mavzu: XIX asrda xalqaro munosabatlar va diplomatiya ( soat) Reja



Yüklə 65,39 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü65,39 Kb.
#169257
Seminar 9


9-MAVZU: XIX ASRDA XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA ( 2 soat)
Reja:

1.Amerika respublikasining tashqi siyosati va diplomatiyasi.


2.Konsullik va imperiya davrida Evropa diplomatiyasi.
3.1850-1870 yillarda Evropada xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
4.1871-1914 yillarda xalqaro munosabatlar va diplomatiya.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Amerika Respublikasining tashqi siyosati va diplomatiyasi. Mustaqillik dekloratsiyasi AQSH kongressi va Evropa davlatlari bilan munosabatlar. Mustaqillik uchun urush natijalari. AQSH va Evropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar. Fransuz inqilobi va Evropa diplomatiyasi. Monarxiyaning ag‘darilishi va YAkobinchilar diktaturasi. Konsullik va Imperiya davrida diplomatiya. Napoleon Bonopart diplomatiyasi. Vena kongressi va xalqaro aloqalarga ta’siri. Muqaddas ittifoq XIX asr I-yarmida Evropadagi xalqaro munosabatlar.
Sharqiy masala bo‘yicha buYuk davlatlar diplomatiyasi. Qrim urushi arafasida xalqaro vaziyat. Qrim urushi va undan keyingi yillarda xalqaro munosabatlar. Fransiya-Prussiya urushi arafasida Evropadagi vaziyat. Fransiya-Prussiya urushi va frankfurt sulhi. XIX asrning 70 yillarida O‘rta Sharqda ingliz-rus raqobati. Avstriya-Germaniya ittifoqi. Osiyoni bo‘lib olish siyosati. Bolqon masalasi. Dunyoni bo‘lib olish uchun kurash va uning yakunlari. Rus-YApon urushlari. Antanta. 1910-1914 yillardagi xalqaro munosabatlar. Bolqon urushlari. Birinchi jahon urushining boshlanishi
9.1. Fransiya – Prussiya urushi XIX asr oxiridagi xalqaro munosabatlar tarixida yangi sahifani ochdi. Evropaning siyosiy xaritasida kuchli harbiy va sanoat imkoniyatiga ega bo‘lgan qudratli Germaniya imperiyasi paydo bo‘ldi.
Fransiya – Prussiya urushining muhim xalqaro natijasi – bu Italiyaning birlashish jarayonining tugatilishi edi. Ushbu yangi buYuk davlat Fransiyaning O‘rta er dengizi havzasidagi raqibiga aylandi.
O‘z navbatida Avstro-Vengriya Avstro – Prussiya urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishdan voz kechib Germaniya bilan yaqinlashishga xulosa qildi.
Germaniya iqtisodiy qudratining keskin kuchayishi va uning kolonial talonchilik arenasiga chiqishi anglo va germaniya o‘rtasidagi ziddiyatlarning yanada keskinlashuviga olib keldi.
SHunday qilib, Franko-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasining tashkil topishi Evropada kuchlarning qayta taqsimlanishiga va xalqaro munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi.
Germaniya imperiyasining tashkilotchisi va uning birinchi kansleri Otto fon Bismark Fransiyani yakkalatib qo‘yish va keyinchalik unga qarshi yangi urush boshlash uchun yaxshi diplomatik holatni ta’minlash maqsadida Germaniya etakchiligida harbiy – siyosiy Ittifoq tuzishga intilar edi.
Kanslerning tashqi siyosatida aksil fransuz yo‘nalishi 1873 yilda barpo etilgan uch imperatorlar Ittifoqida namoyon bo‘ldi. Fransiyani Rossiya va Avstro – Vengriya bilan ittifoqdosh bo‘lishiga to‘sqinlik qilish uchun Bismark Evropada «tartibni» mustahkamlash uchun monarxiyalarning birdamlik g‘oyasidan foydalandi.
Uch imperatorlar Ittifoqi Avstro – Rossiya va Germano – Rossiya ziddiyatlari yangi kuch bilan namoyon bo‘lganida, ya’ni 1887 yili barbod bo‘ldi.
Rossiyani uch imperatorlar Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirishi germaniyani yangi tajavvuzi oldidan Fransiyani qo‘llab - quvvatlashdan voz kechishi emas edi. Rossiya Fransiyani zaiflashishida manfaatdor emas edi.
Angliya, «evropa kuchlarini tenglashish»siyosatini qo‘llab - quvvatlagan xolda G‘arbiy Evropada yagona davlatning (Germaniyani) gegemoniyasini o‘rnatilishiga qarshi edi.
Aynan Rossiya va Angliyaning pozitsiyasi Bismarkka 1875 yili Fransiyaga qarshi yangi urushni boshlashga imkon bermadi.
1875 yilgi Fransiya – Prussiya o‘rtasidagi harbiy xatarli holat bilan deyarli bir vaqtda yaqin Sharq inqirozi paydo bo‘ldi. Rossiyani rus – turk urushidagi (1877-1878y) muvaffaqiyatlari Bolqon halqlari uchun juda katta ahamiyat kasb etdi. Ular umuman yo‘q bo‘lib ketishdan saqlanib qoldilar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. CHernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning mustaqilligi tan olindi.
Fransiyani yakkalatib qo‘yish bo‘yicha Bismarkning keyingi faoliyati Germaniya, Italiya va Avstro – Vengriya tarkibidagi Uchlik Ittifoqini bunyod etilishiga olib keldi. 1882 yilgi Uchlik Ittifoq to‘g‘risidagi SHartnoma besh yil muddatga tuzilib. Keyinchalik bir necha bor uzaytirilib to 1915 yilgacha amal qildi. YAngi harbiy konvensiya (shartnoma) bir tig‘i bilan Fransiyaga boshqasi bilan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi.
SHu bilan birgalikda Fransiya bilan yaqinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolish Bismarkni ahamiyatli vazifalaridan biri edi.
1887 yili Rossiya va Germaniya o‘rtasida o‘zini saqlab qolishga urinish (perestraxovka) to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Rossiya, Fransiya Germaniyaga hamla qilgan holatda do‘stona betaraflik saqlashni o‘z zimmasiga olardi va javoban agar Angliya YAqin Sharqda zid amalllarni olib borsa Germaniya tomonidan Rossiyani qo‘llab - quvvatlash to‘g‘risida va’dasini oldi.
Avstro – Vengriya va Angliyani Bolgar knyazligiga ta’sirining kuchayishi bilan bog‘liq Rossiyaning og‘ir xalqaro ahvoli chor hukumatini ushbu shartnomaga imzo chekishga majbur qildi. O‘zini saqlab qolishga urinish (perestraxovka) shartnomasi to 1890 yilgachcha kuchda edi.
Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Avstro – Germaniyaning 1879 yilgi ikkilik Ittifoqi, hamda shunga o‘xshash 1882 yilgi Uchlik Ittifoqi uch imperatorlar Ittifoqi hamda o‘zini saqlab qolishga urinish SHartnomasiga qarama - qarshi edi.
Umumiy raqib Germaniyani kuchayib borishi natijasida Rossiya va Fransiya o‘rtasida yaqinlashuv kuzatilar edi. Angliya va Italiya bilan chuqur qarama - qarshilikda bo‘lgan Fransiya, agarda Germaniya bilan urushga kiradigan bo‘lsa, faqatgina Rossiyadan amaliy yordam olishi mumkin edi. Undan tashqari, Rossiya bilan yaqinlashuv Fransiyani tashqi siyosiy yakkalanishdan forig‘ qildi. Ikki mamlakat o‘rtasida mustamlaka siyosati yoki Evropa siyosati bo‘yicha bir oz bo‘lsada jiddiy qarama - qarshilik mavjud emas edi. Bunga qo‘shimcha, Bismark xukmronligining oxirgi yillarida Germaniya va Rossiya o‘rtasida avjiga chiqqan «bojxona urushlari» tufayli Fransiya Rossiyaga qarz beradigan asosiy davlatga aylandi.
