Radioizotop tekshirishlar.
Asosan ikki xil metodikasi qabul qilingan.
Gavdaning simmetrik sog’ joyiga nisbatan o’sma to’qimalarida izotoplarning to’planib qolishi anilanadi. Bu maqsad uchun ko’pincha radioaktiv fosfor (32P) dan foydaliniladi. Tekshirishdan bir kun oldin nahorga meditsina hamshirasi bemorga 1 kg tana massasiga 0,5-1 mkKi hisobidan izotop eritmasi ichiradi. So’ngra vrach 24, 48 va 72 soatdan keyin maxsus pribor yordamida fosfor to’planishini aniqlaydi.
Skanerlash, asosan, qalqonsimon bez, jigar, buyrak, suyaklar va boshqa organlarni tekshirish uchun qo’llaniladi. Qalqonsimon bezni tekshirish uchun radioaktif yod (131J) ishlatiladi. Meditsina hamshirasi 30-40 mkKi preparat tarkibida tutgan eritmani bemorga ichishga buyiriladi va 24 soat o’tgandan keyin qalqonsimon bez skanerlanadi. Jigarni skanerlash uchun ikkita preparatdan foydaliniladi: yodli Bengal och qizili (pushtasi) yoki radioaktiv oltin (198Au), ular bevosita tekshirishdan oldin venaga kiritiladi (vrach kuzatuvi ostida).
Dostları ilə paylaş: |