(Import)O‘tgan 10 oy davomida import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollarini va 2021 yilning mos davriga nisbatan 121,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, машиналар va transport asbob-uskunalari (31,6%), sanoat tovarlari (19,3%) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,9%) hisobiga to‘g‘ri keldi.Importning eng katta hajmi 2022 yilning mart oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 8,6 mlrd AQSh dollariga kamaydi. 2022 yil oktabr oyida import hajmi 2,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga ko‘paydi.Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 48,4% ulush bilan 11,9 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,5% ulush bilan 130 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida Xitoy va Rossiyaning ulushi 36,4 foizga yetgan. Bu ko‘rsatkich, 2021 yil yakunlari bo‘yicha 35,6 foizni, 2020 yil yakunlari bo‘yicha esa 33,2 foizni tashkil qilgan. Hisobot davrida 4,1 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan.Qayd etilishicha, hisobot davrida respublika tashqi savdo aylanmasi 50 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 19,3 mlrd dollarni, import hajmi esa 30,7 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 15,9 foizga, import hajmi 20,4 foizga o‘sgan. Tashqi savdo salbiy savdosi 11,4 mlrd dollarni tashkil etgan.