Franko – Rossiya yaqinlashuviga Bismarkning Fransiyaga qarshi yangi urush boshlashga urinishlari bilan bog‘liq 1887 yilgi harbiy vahima muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1891 yili Uchlik Ittifoqining qayta tiklanishi davrida Germaniya va Angliya o‘rtasida yaqinlashish alomatlari sezildi. Va 1891 yili Rossiya va Fransiya o‘rtasida konsultativ Pakt o‘rnatildi va 1892 yili, 1893 yili ratifikatsiya qilingan (ya’ni tasdiqlangan) maxfiy harbiy konvensiya imzolandi. Bu holat Germaniya va Italiya bilan harbiy to‘qnashuv bo‘ladigan bo‘lsa Fransiya Rossiyaga harbiy yordam berish imkonini ta’minladi va kontinental bosqinchilik uchun erkinlik berildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Angliyaning tashqi siyosati uchun «YArqiroq yakkalik» (izolyasiya) deb nomlangan siyosat xos edi. Ushbu sisatning izchil tatbiqchisi Loyd Solsberi quyidagilarni takrorlashni yaxshi ko‘rar edi: «Angliyaning doimiy ittifoqdoshari va doimiy dushmanlari yo‘q, faqat doimiy va abadiy manfaatlari mavjud». Angliyaning «yarqiroq yakkalik» siyosati, hech bir uzoq muddatli ittifoqlar bilan o‘zini bog‘lab qo‘yishga olib bormoydigan sanoat yakkaxonligi va dengizdagi qudratiga asoslangan edi. O‘z maqsadlariga erishish uchun Angliya diplomatiyasi kontinental davlatlarning o‘zaro mojarolaridan foydalanar edi.
XIX asrning oxiri Angliyaning kolonial hududlarini nihoyatda kengaygani bilan belgilanadi. Germaniyaning «dunyo siyosatini» olib borish urinishlari Bismark hokimiyatining oxirlarida namoyon bo‘la boshladi.
XIX asrning 90-nchi yillarida Germaniya hukmdor doiralari «quyosh ostida hudud» uchun urush olib borish g‘oyalarini o‘ta faollik bilan targ‘ibot qildilar. Aynan shu davrda boshqa ikki yirik davlat – AQSH va YAponiya faol kolonial siyosati maydoniga chiqishdi. SHunday qilib, bir guruh yirik davlatlar dahshatli kurashda keyinchalik qayta taqsimlash niyatida dunyoni bo‘lish jarayonini yakunlashdi.
SHular sabab, dunyoning barcha jabhalarida xalqaro ziddiyatlar o‘choqlari paydo bo‘ldi. XIX asrda eng keskin ziddiyat – bu Anglo – Fransuz kolonial qarama - qarshilik edi. Boshqa tomondan esa o‘ziga xos xususiyat, ya’ni harbiy – dengiz raqobat shaklini olgan Anglo – Germaniya qarama - qarshilik ham kuchayib bordi.
Bunday raqobat natijasida, angliyaliklarning dengizdagi sobiq ustunligi ham yo‘qqa chiqdi.
XIX asr oxiridagi Anglo – Germaniya qarama - qarshiligining keskinlashuvi Angliyaning tashqi siyosiy yo‘nalishida keskin o‘zgarish yasadi. Sanoat ustunligini hamda kontinental davlatlarning ziddiyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yo‘qotgan Angliya siyosiy yakkalanish holatidan chiqishga majbur bo‘ldi. Angliyaning hukmron doiralarida vujudga kelgan holatda mamlakat ittifoqdoshlarga muxtoj degan fikrlar paydo bo‘ldi.
9.2. Napaleon 1805 yil Angliyaga dengizda hukmronlik o‘rnatish uchun urush boshladi. Anliya Rossiya va Avstriya bilan ittifoq tuzdi. Napaleon Rossiya va Avstriya qo‘shinlarining birlashishining oldini olish uchun Germaniyaga Yurish boshladi. Angliya Fransiya dengiz jangi sher bilan kitning yakkama-yakka olishuvi deb nom oldi.
1805 yil oktyabrda Trafalgar burni O‘rta dengiz, Angliya g‘alaba qildi. 1805 yil dekabrda Fransiya-Avstriya urushda Avstriya og‘ir shart bilan sulh tuzdi. 1806 yil Fransiya-Prussiya urushi Fransiya g‘alabasi bilan tugadi. 1806 yil Berinda Napaleon Britaniya orollari qamal holatida ekanligi haqidagi Kontinental qamal haqida dekret imzoladi va Evropa bozorlarini Angliya uchun yopib quydi. 1807 yil Napaleon Rossiyaga Yurish boshladi. Napaleon Aleksandr 1 sulhni taklif qildi. (Tilzit sulhi) Napaleon «Muqaddas Rim imperiyasi» nomi bilan birlashgan Germaniyani uch Yuz davlatining 200 tasi birlashgan va Reyn ittifoq tuzdi.1808 yil Fransiya armiyasi Ispaniyani bosib oldi. Ispaniyada Perilya-xalq urushi boshlandi.1812 yil Napaleon 40000 armiyasi bilan Rossiyaga Yurish qildi. Fransuzlar Rossiyada mag‘lubityaga uchragach Prussiya, Avstriya va SHvetsiya Rossiya bilan Fransiyaga qarshi ittifoq tuzib 1814 yil 1 yanvarda ittifoqchilar armiyasi ingliz-rus armiyasidan tormor buldi va Muqaddas Elena oroliga surgin qilindi.
Vena kongressi Rossiya Polsha va Varshava va Finlandiya qo‘shib oldi. Angliya O‘rta dengiz Malta orolini, Gollandiya Seylon va Janubiy Afrika Kapa yarim orolini, Prussiya Reyn chap sohili Saksoniyaning yarmi, Polshaning g‘arbi Poznan, Avstriya-Italiyaning Lombardiya va Venitsiyasini oldi. Italiya 8 davlatga bo‘linib ketdi. 1815 yil Rossiya Aleksandr 1 taklifi bilan «Muqaddas ittifoq» tuzdi. Rossiya, Avstriya, Prussiya.
«Vena tizimi»ning u darajada mustahkam emasligi, o‘sha vaqtdayoq ma’lum edi. «Muqaddas ittifoq»ning qatnashchilari undan inqilobiy jarayonlarni va xalqaro muamolarni bartaraf etishda samarali foydalana olmadi. 1820-1821 yillarda Tarapu (Opava) –Leybaxe (LYublyana)da va 1822 yilda Veronada (SHimoliy Italiyada) bo‘lib o‘tgan kongresslar chog‘ida «Muqaddas ittifoq»ga a’zo davlatlar siyosatida jiddiy kelishmovchiliklardan uzoqlashib, o‘zining an’anaviy siyosati «erkin qo‘llar»ga yaqinlashganini ham misol qilsa bo‘ladi. Bu Evropada koalitsiyalar va Fransiya va Belgiyada bo‘lib o‘tgan inqiloblar, hamda 1830-1831 yillarda Polbshadagi qo‘zg‘olonlar 1815-1850 yillarda xalqaro munosabatlardagi asosiy ziddiyatlarni (Angliya va Rossiya raqobati) yanada keskinlashtirib Yubordi. 1830-1831 yillarda buYuk davlatlarning elchilari ishtirokida bo‘lgan London konferensiyasida Belgiya davlatining mustaqilligini tan olish va doimiy neytralitet ihaqidagi qarorlarning imzolanishi 1815 yilda Vena kongressi belgilab qo‘ygan chegaralarga berilgan birinchi zarba bo‘ldi. Evropada 1848-1849 yillarda bo‘lib o‘tgan inqilobiy harakatlar beshta buYuk davlatlarning «1815 yil traktlari»ga berilgan yangi zarba bo‘ldi. Angliyaga boshqacha siyosat Yurgiza boshladi. 30-yillarga kelib, Fransiyadagi iYul monarxiyasi ham shu uchga o‘xshash siyosat Yurita boshladi. Prussiya va Avstriyadagi hukmron doiralar esa 1848 yilgi inqilobiy harakatlar oqibatida, batamom tushkun holatga tushgan edi.
