Mavzu: Xirurgik kasalliklar va travmatologiyada reabilitastiya


Yelka suyagi sinishida davolovchi jismoniy tarbiya



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#47113
1   2   3   4   5   6   7
Fizioterapiya 7-mavzu

Yelka suyagi sinishida davolovchi jismoniy tarbiya. Birinchi davrda tana va sog‘ qo‘lga mo‘ljallangan umummustahkamlovchi mashqlar, qo‘l panjasiga mo‘ljallangan mashqlar (barmoqlarni yumib ochish, barmoqlarni to‘g‘rilab, panjani ko‘tarish va hokazo) qo‘llaniladi. Shinani yechgandan keyin yengillashtirilgan dastlabki holatda mashqlar, gimnastik tayoq bilan mashqlar qilinadi, bu—bemor e'tiborini shikastlangan qo‘ldan qochiradi va harakatlarni osonroq bajarishga imkon yaratadi.

Umurtqa pog‘onasi singanda bemor chalqancha yotadi, to‘shagi tagiga yog‘och taxta qo‘yiladi. Umurtqa kompression singanda karavotning bosh tomoni 20 sm ga ko‘tarib qo‘yiladi. Davo gimnastikasi travmadan 3—4 kun keyin boshlanadi, avval oyoq-qo‘l va nafas mashqlari qo‘shiladi. Mashqlar tobora murakkablashtiriladi, amplitudasi kengaytiriladi va muskulning qisqarish kuchi oshiriladi, yelka sohasi mashqlari aktiv ravishda qo‘shiladi, orqaning yozuvchi mashqlarini asta-sekin mashq qilinadi. Bu davrda mashqlarni bajarganda chanoq sohasiga ortiqcha nagruzka berilmasligi kerak. Monelik qiluvchi sabablar bo‘lmasa, 10—12 kundan so‘ng mashqlarni qorinda yotish dastlabki holatida bajariladi. Davolashning ikkinchi oyidan muskullarga ancha kuchli nagruzkali mashqlar qo‘shiladi. Umurtqa pog‘onasining egiluvchanligini yaxshilovchi mashqlar qo‘llaniladi («qaldirg‘och» va hokazo). Bu kasallarda davo fizkulturasidan maqsad bel muskullarini taomillashtirish hamda umurtqa pog‘onasi muskuli va boylamlarini chiniqtirishdan iborat. Bu davrda mashg‘ulotlar 40—50 minut davom etadi, mashqlarning har turkumidan so‘ng dam beriladi. Ikki oy o‘tgach bemorga turishga ruxsat etiladi, bundan oldin bemorni yotgan holatdan orqasini egmasdan to‘g‘ri turishga o‘rgatiladi; bemor o‘tirmasligi lozim.




Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin