Bemorlarga tashhisiga va kasalligini davriga asoslanib reabilitatsiya etapini aniqlash.
Reabilitatsiya etaplarida davolovchi jismoniy tarbiyani vositalarini va shakllarini tanlash va to’g’ri tavsiya qilish.
Rasmiylashtirilgan davolovchi usullarni samaradorligini aniqlash.
Panaritsiy- qo‘l barmoqlarining to‘qimalarining o‘tkir yiringli yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, boshqa turdagi infeksiyaning teri jaroxati orqali kirishi natijasida rivojlanadi. Asosiy yiringli, yallig‘lanish lokalizatsiyasiga ko‘ra panaritsiyning bir necha turlari ajratiladi: teri, teri osti, tirnoq yoni (paronixiya), tirnoqosti, bo‘g‘imli, payli (yiring tendovaginit) va suyak. Kasallik alomatlari shish va barmoqlarning siqilishi, to‘stadan og‘riq va achishish xissi yelka oldi limfangitning va regionar limfadenitning rivojlanishi,umumiy xolsizlik, uyqusizlik.