Sharq masalasining keskinlashishi va 1853-1856 yillarda Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga uchrashi «Vena tizimi»ni butkul izdan chiqardi. Rossiyaning Evropadagi obro‘si ketdi. Keyingi yillarda rus diplomatiyasi 1856 yil 30 martda Rossiya uchun sharmandali shartlar asosida imzolangan Parij sulh bitimini o‘zlashtirish uchun zahmat chekdi.
Lotin Amerikasi Ispaniyaga qarshi kurash boshladi. Braziliya- Portugaliya, Ganti oroli- Fransiyaga Ispaniya Fransiya tomonidan 1810 yil bosib olindi. Venesuelada qo‘zg‘alon Simon Bolivar nomi bilan Boliviya respublikasi vujudga keldi. 1810-1826 yil Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi. Italiya va Germaniya 1848-1849 yil Inqilob tufayli bo‘laklarga bo‘lindi.
Italiyani Viktor Emaniuel 11 birlashtirishga kirishdi. Avstriyaga qarshi urush Avstriya va Fransiya Napaleon 111 sulh tuzdi. Garibaldi 1860 yil Italiyani birlashishga kirishdi. Italiya qo‘zg‘alonchilar boshlig‘i Garibaldi boshchiligida quyidan birlashtirishdi. Viktor Emanuel 11 Neopalga kirib bordi. 1861 yil yanvarda Italiya karolligi vujudga keldi va Viktor Emanuel 11 qirol buldi. Papa Piy 1X Fransiya qo‘shiniga tayanib 1866 yil Avstriya Italiyaga qushib olindi 1870 yil Fransiyani Prussiya taklif qildi. 1870 yil 8 ta Italiya davlati birlashgan Italiya karolligi vujudga keldi.
Ottofak Bismark «Zamonning buYuk masalalari nutqlar suzlash va kupchilikning ovoz berish Yuli bilan xal qiinmaydi, balki qurol ishlatish va qon tukish Yuli bilan hal qilinadi» degan edi. U Avstriya bilan 1864 yil Daniya bilan 1866 yil Avstriyaga Prussiya urush boshladi. 1867 yil SHimoliy Germaniya ittifoqi vujudga keldi. O.Bismark Fransiya-Prussiya urushi davrida Fransiya mag‘lubiyatga uchradi. 1871 yil Germaniya imperiyasi tuzildi va Prussiya koroli Vilgel 1 imperator bo‘ldi. 1757 yil Plessi yonida (Kalkutta) Xindistonga qarshi jangdi Angliya g‘alaba qildi.1840-1842 yillarda Inglizlar Xitoyni istilo qildi «AfYun urushi» nomini oldi.
«Vena tizimi»ning barbod bo‘lishi natijasida, jahonda yangi vaziyat Yuzaga keldi. Qrim urushi Evropadagi kuchlar nisbatini tubdan o‘zgartirib Yubordi. Rossiyaning tashqi siyosatidagi mavqei pasayib ketdi. Avstriya-Rossiya-Prussiya ittifoqi tarqab ketdi. Fransiyada mustamlakachilik siyosatining faollashuvi tufayli, Angliya-Fransiya o‘rtasidagi an’anaviy ziddiyat yana keskinlashdi. Germaniya va Italiyaning yagona davlatlar sifatida birlashishlari arafasida Prussiya va Sardiniya qirolligining xalqaro faolligi keskin oshib ketdi. Avstriyaning mavqei esa zaiflashdi.
9.2.Fransiya va BuYuk Britaniyaning Amerikadagi siyosatining yanada faollashishi xalqaro munosabatlarning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Bunga sabab, XIX asrning 60 yillarida AQSHda Yuz berayotgan fuqarolar urushi edi. SHu bilan bir vaqtda Polsha masalasi ham keskinlashdi: 1863 yil qo‘zg‘olon munosabati bilan Polsha bilan bog‘liq ishlarga Fransiya va Angliyaning aralashishi, Rossiyaning AQSH bilan yaqinlashishiga olib keldi. Rossiyaning AQSHga nisbatan neytralitet saqlashi, shimolliklarning diplomatik izolyasiyada qolishdan asrab turdi. «Vena tizimi» Germaniya va Italiyada tor-mor etildi. Ammo, Germaniya va Italiyaning birlashish jarayoni 60-yillarda hali to‘la nihoyasiga etmagan edi. Rim va janubiy German masalalarida Italiya va Germaniyaning asosiy dushmani Fransiya edi.
XIX asr 60-yillarning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlarda Fransiya-Prussiya o‘rtasidagi ziddiyatlar, Fransiya-Italiya o‘rtasidagi jiddiy munosabatlar asosiy omil bo‘ldi. Evropa davlatlarining XIX asr 20-60 yillaridagi mustamlakachilik siyosati XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asrdagi mustamlakachilik uslublaridan keskin farq qilar edi. YAngi hududlarni mustamlaka qilish jarayonida evropaliklar, yangi dunyodan farqli o‘laroq, iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchsiz bo‘lsada, ammo qadimgi sivilizatsiyalarga (Xitoy, YAponiya, Eron va boshqa) duch kelib qolishdi. XIX asrning 20-60 yillarida ekspansiya qilishning yangi metodlari ustunlik qildi; «ta’sir doiralariga bo‘lish» (Xitoy, Eron, Iroq) prorektorat o‘rnatish (Kambodja) va ayniqsa, mahalliy monarx knyazlarni rasmiy hukumatini saqlab qolgan holda iqtisodiy jihatdan ekspansiya etish va hokazo.
1850-1854 yillarda Xitoyda Taypinlar qo‘zg‘aloni boshlandi.
9.4.X1X asr oxiriga kelib Evropada muhim o‘zgarish buldi. Germaniya birlashishi 1871 yil Italiyaning birlashishi (1861) natijasida ikkita yirik davlat vujudga keldi. Germaniya Rossiya va Fransiyaga qarshi blok tuzdi. 1879 yil Avstriya Vengriya bilan 1892 yil gremaniya Italiya va Avstriya – Vengriya qayta ittifoq tuzib uchlar ittifoqini vujudga keltirdi. Germaniya Rossiya va Angliyani bir-biriga gij-gijladi. Rossiya-Fransiya bilan salbiy munosabatda bo‘lsada 1893 yil Rossiya-Fransiya ittifoqi vujudga keldi va Evropada qarama-qarshi ikkita guruh vujudga keldi.
Angliyaning Osiyoda Rossiya bilan, Afrikada Fransiya edi. Evropada esa yakka edi, shuning uchun Rossiya va Fransiya yaqinlashdi. 1875 il O.Bismark Peterburga yangi elchi Yuborib Rossiyaga Germaniyaning Fransiyaga urushi davrida Turkiyaning hisobiga betaraf turishni undadi, keyinchalik chorvachilik mahsulotlarini (1879 y) Germaniyaga kirishini chekladi bu Rossiyaga og‘ir buldi natijada Germanii-Fransiya urushida betaraf tursa (1884 y) bu cheklov bekor qilinishi bilan Germaniya Avstriya-Vengriya Turkiyaga Qora dengizga kirmoqchi bo‘lgan ingliz kemalarini yo‘lini to‘sdi va bu bilan Rossiya-Angliya munosabati keskinlashdi.
Angliya 1878 yil Kiprni bosib oldi. Afg‘onistonga Yurish qildi. Afrikada Transvalni bosib oldi. 1860-1873 yil Rossiya Markaziy Osiyo xonligini bosib oldi. 1881-1883 yil Turkmanistonning Akaltekin va Marv shaharlarini bosib olindi. 1885 yil rus-afg‘on urushi buldi. Angliya esa Afg‘onistonni bosib oldi. 1881 yil Fransiya Tunisni bosib oldi natijada Fransiya-Italiya munosabati yomonlashdi. 1882 yil Italiya Fransiyaga qarshi Germaniya Avstriya-Vengriya bilan ittifoq tuzdi. 1882 yil Angliya Misrni bosib oldi.
Afrikani inglizlar tashabbusi bilan bo‘lib olish boshlandi. 1884-1885 yillar Kongo davlati tashkil topildi. 1880-1890 yillar Fransiya G‘arb va Markaziy Afrikani bosib oldi. 1887 yil Angliya Malayani bosib oldi. 1883 yil Fransiya Janubiy Xindiston, Vetnamni, 1885 yil Tonkinni, Birmani, Hindixitoyni bosib oldi. 1884 yil Gremaniya Togo-Kamerunni, G‘arbiy Afrikani va YAngi Gvineyani bosib oldi.
1880-1887 yil Bolqondagi vaziyat keskinlashdi Rossiya-Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya bilan ziddiyatga keldi. 1891 yil Fransiya-Rossiya ittifoq tuzdi. 1892 yil harbiy konvensiya vujudga keldi. 1890 yillarda uzoq Sharqda YAponiya Xitoy o‘rtasida Simonski sulhi tuzildi. Tayvan, Pekin, Port-Artur, Lyaodun YAponiyaga berildi. Koreya mustaqil bo‘ldi. Rossiyaning uzoq Sharqdagi erlariga xavf solindi.
1896 yil Rossiya-Xitoy ittifoqi tuzildi. Natijada Rossiya SharqIy Xitoy temir Yulini qurdi. Rossiya Germaniya va Angliya davlatlari Xitoyni ijara va turli xil yo‘llar bilan bo‘lib ola boshladi. 1896 yil inglizlar Xabashiston, Sudan va Xartumni bosib oldi. Misrning Fashoda qishlog‘i yonida ingliz-fransuz jang natijasiga ko‘ra fransuzlar yon berdi. 1899 yil AQSH davlat kotibi Xey tomonidan Xitoyda «Ochiq eshiklar» doktrinasi e’lon qilindi. Natijada Sharqda AQSH va inglizlarning rag‘ibi Rossiyaga qarshi urushda YAponiyadan foydalanib 1900 yil 8 ta davlatning Xitoyni asoratga solishiga qarshi Xitoyda qo‘zg‘alon boshlandi. Qo‘zg‘alonni bostirish uchun bu davlatlar jazo korpusini Yubordi. 1902 yil Manchjuriya masalasida Angliya YAponiya bilan ittifoq tuzib, YAponiya AQSH va Angliyaning yordamini oldi. 1904 yil YAponiya to‘satdan Rossiya erlariga urush boshladi. Natijada rus-yapon urushi boshlandi. 1905 yil ichki voqealariga ko‘ra Rossiya YAponiya bilan ittifoq tuzdi natijada Port-Artur Lyaodun, Manchjuriya YAponiyaga berildi. Koreya va Saxalinning janubi YAponiyaga o‘tdi. 1904 yil Angliya-Fransiya bilan mustamlakachilik masalasida bitim imzoladi.1905 yil Marokash masaasi Fransuz-Germaniya bitimi imzolandi. 1906 yil Ispaniyaning Alxiseras shahrida Marokash masalasi ko‘rildi va Fransiya ixtiyorida qoldi. 1907 yil Eron masalasida Rossiya-Angliya shartnomasi tuzildi.1912 yil Turkiya va Italiya Tripolitaniya masalasida sulh tuzdi. Bolqondagi Serbiya va Bolgariya Rossiya bilan sulh tuzdi. Germaniya Turkiyani bo‘ysindirish uchun Bolqon xalqlari ozodligiga to‘sqinlik qildi. Boqon xalqlari Turkiyaga qarshi kurash 1912 yil oktyabr oyida boshlandi. Rossiya qo‘llab quvvatlardi chunki Rossiya uchun Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi bahona kerak edi. Turkiya Bolqon xalqlaridan engildi. 1913 yil 29 iYunda Bolgarlar Serbiyaga qarshi urush boshladi. 1911 yil «YOsh Bosniya» tashkiloti tomonidan (Navriko Prinsip) Frans Ferdinans o‘ldirildi va 1 Jahon urushi boshlanishi uchun bahona bo‘ldi
Yüklə 65,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin