Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 36,04 Kb.
səhifə3/3
tarix20.08.2023
ölçüsü36,04 Kb.
#139963
1   2   3
3 MAVZU

Glossariy
Avtonomlashuv — (yunoncha, avto — o’zim, homus — qonun) — o’z-o’zini boshqarish va tartibga solish imkoniyatini qo’lga kiritish.
Adaptatsiya — insonning ijtimoiy muhit bilan o’zaro faol munosabatda bo’lish va uning potentsialini shaxeiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash — qonunchilik va bola huquqlari to’g`risidagi xalqaro konventsiyada mustahkamlangan, voyaga etmaganlar huquqlarining kafolatini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bular bolalarning optimaya biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta`minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar majmuasidir.
Insoniylik — bolani shaxe sifatida qadrlaydigan, uning g`ururi va erkinligini himoyalash bilan tavsiflanadigan, inson manfaagini ijtimoiy institutlar “baholashning asosiy me`yori“ deb hisoblaydigan qarashlar tizimi.
Rahmdillik — kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.
Ijtimoiy qarovsizlik ijtimoiy xislatlar, ehtiyojlar, qadriyatlarning rivojlanmasligiga, bo’sh ijtimoiy refleksiyaga, ijtimoiy rollarni egallashda qiyinchiliklarga olib keluvchi omillarning oqibati.
Ijtimoiy harakat — turli ijtimoiy guruhlarning umumiy maqsad sari qaratilgan birgalikdagi xatti-harakatlari.
Ijtimoiy hudud—bola ko’z o’ngida har kuni sodir bo’ladigan harakatlar, ijtimoiy munosabatlar, transport, narsa- buyumlarning qiyofaviy majmuasi.
Ijtimoiy-huquqiy yordam—inson va bola huquqlari ga amal qilishga, bu huquqlarni amalga oshirishga, bolalarni oilaviy, mehnat, fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy tarbiyalashga qaratilgan yordam.
Yüklə 36,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin