Mavzu: Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarining vujudga kelishi va amal qilishi



Yüklə 57,62 Kb.
səhifə5/7
tarix30.04.2023
ölçüsü57,62 Kb.
#105273
1   2   3   4   5   6   7
Reja Kirish Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va valyuta tiz

4.Xalqaro valyuta-kredit tizimi
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firmalar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi. Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg'arishning richaglaridan biri edi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo’jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hamda ilmiy-texnik inqilob uning rivojlanishini ob’yektiv asosi bo’ldi.
Xalqaro kreditning manbalari bo’lib: korxonalardagi mablag’larning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining ayrim joylarida xalqaro kreditga ob’yektiv zarurat tug’iladi. Ushbu zarurat:
1) mablag’larning xo’jalikdagi doiraviy aylanishi bilan bog’liq;
2) mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning xususiyatlari bilan bog’liq;
3) tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatlaridagi farqlar bilan bog’liq;
4) ishlab chiqarishni kengaytirishga mo’ljallangan yirik kapital qo’yilmalarini amalga oshirilish zarurati bilan bog’liq.
Xalqaro kreditning tamoyillari. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning tamoyillarida aks etadi:
1) qaytarishliligi; agarda olingan mablag’lar qaytarilmayotgan bo’lsa, unda ushbu holat kapitalni qaytarmaslik sharti bilan berilishiga, ya'ni moliyalashtirishga aloqadordir;
2) muddatlilik; kredit kelishuvida belgilangan muddatlarda kredit qaytarilishini ta'minlaydi;
3) to’lovlilik; qiymat qonuni harakatini aks ettirgan holda kreditning har bir holatidagi alohida shartlarni amalga oshirish usulidir;
4) moddiy ta'minlanganligi; kredit so’ndirilishining kafolatida o’z aksini topadi;
5) maqsadli yo’nalishi; ssudaning aniq bir ob’yektlarini belgilanishi.
Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiy qonunlari bilan aloqalarini ifodalaydi va bozor sub’ektlari hamda davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishish maqsadida ishlatiladi. Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit ssuda kapitalining tashqi iqtisodiy aloqalar jarayonidagi harakat xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun ssuda kapitallarining mamlakatlararo qayta taqsimoti. Ssuda kapitali xalqaro kredit mexanizmi orqali foydalarni ta'minlash maqsadida iqtisodiy agentlar afzal ko’rgan jarayonlarga yo’naltiriladi. Ushbu bilan kredit milliy foydani o’rtacha foyda darajasida birxillashtirilishiga hamda uning massasini oshishiga ko’maklashadi;
2) Xalqaro hisob-kitoblar jarayonida haqiqiy pullarni (oltin va kumush) kredit pullarga almashtirilishi hamda naqdsiz to’lovlarning rivojlanishi va tezlashtirilishi, naqdli valyuta muomalasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirilishi orqali muomala xarajatlarining tejalishi. Xalqaro kredit zaminida xalqaro hisob-kitoblarning veksellar, cheklar hamda bank pul o’tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqa shu singari kredit vositalari paydo bo’ldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida ssuda kapitali muomala davrining tejalishi ishlab chiqarishning kengayishi va foyda o’simini ta'minlagan holda kapitalning unumli muomala davrini oshiradi;
3) Kapital to’planuvi va markazlashuvining tezlashishi. Xorijiy kreditlar jalb etilishi evaziga qo’shimcha qiymatning kapitalizatsiya jarayoni tezlashadi, individual jamg'arish chegaralari kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitallari ularga boshqa mamlakatlar mablag’larining qo’shilishi hisobiga ko’payadi. Xalqaro kredit azaldan individual korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylanishi, yangi firmalar, monopoliyalar barpo etilishining omili sifatida maydonga chiqadi.
