Travmatologiyada DJT keng qo‘llaniladi. Travmadan shikastlangan bemor uzoq vaqtgacha chalqancha, qornida, qiya o‘rinda, qimirlamasdan yotishga majbur bo‘ladi. Bu esa qon dimlanishi, yotoq yara, ich qotishiga sabab bo‘lishi mumkin.
kontrakturalar hosil bo‘lishining oldini olishdir.
DJT kompleksini bajarishni immobilizatsiya qilinmagan bo‘g‘imlardan boshlanadi, borgan sari shikastlangan joyga yaqin bo‘g‘imlar uchun mo‘ljallangan mashqlar qo‘shiladi. Ko‘pincha sog‘ qo‘l-oyoqning simmetrik bo‘g‘imlari mashq qilinadi. Bu reflektor yo‘l bilan shikastlangan bo‘g‘imga ta'sir etadi. Davo kompleksiga umummustahkamlovchi va maxsus mashqlar qo‘shiladi. DJT fizioterapevtik muolajalar, massaj bilan (ular odatda davo fizkulturasi mashg‘ulotlaridan avval qilinadi) kompleks ravishda qo‘llaniladi. Maxsus mashqlar qo‘llanganda instruktor dastlab passiv harakatlarni bajaradi, keyin qo‘l-oyoqning o‘z og‘irligidan foydalanadi (bo‘shashtirishga mo‘ljallangan mashq); shunday qilgandan so‘nggina bemor aktiv harakatlar qilishga o‘tadi. Ular snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar bilan murakkablashtiriladi.