Turli davlatlarning bojxona hizmatlarini bevosita o‘zaro bog‘lovchi, tajriba almashish, o‘zaro ahborot almashish imkonini beruvchi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xalqaro organ – bu Butunjahon bojxona tashkiloti (JBT)dir.
1947 yilda G‘arbiy Yevropadagi 13ta mamlakat tashabbusi bilan Yevropa Iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi doirasida qabul qilingan qo‘shma Deklaratsiyada Yevropada bojxona ittifoqini tashkil etish masalasi qo‘yildi. Buning natijasida mahsus guruh tomonidan ishlab chiqilgan «Bojxona hamkorlik kengashini taʼsis etish haqidagi konvensiyasi» 1950 yil 15 dikabrda 17ta Yevropa davlatlari tomonidan imzolandi.
Bu bilan bugungi kunda faoliyat kursatayotgan Butunjahon bojxona Tashkilotiga asos solindi.
Bojxona hamkorlik kengashining berinchi inna guratsiya sessiyasi 1952 yil 26 yanvarda bo‘lib o‘tdi. Kengash qaroriga ko‘ra, 1983 yildan boshlab 26 yanvar «Xalqaro Bojxonachilar куни» deb nishonlana boshladi. Keyinchalik ushbu Konvensiyaga dunyoning boshqa davlatlari ham aʼzo bo‘la boshladilar. Kengash Shtab–kvartirasi Bryussil shahrida joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 1992 yil 28 iyuldan aʼzo bo‘lib kelmoqda.
Ushbu konvinsiya talablaridan kelib chiqqan holda Kengash:
Bojxona sohasida hamkorlikni rivojlantirishning barcha masalalarini o‘rganadi;
Bojxona tizimiga oid tehnik aspiktlar va iqtisodiy omillarni chuqur o‘rganadi;
Yangi xalqaro Konvensiyalar loyihalarini, amaldagi konvensiyalarga qo‘shimchalar loyihalarini ishlab chiqadi;
Bojxona sohasidagi Konvensiyalarni talqin etish yoki qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan munozarali masalalarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar (rekomendatsiyalar) ishlab chiqib, tegishli davlatlarga taqdim etadi;
Bojxona hizmatlarini bojxona boshqaruv tizimi va bojxona protsiduralariga oid maʼlumotlar bilan muntazam taʼminlab boradi.
Bojxona chegaralaridan yuk va yo‘lovchilarni o‘tishi bilan bog‘liq bojxona protsiduralari va talablarining turli davlatlarda turli – tumanligi bu borada yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va to‘siqlarning asosiy manbayidir. Shuning uchun ushbu Tashkilot tomonidan birinchi kunlardan boshlab bojxona protsiduralarini unifikatsiyalash va garmonizatsiyalashga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.
Kengash aʼzolarining soni ortib borganligi, uning jahon hamjamiyatidagi salmog‘i va taʼsir doirasi kengayib borayotganligini inobatga olib, Kengashning 1994 yil iyun Sessiyasi qaroriga binoan bojxona Hamkorlik Kengashining nomi Butunjahon bojxona Tashkiloti (BBT) deb atala boshlandi. Bugungi kunda 166ta mamlakat BBTning aʼzosidir.
BBTning bugungi kundagi asosiy vazifasi jahon mamlakatlarida, ayniqsa jiddiy iqtisodiy shakllanish jarayonlarini boshdan kichirayotgan mamlakatlarda zamonaviy, samarali, ko‘pfunksiyali bojxona hizmatini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashishdir.
O‘zbekiston ham BBT ishida faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizning 1995 yilda BBT Siyosiy komissiyasi aʼzosi etib, 2001 yilda esa BBT Moliya qo‘mitasi aʼzosi etib saylanishi buning yaqqol dalilidir. O‘zbekistonning BBT doirasidagi ko‘pyillik hamkorligi respublikamiz huquqiy bazasining xalqaro konvensiyalar va bojxona ishi sohasidagi boshqa xalqaro normalar bilan yaqinlashuviga imkon berdi.