllantiradi, tadbirkorlarni keltirib chiqaradigan 

bu  guruhlar  xo‘jalik  munosabatlarining  mustaqil  sub’yekti  bo‘lib 

ishtirok  etadi.  Ular  o‘rtasidagi  mulkiy  munosabat-larning  aksariyati 

xo‘jalik  qonunchiligi  bilan  tartibga  solinadi.  Xo‘jalik  huquqiy 

munosabatlar  doirasi,  bozor  iqtisodiyotining  rivojlanib  borishi  bilan 

birga,  borgan  sari  kengayib  boradi,  xususan,  tovar  ishlab  chiqarish 

va  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  korxonalar,  tad-birkorlar,  fermerlar, 

dehqon  xo‘jaliklari,  banklar,  birjalar  va  shunga  o‘xshash  boshqa 

sub’yektlar o‘ziga xos maxsus faoliyat ko‘rsatadilar. 

 

Xo‘jalik  huquqi  huquq  tarmog‘i  sifatida  iqtisodiyot  sohasidagi 



faoliyatni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat. «Iqtisodiy 

faoliyat» atamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 

 

—6— 



53-

moddasida  belgilangan.  «Iqtisod»  so‘zi  —  «ekonomika» 

grekcha  «ekonomos»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «xo‘jalik»  degan 

ma’noni  anglatadi.  Ushbu  termin  qonun  chiqaruvchi  tomonidan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  «Xo‘jalik  faoliyati 

sohasidagi  jinoyatlar»  deb  nomlangan  XIII  bobida  qo‘llanilgan. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 

69-mod-das

ida  «xo‘jalik  faoliyati»,  O‘zbekiston  Respublikasining 

«Tad-birkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonu-

nining 18-

moddasida «iqtisodiy faoliyat» iboralari qo‘llanilganligini 

misol tariqasida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

 

 



 

IQTISODIY (XO‘JALIK) FAOLIYATI 

 

BOSQICHLARI 



 

ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)gacha 

 

bo‘lgan bosqich (ro‘yxatdan o‘tkazish, 



litsenziyalash, ruxsatnoma olish) 

 

 



ishlab chiqarish bosqichi (tovar ishlab 

 



chiqarish, ishlarni bajarish, xizmat 

ko‘rsatish) 

 

ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)dan keyingi 



 

† 

bosqich  (soliq  xizmati,  statistika  organlari 



oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi)

 

 



 

 

 



 

IQTISODIY FAOLIYAT (XO‘JALIK FAOLIYATI) 

MANFAATLARINING 

SUB’YEKTLARI 

 

 

ˆ 



ˆ 

jamiyat va 

korxonalarning 

davlat 


mehnat jamoalari 

mahsulot  

ˆ 

ˆ

  korxona 



iste’molchilari 

mulkdorlari 

 

—7— 



Xo‘jalik faoliyati jarayonidagi manfaatlar hudud va milliy 

sifatlari bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: 

 

1.  Milliy va xorijiy. 



 

2.  Regional va mahalliy. 

 

3. 


Iqtisodiyot sohalari bo‘yicha. 

 

Jumladan,  notijorat  munosabatlarni,  shuningdek,  davlat  va 



jamiyat  manfaatini  ta’minlash  maqsadida  davlat  tomonidan 

iqtisodiyotni  tartibga  solish  bilan  bog‘liq  munosabatlarni  tartibga 

solib turuvchi qoidalar yig‘indisini o‘zida mujassamlashtiradi.

 

 



Xo‘jalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat 

emas,  balki  ishlab  chiqarishni  boshlash  uchun  bino  olish  yoki 

qurish,  joy  olish,  yoqilg‘i,  xomashyo,  asbob-uskunalarga  ega 

bo‘lish  bilan  bog‘liq  munosabatlarni  ham  qamrab  oladi.  Ana 

shular xo‘jalik huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar 

bo‘lib,  bevosita  daromad  (foyda)  olishga  qaratilmagan  boshqa 

maqsadlar  bilan  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Bular  jumlasiga  mulkni 

boshqarish, korxonani tuzish va tugatish bo‘yicha tashkiliy-mulkiy 

tusdagi barcha faoliyatlarni kiritish mumkin. 

 

 



Xo‘jalik sub’yektlarining o‘zaro vertikal va gorizontal 

 

munosabatlari guruhlari 



 

 

ˆ 



ˆ 

ˆ 

Birinchi guruh 



Ikkinchi guruh 

Uchinchi guruh 

ˆ 

ˆ 

ˆ 



xo‘jalik faoliyatini 

xo‘jalikka rahbarlik 

ichki munosabatlar 

— 

amalga oshirish 



qilishdan kelib 

har bir korxona, 

bilan bog‘liq 

chiqadigan(xo‘jalikni 

birlashmaning ishlab 

munosabatlar 

— 

boshqarishga oid) 



chiqarish tuzilmalari 

bevosita mahsulot 

munosabatlar 

o‘rtasidagi ichki 

ishlab chiqarish, ish   

munosabatlari shaklida 

bajarish, xizmat 

 

namoyon bo‘ladi 



ko‘rsatish bilan 

 

 



bog‘liq xo‘jalik 

 

 



faoliyatidir 

 

 



 

 

 



 

—8— 



Xo‘jalik  (biznes)  huquqining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  uning 

sub’yektlari bilan ham bog‘liqdir. 

 

Ma’lumki,  rejali  iqtisodiyot  sharoitida  xo‘jalik  munosabatlari 



faqat  korxona  va  tashkilotlar  hamda  ularning  bo‘limlari  o‘rtasida 

vujudga  kelar  edi. 

Xo‘jalik  faoliyatini  alohida  fuqaro  emas,  balki 

ularning jamoasi olib borar edi. Fuqaro xo‘jalik faoliyatida tashkilot 

jamoasi tarkibida ishtirok etar edi. Ularning bu munosabatlari esa 

mehnat huquqi bilan tartibga solinar edi. 

 

Respublikamizda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish,  avvalo,  davlat 



mulkini  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  xususiy  mulkni  shakllanti-

rishdan  boshlanadi.  Alohida  fuqaroning  xususiy  mulk  egasi 

sifatida e’tirof etilishi uni biznes faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 

imkoniyat berdi va buning uchun yetarli huquqiy asoslar yaratildi. 

Endilikda  fuqaro  foyda  olish  maqsadida  tavakkalchilik  asosida, 

tegi


shli  tartibda  davlat  ro‘yxatidan  o‘tgan  vaqtdan  e’tiboran 

tadbirkor  maqomiga  ega  bo‘lgach,  xo‘jalik  faoliyati  bilan  boshqa 

xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  qatori  teng  huquqlilik  asosida 

shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi. 

 

Respublikamizda 



bozor 

munosabatlarining 

bosqichma-

bosqich  shakllanib  borishida  biznes  faoliyatining,  biznes 

munosabatlari  ishtirokchilarining  ham  roli,  ta’siri  tobora  muhim 

ahamiyatga  ega  bo‘lib  bormoqda.  Jumladan,  bu  munosabatning 

o‘ziga  xos  xususiyatlari,  ya’ni  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish, 

tadbirkor-

likni 

ro‘yxatga 



olish, 

uni 


korxona 

shaklida 

rasmiylashtirish,  hisob-

kitob  olib  borish,  soliq  to‘lash,  bozorga 

tovar,  ish  va  xizmat  bilan  chiqish  tartibini  va  qoidasini  belgilash, 

boshqa  korxona  va  tashkilotlar  bilan  bo‘ladigan  o‘zaro 

munosabatlarni huquqiy boshqarishni taqozo etadi. 

 

Agar,  muqaddam  fuqaroning  bozorga  chiqishi  iqtisodiyotimiz 



uchun  tasodifiy  bir  hol  bo‘lib  va  ma’muriy  huquq  qoidalari  bilan 

boshqarilgan  bo‘lsa,  hozirgi  bozor  munosabatlari  sharoitida  bu 

munosabatlar  bir  butun 

bo‘lib,  tovar  ishlab  chiqaruvchilar 

faoliyatini tartibga soluvchi yagona qoidalar bilan tartibga solinadi. 

Demak,  korxona,  tashkilotlarning,  tadbirkorlarning  moddiy  ishlab 

chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlari 

bir  butun  hold

a  xo‘jalik  huquqiga  oid  qonunlar  orqali  tartibga 

solinib  turiladigan  xo‘jalik  munosabatlarining  birinchi  guruhini 

tashkil etadi. 

 

—9— 




Xo‘jalik  munosabatlari  bevosita  foyda  olish  bilan  bog‘liq 

bo‘lmagan  holda  ham  mavjud  bo‘ladi.  Bunday  faoliyatga  misol 

sifatida  mulkni  boshqarish,  idora  qilish,  korxona  tashkil  etish, 

tugatish  bilan  bog‘liq  tashkiliy-mulkiy  xarakterdagi  faoliyatlarni 

ko‘rsatish  mumkin.  Ana  shu  munosabatlar  ham  bevosita  xo‘jalik 

huquqi qoidalari bilan tartibga solinib turiladi. 

 

Xo‘jalik  sub’yektlari  viloyat,  shahar,  tuman,  mahalliy  hokimiyat 



idoralari  bilan  tegishli  xo‘jalik  faoliyatini  tashkil  etish  va  mulkni 

boshqarishda  ishtirok  etadi.  Bunday  xo‘jalik  munosabatlari  foyda 

olish bilan 

bog‘liq bo‘lsa ham, xo‘jalik boshqarishini o‘z ichiga oladi. 

 

Davlat  budjetidagi  muassasalar,  matlubot  jamiyati,  xayriya 



fondlari  va  vazifalarini  hal  etish  uchun  xo‘jalik  munosabatlariga 

kirishadigan  boshqa  muassasalar  faoliyati  foyda  olish  bilan 

bog‘liq bo‘lmagan faoliyat jumlasiga kiradi. Bu munosabat biznes 

faoliy


ati  bilan  juda  yaqin  bo‘lib,  shakli  jihatdan  uni  amalga 

oshirishdan  deyarli  farqlanmaydi  va  shu  tufayli  xo‘jalik  huquqi 

bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  xo‘jalik  munosabatlarining  ikkinchi 

guruhini tashkil etadi. 

 

Davlat  jamiyat  manfaatini  hisobga  olgan  holda  xo‘jalik 



faoliyatini  amalga  oshiruvchi 

sub’yektlarga  iqtisodiy  ta’sir  etadi, 

uning  faoliyatini  nazorat  qiladi.  Bu  munosabat  xo‘jalik  huquqi 

predmeti-ning uchinchi guruhini tashkil etadi. 

 

Yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  munosabatlar  guruhi  bozor 



iqtisodiga  oid  bo

‘lgan  va  davlat  tomonidan  tartibga  solinadigan 

xo‘jalik sub’yektlarining ko‘p qirrali faoliyatini ifodalaydi. 

 

Boshqariladigan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish xo‘jalik 



munosabatlari  to‘g‘risidagi  va  tegishli  xo‘jalik  huquqi  predmeti 

haqidagi  tush

unchaning  ham  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Chunki, 

ma’muriy  buyruqbozlikka  asoslangan  xo‘jalik  huquqi  tizimi 

muqaddam  faqat  davlatga  tegishli  bo‘lgan  korxona,  tashkilotlarga 

doir  xo‘jalik  munosabatlariga,  shuningdek,  kooperativ  va  boshqa 

tashkilotlar  bilan  bo

g‘liq  xo‘jalik  munosabatlariga  xizmat  qilgan  edi. 

Hozirgi kunda esa mulk shakllarining ko‘p xilligi, fuqaro mulklarining 

kichik  korxona  shaklida,  dehqon  xo‘jaligi,  xususiy  biznes  faoliyati 

shaklida  ishlab  chiqarishga  jalb  etilishi,  xo‘jalik  munosabatlarining 

shakli, hajmi, xarakteri va mazmunini o‘zgartirib yubormoqda. 

 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  hamma  uchun  majburiy  rejali  tartib 



o‘z kuchini yo‘qotadi. Ammo, reja faqat alohida olingan holatlarga

 

—10— 




ya’ni  davlat  ehtiyojlarini  ta’minlashga  qaratilgan  topshiriqlarni 

bajarishga tatbiq etiladigan bo‘ladi. 

 

Bozor 


munosabatlariga 

o‘tish 


sharoitida 

xo‘jalik 

munosabatlarini  huquqiy  tartibga  solish  bozor  uchun  tovar  ishlab 

chiqarishga  (ish  va  xizmat  ko‘rsatishga)  ixtisoslashgan  faoliyat 

bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Shu  sababli  har  qanday  sub’yekt  o‘ziga 

tegishli mulk yuzasidan ishlab chiqarish faoliyatiga kirishadi va uni 

amalga oshirish jarayoni xo‘jalik huquqi bilan tartibga solinadi. 

 

Xo‘jalik  huquqi  davlatning  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  ta’sir 



etishi  bo‘yicha  kelib  chiqadigan  munosabatlarga  ham  tatbiq 

etiladi.  Bu  davlat  bilan  boshqa 

sub’yektlarning  o‘zaro  vertikal 

bo‘yicha xo‘jalik yuritish munosabatlaridir. 

 

Bozor  munosabatlari  sharoitida  rejalashtirish  shaklidagi  davlat 



rahbarligi,  nazorat,  idora  etish  o‘z  xarakterini  va  xususiyatini  yo‘qotib 

boradi. U ko‘proq shartnoma asosida ta’sir etish usuliga o‘tadi. Masalan, 

xo‘jalik 

yurituvchi 

sub’yektlarning 

o‘zaro 


munosabatlari 

faqat 


shartnomaga asoslanadi, korxonalarning o‘z ichki bo‘g‘inlariga rahbarlik 

qilishi ichki xo‘jalik shartnomalariga asoslanadi. Biroq ozmi-ko‘pmi qabul 

qilingan rejali hujjat natijasida tashkil topadigan tegishli munosabatlar va 

rahbarlik, davlat ehtiyoji uchun davlat buyurtmasi ustidan mulk egasining 

nazorat qilish funksiyasi o‘rnatilgan qoida va tartib yo‘li bilan davlat ta’sir 

chorasini  amalga  oshirish  (ijtimoiy,  ekologik  va  shunga  o‘xshash) 

tartibga  solishning  ma’lum  bir  yig‘indisini  tashkil  etadi,  iqtisodga 

davlatning  ta’sir  etish  choralarining  yangi  turlari:  soliq,  antimonopoliya 

nazorati va boshqalar kelib chiqadi. 

 


Yüklə 285,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin