Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot



Yüklə 152,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü152,09 Kb.
#172551
  1   2   3   4
MIkro va Makro Mustaqil ish



 
 
 
 
 

Mikroiqtisodiyot . Makroiqtisodiyot
fanidan Mustaqil ish 
 
 
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon 
 
13-varint. Истеъмолчиларнинг қарор қабул қилишларида даромад 
самараси ва алмаштириш самарасининг аҳамияти. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Daromad samarasi 
– bu ne’mat narxi oʻzgarishi (almashish samarasi hisobga 
olinmaganda) natijasida real daromad oʻzgarishining iste’molchi talabiga 
ta’siridir. Daromad samarasi – bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini 
oshganligini koʻrsatadi va u bir byudjet chizigʻidan boshqa byudjet chizigʻiga 
iste’molchining optimal tovarlar majmuasini oʻtishini akslantiradi. 
Almashtirish samarasi 
– bu naflik darajasi oʻzgarmaganda, tovarlar narxi 
oʻzgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlar talabi tarkibining oʻzgarishidir. 
Almashish samarasi 

ne’mat narxini oʻzgarishi natijasida 

ne’matni qoʻshimcha 

ne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizigʻi 

1 boʻyicha boʻladi. 
Daromad – iste’mol chizigʻi. 
Daromadning oʻzgarishi byudjet chizigʻini oʻziga 
parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati 
oʻzgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi
kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir 
xil oʻzgarganda ham sodir boʻladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, 
natijada byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning 
oʻsishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizigʻi pastga-chapga siljiydi. 
Real daromadning oʻsishi natijasida byudjet chizigʻi holatlarga ketma-ket siljiydi 
(n A A A A ,..., , , 3 2 1 
Daromadlarning oʻzgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi 
muvozanat nuqtalari oʻrnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi 
chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks “daromad-iste’mol” chizigʻi deb atadi va bu 
chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi” chizigʻi deb ham ataladi. n 
EEEE,...,, , 3 2 1 
Agar “daromad-iste’mol” chizigʻi koordinata boshidan burchak ostidagi toʻgʻri 
chiziqdan iborat boʻlsa, daromadning oʻsishi, iste’molchining iste’mol qiladigan 
ne’matlari bir xil proporsiyada oʻsadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil 


proporsiyada xarid qilsa, chizigʻining yotiqligi oʻzgaradi. tovarlar sotib olish 
boshida tez sur’atda oʻsadi, keyinchalik tovarni sotib olish, tovarga nisbatan oshib 
boradi. 
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi boʻlib daromad oʻzgarishining 
iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan 
oʻzgarishini ifodalovchi chiziqlar
Engel egri chiziqlari 
deyiladi 
Gorizontal oʻq boʻyicha iste’molchi daromadi ordinata oʻqi boʻyicha - sotib 
olinadigan tovarlar miqdori belgilangan. R, Q 
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻyinadi (- 
oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari bilan va 
nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli 
tovarlar va xizmatlarga oʻtganda ham, standart sifatli sanoat mahsulotlariga 
talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan. Q1 . Q2. Q3 

Yüklə 152,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin