9.2.1-jadval. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini global depozitar tilxatlar orqali xalqaro muomalasini tashkil etishda qo‘llaniladigan tanlovlar va tartiblar
Maqsad
AQShdan tashqari bozorlarda
AQSh bozorlarida
GDTlarni emissiya qilish mexanizmi
Izoh
Barcha bozorlarda kapitalni oshirish
Dtni qayd etish tartibi
“144 A” qoidasi asosida GDTlar emissiyasi
GDTni ko‘proq asosiy tarkibini tashkil etib, faqat AQShdagi ma’lum doiradagi malakali investorlarga mo‘ljallangan
Dtni qayd etish tartibi
ADTni 3-darajasini chiqarish tartibi
Har ikki bozordagi aksiyalarga bo‘lgan yalpi taklifni xisobga oladi
Kapitalni oshirish (AQShda)
ADTni 1-darajasini chiqarish tartibi
ADTni 1-darajasini chiqarish tartibi bo‘yicha emissiya qilingan GDT davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bozorda 40 kun davomida muomalada bo‘ladi
AQShda aksiyadorlar bazasini kengaytirish
ADTni 2-darajasini chiqarish tartibi
AQShdan tashqarida kapitalni o‘sishini ta’minlasada, emitent xisobotlariga qo‘yilgan qa’tiy talablar yoki ularga berilgan ayrim vakolatlar asosida GDTlar muomalasi amalga oshiriladi
Jahonning barcha bozorlarida kapitalni oshirish maqsadida GDTlarni emissiya qilish AQShdan tashqari bozorlarda “Qayd etish” mexanizmi orqali AQSh bozorlarida esa faqat “144 A” qoidasi yoki ADTni 3-darajasini chiqarish tartibi asosida amalga oshirilishi mumkin. AQShda GDTlar asosan “144 A” qoida bo‘yicha emissiya qilinib, ular faqat ma’lum doiradagi malakali investorlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. GDTlarni ADTning 3-darajasini chiqarish tartibi asosida emissiya qilishda AQSh va undan tashqaridagi bozorlarda GDTlarning asosi bo‘lgan aksiyadorlik kompaniyalarining aksiyalariga bo‘lgan yalpi taklif hisobga olinadi.
Faqat AQShda kapitalni oshirish maqsadida GDTlarni emissiya qilish ADTni 1-darajasini chiqarish tartibi bo‘yicha amalga oshirilib, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bozorda 40 kun davomida muomalada bo‘ladi. Mazkur tartib bo‘yicha chiqarilgan GDTlar AQShdan tashqari bozorlarda ham muomalada bo‘lish huquqiga egadir.
AQShda aksiyadorlar bazasini kengaytirish uchun emissiya qilinadigan GDTlarning muomalasi ADTni 2-darajasini chiqarish tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday GDTlar AQSh va undan tashqaridagi bozorlarda muomalada bo‘lsa ham, ya’ni AQShdan tashqaridagi kapitalni o‘sishini ta’minlasa-da, emitent xisobotlariga qo‘yilgan qat’iy talablar yoki ularga berilgan ayrim vakolatlar asosida emissiya qilinib, tartibga solinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini GDTlar orqali xalqaro muomalasini tashkil etishda qo‘llaniladigan tanlovlar va tartiblar emitentlar uchun quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
- sarmoyadorlar mablag‘larini GDTlar orqali turli emitentlarga jalb etish natijasida investitsiyalarning diversifikatsiyasi ortadi va risklilik darajasi pasayadi;
- investitsiyalarni jalb etish maqsadida emitentlarga yangi bozorlarga kirib borishi uchun sharoit yaratadi;
- emitentlarning zamonaviy bozor mexanizmlari asosida o‘z faoliyatini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini kuchaytirish zarurati ortadi;
- xususiy kapitalni oshirish uchun yangi vositalarni jahon iqtisodiyotida yetakchi bo‘lgan davlatlar, xususan AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Braziliya, Hindiston tajribalaridan kelib chiqib, amaliyotga keng joriy etishga sharoit yaratiladi.
- faoliyat yuritish sohasi bir xil bo‘lgan xorijiy kompaniya bilan emitentning faoliyatini taqqoslash, xalqaro miqyosda baholash imkoniyati ortadi.
Hozirgi kunda depozitar tilxatlarning jahon miqyosidagi muomalasini tashkil etish orqali iqtisodiyotning real sektoriga xorijiy investitsiyalar keng jalb qilinmoqda. Mazkur faoliyatni asosan AQSh banklari amalga oshiradi. Xususan, “JP Morgan”, “Citibank”, “Bank of New York” hamda Germaniyaning “Deutche Bank”i DTlarni jahon bo‘ylab joylashtirishda yetakchi banklardan hisoblanadi. 2013 yilda jahonda 2,7 tlrn. AQSh dollari miqdoridagi DTlar savdo qilingan bo‘lsa, shundan qariyb 5,5 mlrd. AQSh dollari yuqoridagi 4 ta bank orqali turli investorlar o‘rtasida joylashtirilgan.
DTlarning global bozorlari asosan jahonning yetakchi fond birjalari bo‘lgan “NYSE”, “NASDAQ”, “London stock exchange”da joylashgan. 2011 yilda DTlar savdosi bilan bog‘liq jahondagi 171 mlrd. Dona bitimning 66 foizi, ya’ni qiymati qariyb 2,5 trln. AQSh dollari (jahondagi DTlar savdosining 68 foizi) “NYSE” fond birjasida amalga oshirilgan. Tahlil qilinayotgan davrda DTlar savdosi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni “NASDAQ” (qiymati 707 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan 22 mlrd. Dona bitim bilan) yoki “London stock exchange” (qiymati 460 mlrd. AQSh dollari bo‘lgan 30 mlrd. Dona bitim bilan) egallaydi. DTlar birjadan tashqari uyushgan va uyushmagan bozorlarda ham savdo qilinadi. Jahonning yirik fond bozorlarida GDT muomalasini tashkil etishning 900 dan ortiq axborot-tahliliy dasturlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan London, Lyuksemburg va Dubay fond birjalari kapitalni oshirish maqsadida samarali foydalanishmoqda.
Jahondagi Dtlarning mintaqalar va mamlakatlar kesimidagi savdosi tahlili natijasida asosiy savdo Yevropa, O‘rta sharq va Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri kelishi aniqlangan bo‘lsa-da, dunyoning barcha davlatlari ichida Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Braziliya, Meksika, 2012 yildan Yaponiya, Tayvan, Argentina kabi davlatlar Dtlarning global savdosida yetakchiligi kuzatilgan. Oxirgi 10 yil davomida Dtlar bilan eng ko‘p (qiymati 4,1 trln. AQSh dollari bo‘lgan) savdo 2008 yilda qayd etilgan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar ularning savdosida umumiy pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Biroq, 2013 yilda jahondagi Dtlar savdosi 2,7 trln. AQSh dollarini tashkil etib, 2012 yilga nisbatan 2 foizga o‘sishi kuzatilgan (9.2.2-jadvalga qarang).