Ijtimoiy pedagogikani rivojlanishini 3 bosqichi 20 asrning boshidagi ijtinoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis yoki oson davr deb aytib bo‘lmaydi. hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o‘rin tutishi hakida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman ishlatilmaydi. Masalan: AQShdagi o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga talabalar “ta’lim falsafasi”ni o‘rganadilar, odamlarga amaliy yo‘naltirish sohasi ijtimoiy ishga taalluqli, birok, ijtimoiy xizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud boshqalarga yordam ko‘rsatishga xizmat qiladigan mutaxasislar bo‘lsa ham.
Belgiyada “ortopedagogika” terminidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin. Rossiyada ijtimoiy [pedagogika rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-shoroitlarni 19 asrning K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashxur pedagoglar va boshqalar asarlarida topish mumkin.
19 asrning 20-30 yillarida A.S.Makarenko, S.T.Shatskiy kabi pedagoglar faoliyatlarida yetuk bo‘lib qolgan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga qaratilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin Sotsializm g‘alaba kozongani e’lon qilingandan keyin hamma ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib koldi. Ularni o‘tmish qoldiqlari deb atab ular haqida gapirmaslikka harakat qilindi. XX asrning 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy psixologiya’ning rivojlanishining yangi davri boshlandi. Ular bu yillarda “Yukoridan” imperativ (lotincha imperativus) farmon, ya’ni etirozlarni qabul qilmaydigan, tankidga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Bu ijtimoiy psixologiya’ning ilmiy va amaliy sohalari bilan bir vaqtda bir-biridan ajralgan xolda rivojlanishiga olib keldi.
Amaliyot fanga tayana olmadi, chunki fan ham amalda yo’k edi, fan haqida xech narsani bilib bo‘lmas edi, chunki amaliy faoliyat endigina shakllanar edi. Bu ijtimoiy pedagogikaning okuv fani sifatida tashqil topishida ham tasirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaktda sodir bo‘ldi. Faning va amaliyotning tashqil topganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda hamko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalari bor. Bu obektiv xolatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi.
Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar. Rossiya ta’lim akademiyasi ijtimoiy pedagogika markazi, ijtimoiy ta’lim Akademiyasi Moskva, Sankt-Peterburg, Tula, Yekaterinburg va boshqa shaharlar pedagogik Universitetlarida “ijtimoiy pedagogika” fakultetlari tashqil etildi. V.G.Bocharova, M.A.Galagizova, A.V.Mudrik kabi va boshqa olimlar ijtimoiy pedagogika bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boradilar. Ijtimoiy pedagogika bilan bir vaqtda XX asr 90 yillarida Rossiyada ijtimoiy ishlar instituti kritildi. Ijtimoiy ishlarning vazifasi aholining ijtimoiy himoyalangan qismiga yordam ko‘rsatish bo‘lda. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir biriga juda yaqin. Birinchi navbatda ularning madaniy tarixiy an’analari, alohida g‘amxurlik va e’tiborini talab qiluvchi odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi. “Mehribonlik”, “Xayriya”, “Yordam ko‘rsatish” va boshqa tushunchalar ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas.
Ammo ular yakkol ifoda etuvchi o‘ziga xosligi va farqlarga ega. Ularning umumiyliklari va o‘ziga xosliklari nimalardan iborat. Birinchi navbatda bu ularning obyektiv yoki adresatiga taalluqlidur. Ijtimoiy ishchi ko‘z oldida inson bo‘ladi, lekin har qanday emas faqatgina insonga muvaffaqqiyatli bo‘lishi, farovonligi jamiyatning haqiqiy a’zosi, tekis hayot kechirishida muammolari bo‘lgan inson bo‘ldi. Insoning hayoti davomida yuzaga keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular psixologik, tibbiy, xuquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo‘lishi mumkin. Ular insonga bog‘liq bo‘lmagan tashki omillar ekologik, ijtimoiy texnogen, millatlararo va boshqa katalizatorlar) yoki ichki shaxslararo (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog‘ligi yaxshi emasligi) bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin Shunday qilib ijtimoiy ishlar obyekti ijtimoiy hayot davomida yordamga maqsad bo‘lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, ya’ni inson yoshidan kat’iy nazar ijtimoiy obektivdir. Ijtimoiy pedagogika esa uning ijtimoiylashishi – individning ijtimoiy subyektga aylanishi jarayonida yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan bola bilan shug‘ullanadi, ya’ni bola shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxs.