Mavzu: Xirurgik statsionarning tuzilishi bilan tanishuv. Toza va yiringli xirurgiya haqida tushuncha


Elektrokardiografiyani qayd qilish algoritmi



Yüklə 1 Mb.
səhifə60/65
tarix02.01.2022
ölçüsü1 Mb.
#46472
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
ALGORITM хирургия

Elektrokardiografiyani qayd qilish algoritmi.

Bajarilish tartibi.


  1. Avval tarmoqlar perekluchateli ko’rsatkichi “0” holatiga keltirilib, keyin elektrokardiograf yoqiladi.

  2. Yozuv uchun qog’oz borligi tekshiriladi.

  3. Apparat perosi qog’oz lentasining o’rtasida joylashadigan qilib rostlanadi va keyin o’chiriladi.

  4. Bemordan beligacha yechinish, elektrodlarni qo’yish imkonyati bo’lishi uchun oyog’ining boldir qismini ochish va kushetkaga yotish so’raladi.

  5. Kontakt yaxshi bo’lishi uchun elektrodlarga maxsus gel surtish hamda ular qo’yiladigan sohalarni spirt bilan artish va zarur bo’lsa tuklardan tozalash.

  6. Birinchi navbatta oyoq va qo’llarning elektrodlarini tutashtirish. Buning uchun shtirlar quyidagicha biriktiriladi.

Qizil ranglisi-o’ng qo’lning bilak sohasiga;

Sariq ranglisi-chap qo’lning bilak sohasiga;

Yashil ranglisi-chap oyoqning boldir sohasiga;

Qora ranglisi-o’ng oyoqning boldir sohasiga;



  1. Keyin ko’krak elektrodlari tutashtiriladi.

V1-to’shning o’ng cheti IV qovurg’alar oralig’iga.

V2-to’shning chap cheti IV qovurg’alar oralig’iga.

V3-V2 va V4 ni birlashtiruvchi chiziqning o’rtasiga.

V4-chap o’rta o’mrov chizig’I bo’ylab V qovurg’a oralig’iga.

V5-chap oldingi qo’ltiq osti chiziq bo’ylab V4 sathiga.

V6-chap o’rta qo’ltiq osti chiziq bo’ylab V4 va V5 sathiga.



  1. Apparatni yoqish, 1 mV kuchlanishli signalni o’rnatish (10 mm. gat eng).

  2. So’ngra lentaning tezligini tanlash (25 yoki 50 mm/s).

  3. EKG yozishni ikki xil tartibda amalga oshirish mumkin-avtomatik yoki qo’lda boshqarish tartibi.

Avtomatik tartibda “rejim”-“avtomatik” ni va “pusk” ni bosish.

Qo’l tartibida “rejimda-“ruchnoy”ni tanlash, chiroqchasi yongandan so’ng kerakli tarmoqni tanlab “pusk” tugmachasini bosish. Yozishni to’xtatish uchun “pusk”ni yana bir marta bosish.



  1. Yozish tugatilgandan so’ng lenta yirtib olinadi va apparat o’chiriladi.

  2. Elektrodlar yechib olinib tozalanadi va joyiga solinadi.

  3. EKG jurnalda qayd etiladi, lentada esa bemorning ismi, sharifi, yoshi va sana yoziladi.





Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin