Mavzu: xorijda ijtimoiy pedagogikani rivojlanish tarixi



Yüklə 70,38 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü70,38 Kb.
#117013
  1   2
ijtimoiy pedagogika slayid Rustamova Go\'zalxon

Farg‘ona davlat universiteti pedagogika va psixologiya yo‘nalishi pedagogika-psixologiya fakulteti 2-kurs talabasi Rustamova Go‘zalxonning ijtimoiy pedagogikadan tayorlagan

taqdimoti

Mavzu: Xorijda ijtimoiy pedagogikani rivojlanish tarixi.

  • Reja:
  • Xorijda ijtimoiy pedagogikani ilk rivojlanishi.
  • qadimgi davirlarda ijtimoiy pedagogika.
  • Ijtimoiy pedagogikani rivojlanishini 3-bosqichi

Ijtimoiy pedagogika Pedagogika fanidan ajralib chiqqaniga deyarli ko‘p vakt bo‘lgan emas. Biroq pedagogika fanining o‘zi ham mustaqil fan sifatida, faqatgina 17 asrdan boshlab shakllangan. Bu buyuk chex pedagogi (1592-1670) Yan Amos Komenskiy nomi va uning “Buyuk didaktika” asari bilan bog‘liq. Bu asarda pedagogikaning tadqiqot predmeti va prinsiplari belgilab berilgan.
Ilgari ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogika uzoq asrlardan buyon falsafa fani doirasida rivojlanib keldi. Shu nuktai nazardan ijtimoiy pedagogika pedagogika fanidan yosh emas, doimo pedagogikaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida pedagogika fani doirasida u bilan rivojlangan.
Shu sababli ijtimoiy pedagogika tarixi muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z tadqiqot ishlarini pedagogika tarixi, falsafa va barcha davrlar va halklar o‘tmish allomalarining pedagogik qarashlari bilan bog‘lashlari tasodif emas. Agar ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish davrlariga va shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni bir qator bosqichlarga bo‘lish mumkin deb o‘ylaymiz
Ijtimoiy pedagogikada tafakurning rivojlanishi.
Birinchisi–boshlang‘ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya amaliyotini tushunib yetish. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakko‘rning shakllanishi bilan bog‘liq. Bu davrda tarbiya ijtimoiy vokelik sifatida tiklana boradi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiya’ning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayok ijtimoiy – pedagogik g‘oya’ning tamal toshi qo‘yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi.
Tarbiya’ni yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof – muhit ta’sirini hisobga olish, kattalar, eng avvalo, ota – onalar nufuziga suya’nish lozim.
Ikkinchi bosqich, XVII – XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogikaning g‘oyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, fan sifatida tiklanish davri bo‘lgan edi.
G‘arbda uygonish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu davrda italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino De-Feltre (1378 –1446) “Quvonch uyi” deb nomlangan birinchi maktab-internati tashqil etgan olimning fikrlarini kiritish
XVII–XIX –asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga kelishi va fan rivojidagi ilgor g‘oyalar bilan xarakterlanadi. 18 va 19 – asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar yechimini izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar yechilishini izladilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimiy-pedagogik g‘oyalarda barcha insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi hakidagi fikrlar ko‘tarilgan.
Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan uzviy aloqada rivojlanadi. O‘sh davr yetuk pedagoglari bolalarni turli muammoga bag‘ishlab, yetim qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashqil etdilar. Butun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzok davom etadi. Shu bilan birga uning rivojlanishiga falsafa va pedagogikadan tashkari psixologiya, sotsiologiya, antropotologiya (insonni kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta tasir ko‘rsatdi. Lekin ijtimoiy pedagogikadan ajralib chiqishi jarayoni bilan birga boshqa jarayon ham uning integratsiya jarayoni (lotincha inteyeger-yaxlit) ya’ni boshqa fanlar bilan birlashishi davom etadi. 19 asr oxirida ijtimoiy pedagogika-pedagogik faniniing mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chikdi. Bu hodisa A.Distervarg, Ravul Notoro va boshqalarning nomlari bilna bog‘liq.

Yüklə 70,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin