Statsionargacha bo’lgan holatda quyidagi tartibda yordam ko’rsatiladi.
Inyeksiya qilingan joyning yuqori qismiga jgut qo’yiladi.
Teri ostiga, 5,0 ml 1:1000 suyultirilgan adrenalin eritmasi inyeksiya qilinadi va huddi shu miqdorda inyeksiya qilingan joyga ham yuboriladi.
Gidrokortizon 100-150 mg, antigistamin preparatlar (1ml 1% dimedrol yoki 1 ml 2,5% li pepolfin yoki 1 ml 2% li suprastin) bilan birga mushak orasiga yuboriladi.
A/B pasayib ketganda niqob yordamida kislorod bilan nafas beriladi, hiqildoq torayganda kislorodning kamligidan yurak qorinchalari fibrilatsiyasidan bemor o’lishi mumkin.
Hiqildoq shishi oqibatida nafas olish qiyinlashsa DYUFO ignasi yordamida konikatomiya qilinib bemorga nafas beriladi.
Adrenalin kiritilgandan keyin natija yaxshi bo’lmasa, tezda poliglyukin quyish bilan serkulyatsiyadagi qon hajmini to’ldirish zarur.
Bronxospazmni yo’qotish uchun 5-10 ml 20% li eufillin eritmasi venaga yuboriladi va vagosimpatik novokain blokadasi qilinadi.
Teridagi toshmalarni yo’qotish uchun antigistamin preparatlar (dimedrol, pipolfen, suprastin) inyeksiya qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulatlaridan anafilaktik shok paydo bo’lgan taqdirda oshqozon yuviladi.