tizza bo‘g‘imlari ostiga qattiq bolish qo‘yiladi. Davo gimnastikasi 3—4 kundan so‘ng boshlanadi. Avvaliga yelka sohasi va tana muskullari mashq qilinadi;
oyoqlari ehtiyot qilib suyab turgan holda harakatlantirish mumkin.
lekin oyoqlar hamon bolishda yotaveradi. Bemorga oyoqqa turishga ruxsat etilgandan so‘ng (bir tomondagi oyoq suyaklari sinib, siniqlari siljimaganda uch haftadan so‘ng, ikkala tomon sinib, siniqlari siljimaganda ikki oydan keyin) mashqlar qisman tik turgan holda bajariladi.
Chanoq suyaklari sinishida davolovchi jismoniy tarbiya.