Hisobot davrida 4,1 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan. Jahon bozorida oltin narxlari pasayishi fonida O‘zbekiston Markaziy banki mart-oktabr oylari davomida qimmatbaho metall eksportini amalga oshirmadi. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotilgan. Garchi oltin eksporti borasidagi statistik ma’lumotlar batafsil keltirilmagan bo‘lsa ham, o‘tgan yilda avvalgi yillarga qaraganda oltin sotishdan kamroq daromad olinganini ko‘rish mumkin. Oltinning umumiy eksportdagi ulushi ham 21,3 foizgacha (2021 yilning mos davrida 24,7 foiz) pasaygan.
Gaz va neft sotish ko‘paygan, elektr toki eksporti kamaygan
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2022 yil yanvar-dekabr oylarida 911 mln dollarlik tabiiy yoki sun’iy gaz eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 25,9 foizga ko‘proq. Shuningdek, 168,1 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari sotilgan. Bu ko‘rsatkich ham 2021 yilga nisbatan 2,1 barobarga ko‘p. O‘z navbatida, hisobot davrida 76,8 mln dollarlik elektr toki sotilgani qayd etilgan va eksport hajmi 30,2 foizga kamaygan. Shuningdek, hisobot davrida 356 mln dollar qiymatidagi avtomobillar eksport qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 6,9 foizga kam.
O‘tgan yilda 1,14 mlrd dollarlik 1 mln 743,7 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 18,5 foizga ko‘p.
2022 yil yakuniga ko‘ra, mashina va transport uskunalari importi hajmi 16,9 foizga oshib, 9,64 mlrd dollarni, importning umumiy hajmidagi ulushi esa 31,4 foizni (2021 yilda - 32,4 foiz) tashkil etgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yilda 1,27 mlrd dollarlik neft va neft mahsulotlari (o‘sish – 9,8 foiz), 282 mln dollarlik gaz (o‘sish – 82,5 foiz), 122 mln dollarlik elektr toki (kamayish – 20,2 foiz), 122 mln dollarlik ko‘mir, koks va briket (o‘sish - 29,7 foiz) mahsulotlari import qilingan.
Bundan tashqari, o‘tgan yilda 1,27 mlrd dollarlik neft va neft mahsulotlari (o‘sish – 9,8 foiz), 282 mln dollarlik gaz (o‘sish – 82,5 foiz), 122 mln dollarlik elektr toki (kamayish – 20,2 foiz), 122 mln dollarlik ko‘mir, koks va briket (o‘sish - 29,7 foiz) mahsulotlari import qilingan.