Kredit boshqa mamlakatlarning kapitali, mulki va mehnatidan ma'lum bir chegaralarda foydalanish imkoniyatini beradi. Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va mayda hamda o’rta hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi kapital to’planuvi va markazlashuvining kuchayishiga ko’maklashadi. Milliy va jahon xo’jaligining rivojlanishi bilan xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati bir xilda bo’lmay, o’zgaruvchanlik xususiyatiga egadir. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kredit iqtisodiyotni muvofiqlashtirish funksiyasini bajaradi hamda bir vaqtning o’zida o’zi ham muvofiqlashtirilish ob’yekti bo’lib hisoblanadi. Xalqaro kreditning ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi roli. Xalqaro kredit o’zaro bog’liq funksiyalarni bajarish orqali ikki yoqlama, ya'ni ijobiy va salbiy rol o’ynaydi. Xalqaro kreditning ijobiy roli takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlanishi hamda uning kengayishi orqali ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining tezlashishida o’z aksini topadi. Ushbuda ularning o’zaro aloqasi aks etadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard oqibatda takror ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi bog’lovchi bo’g’in hamda uzatkich mexanizmi rolini o’ynaydi. Ishlab chiqarish o’sishining mahsuli bo’lgani holda xalqaro kredit bir vaqtning o’zida uning zaruriy sharti va katalizatori bo’lib ham hisoblanadi. U ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining baynalmilallashuvi, jahon bozorining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’maklashadi va xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi. Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tezlashishiga ko’maklashadi:
Birinchidan, kredit mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rag’batlantiradi. Ushbu bilan bozordagi kon'yunkturani ushlab turish uchun qo’shimcha talab vujudga keladi. Kredit hisobiga amalga oshadigan tashqi savdo ayniqsa ishlab chiqarish va iste'molning uzun sikliga hamda yuqori qiymatga ega tovarlar uchun xalqaro me'yorga aylandi. Importyor va eksportyorlar mahsulotning qimmatlashishi hamda jahon savdosida mashina va jihozlar ulushining oshishi sharoitida tashqi savdo kreditlarini ishlatishdan manfaatdordir. Xorijdagi korxonalar qurilishi ham import qilinayotgan, ayniqsa texnologik va energetik jihozlar uchun to’lanayotgan kredit hisobiga amalga oshiriladi. Zamonaviy sharoitlarda kreditlarning kreditor mamlakatdan tovarlarni eksport qilinishi bilan "bog’langanligi" o’sdi. Mazkur kredit kreditor mamlakatda tovarlar sotib olishga ishlatilishi qarz munosabatlarining sharti qilib qo’yiladi. Ushbu bilan xalqaro kredit kreditor mamlakat firmalarining raqobatdoshligini oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit xorijiy xususiy investitsiyalar uchun imtiyozli sharoitlarni yaratadi, chunki ushbu imtiyozlar kreditor mamlakat investorlariga taqdim etiladigan imtiyozlar bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda korxonalar, shu jumladan xorijiy va qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi, xalqaro kapital bilan bog’liq milliy korxonalar, banklar mavqeini mustahkamlashga ko’maklashadi;
Uchinchidan, kredit mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat ko’rsatuvchi xalqaro hisob-kitoblar va valyuta operatsiyalarining uzluksizligini ta'minlaydi;
To’rtinchidan, kredit tashqi savdo va mamlakatning boshqa tashqi iqtisodiy faoliyat turlari iqtisodiy samaradorligini oshiradi.
Xalqaro kreditning bozor iqtisodiyoti rivojlanishidagi salbiy roli uning qarama-qarshiliklarini kuchayishida o’z ifodasini topadi. Birinchi navbatda iqtisodiyotdagi nomutanosib bo’lgan nisbatlar kuchayadi. Xalqaro kredit ssuda kapitalining mamlakatlar o’rtasidagi qayta taqsimotini amalga oshirgan hamda ishlab chiqarishni uning ko’tarilishi va tushib ketishi davrlarida notekis o’sishiga ko’maklashgan holda tovarlarni keragidan ko’p bo’lgan hajmlarda ishlab chiqarilishiga ta'sir etadi. Xalqaro kredit nisbatan foydaliroq bo’lgan tarmoqlar rivojlanishini osonlashtirgan hamda xorijiy kapital jalb etilmagan tarmoqlar rivojiga to’sqinlik qilgan holda ijtimoiy takror ishlab chiqarishning nomutanosib nisbatlarini kuchaytiradi. Xalqaro kredit mamlakatlarning tovar iste'moli bozorlari, kapital investitsiyalari jarayonlari, hom ashyo manbalari, ilmiy-texnik taraqqiyotning hal qiluvchi sohalaridagi yetakchilik uchun raqobat kurashlarining qurolidir. Korxonalar ushbu kreditdan hom ashyo manbalarini sotib olish, mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish, kapital investitsiya jarayonlarini kengaytirish maqsadlarida faol foydalanadilar. Ssuda kapitallari jahon bozorining kanallari bo’yicha pul muomalasi va kredit, valyuta tizimi, to’lov balanslari hamda milliy va jahon iqtisodiyotlarining yalpi barqarorsizligini kuchaytiradigan "qaynoq" pullar harakati amalga oshadi.
Mamlakatlarning kredit siyosati jahon bozorlarida kreditor mamlakat mavqelarini mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Birinchidan, xalqaro kredit kreditor mamlakatlar mavqelarini o’stirgan holda olingan foydalarni qarzdor mamlakatlardan o’tkazish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda ssudalarni foizlar bilan qaytimining jamiyat sof daromadining ma'lum bir hajmidan oshgan yillik to’lovlari qarzdor mamlakatlarda mazkur jamg'armalarning shakllanish manbalariga salbiy ta'sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarzdor mamlakatlarda kreditor mamlakatlar uchun qulay bo’lgan iqtisodiy va siyosiy rejimlarning yaratilishi hamda mustahkamlanishiga ko’maklashadi. Ishlab chiqarish va almashuvning baynalmilallashuvi, jahon xo’jalik aloqalari yangi shakllarining paydo bo’lishi xalqaro kreditning turli shakllari rivojlanishiga ob’yektiv asos bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 57,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin