Qoqsholga qarshi aktiv va passiv emlash algoritmi. Kerakli anjomlar.
Qoqshol anatoksini, zardob, shpris, spirt, sharik.
Bajarilish tartibi.
Shikastlarning katta kichikligiga og’ir yengilligiga qaramasdan shoshilinch holatda 0,5 ml qoqshol anatoksinidan kiritish lozim.
Agar birinchi qayta emlash 6 oydan ko’p bo’lgan bo’lsa.
Ikkinchisidan keyin bir yildan ortiq vaqt o’tmagan taqdirda bu tadbir qilinmaydi.
Emlanmagan yosh bolalarda yoki kattalarda zudlik bilan 1 ml qoqshol anatoksini kiritiladi.
So’ngra boshqa shpris bilan gavdaning boshqa joyiga qoqshol zardobidan 3000 AB kiritiladi.
Qoqsholga qarshi aktiv va passiv profilaktika o’tkazilgandan so’ng ham 30-40 kundan so’ng 0,5 ml qoqsholga anataksini qilinadi.
9-12 oydan so’ng esa undan yana 0,5 ml kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |